Zoologiya uzb 2017. indd


Lug‘at daftaringizga  yozib oling



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64

34
Lugat daftaringizga  yozib oling.
Oq planariya, kiðrikli epiteliy, ikki yonlama simmetriya, hazm qilish sistemasi
halqum, ichak, ayirish sistemasi, nerv sistemasi, urug‘don, pilla, germafrodit.
Jumboqni yeching. 1. Kiprikli chuvalchanglar tanasining yiriklashuvi hazm qi lish 
va ayirish organlarining murakkablashuviga olib kelgan. Buning sababini asos-
lab bering. 2. Nima sababdan planariya o‘z o‘ljasini qorni bilan yopib oladi?
Topishmoqda qaysi hayvonning tuzilish belgilari keltirilgan?
7. Ko‘p kiprikli, oyoqsiz,
  Shoxli ichak  – teshiksiz.
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2b.
Juftlab yozish javoblari: a-4, b-2, d-1, e-3.
  
Yassi chuvalchanglar tiði: so‘rg‘ichlilar 
9-§.  va tasmasimon chuvalchanglar sinflari
So‘rg‘ichlilar sinfi. So‘rg‘ichlilarning bargsimon tanasi qalin kuti-
kula bilan qop 
 
langan. Voyaga yetgan davrida umurtqali hayvonlarda, 
lichinkasi umurtqasiz hay 
 
vonlarda parazitlik qiladi. Jigar qurti so‘r-
g‘ichlilar sinfining tiðik vakili hisoblanadi.
Jigar qurti qoramol, qo‘y, echki, cho‘chqa, tuya va boshqa yi-
rik sut 
emizuvchilar jigarida parazitlik qiladi. Jigar qurtining uzunligi 
 
 
 
 
3–4 sm, shakli bargsimon (17-rasm) bo‘lib, tanasi 
ning oldingi 
uchida  og‘iz so‘rg‘ichi, undan sal keyinroqda esa qorin so‘rg‘ichi 
joylashgan. Parazit so‘rg‘ichlar yordamida jigarning o‘t yo‘llari de-
voriga yopishib oladi.
Hazm qilish sistemasi
 og‘iz so‘rg‘ichi o‘rtasida joylashgan og‘iz 
teshigidan boshlanadi. Og‘zi qisqa halqum orqali ikki shoxli ichak 
bilan tutashgan. Ichakning har qaysi shoxi yana ko‘p yon shoxlarga 
ajraladi. Jigar qurti o‘t suyuqligi va qonni so‘rib oziqlanadi.
Ko‘payishi va rivojlanishi.  Jigar qurtining urug‘ 
langan tu 
xum-
lari o‘t yo‘llaridan ichakka va undan tashqi muhitga chiqariladi. 
Tuxumlar suvga tushganida, ulardan juda mayda kiðrikli lichinkalar 
chiqadi (18-rasm). Ular suv shillig‘ining tanasiga kirib oladi va 
kiðrikchala 
rini tashlab, yangi lichinkalarni hosil qiladi. Keyinchalik 
lichin 
kalarda dum paydo bo‘lib, ular suvga chiqadi. Lichin 
kalar 
IV bob. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiрlari
?!


35
suvda dumini tashlab yumaloqlanadi va qalin qobiqqa o‘ralib, sis-
taga aylanadi. Suv yoki oziq  bilan hayvonlar ichagiga tushgan 
sistadan lichinka  chiqadi. Lichinka qon orqali jigarga boradi va 
o‘t yo‘llariga yopishib olib parazitlik qiladi.
Jigar qurti voyaga yetgan davrida parazitlik qiladigan odam va 
sutemizuvchi hayvonlar uning asosiy xo‘jayini, lichinkasi parazitlik 
qiladigan suv shillig‘i oraliq xo‘jayini hisoblanadi.
Tasmasimon chuvalchanglar sinfi.  Tasmasimon chuvalchang 
lar – 
tanasi kutikula bilan qoplangan; shakli uzun yassi tasmaga o‘xshash 
parazit hayvonlar. Asosiy vakili qoramol tasmasimon chuvalchangi 
hisoblanadi. 
Qoramol tasmasimon chuval 
changi
 voyaga yetgan davrida odam 
 
-
ning ingichka ichagida, lichinkasi qora 
mol muskuli, jigari va boshqa 
organlarida parazitlik qiladi. Gavdasining uzunligi 8–10 m bo‘lib, 
kichkina  bosh, ingichka bo‘yin  hamda bo‘g‘imlarga bo‘lingan tana 
bo‘limlaridan iborat (19-rasm). Boshida doira shakl 
dagi to‘rtta 
9-§. Yassi chuvalchanglar tiрi: so‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinflari
3 – 
18-rasm. Jigar qurtining rivojlanishi: 
1 – voyaga yetgan davri; 2 – suvdagi tu-
xumlari; 3 – kiðrikli lichinka; 4 – chu-
chuk suv shillig‘i; 5–6 – dumli lichinka; 7 
– o‘sim likka yopishgan sista; 8 – qoramol
17-rasm. Jigar qurtining 
tuzilishi: 
1 – og‘iz so‘rg‘ichi; 2 – og‘-
zi; 3 – qorin so‘rg‘ichi; 4 – 
ichak; 5 – jinsiy sistemasi
3
1
2
4
7
8
1
6
5
4
3
2
5


36
so‘rg‘ichlari bor. Tanasi juda ko‘p (1
 
000 taga 
cha) bo‘g‘imlarga 
bo‘lingan, hazm qilish organlari rivojlanmagan. Chuvalchang odam 
ichagida hazm bo‘la boshlagan oziqni tana yuzasi orqali shimib 
oladi.
Jinsiy sistemasi, ko‘payishi va rivojlanishi. Jinsiy organlari 
tana 
sining hamma bo‘g‘imlarida ko‘p marta takrorlanib tura-
di. Har bir bo‘g‘imda bir juft tuxumdon, bitta bachadon va 
juda ko‘p urug‘donlar bo‘ladi. Bachadoni tuxumlarga to‘lgach, 
bir necha bo‘g‘imlari tananing keyingi qismidan uzilib, ichak 
bo‘shlig‘iga tushadi va axlat bilan tashqi muhitga chiqib ketadi. 
Tuxumlari yem-xashak yoki suv orqali qoramollarga yuqadi (20-
rasm). Tuxumdan chiqqan lichinkalar ichak devori orqali qonga 
o‘tadi va qon orqali jigar, muskul va boshqa organlarga borib 
o‘rnashib qoladi. Lichinkalar organlarda yupqa pardaga o‘ralib, 
IV bob. Yassi va to‘garak chuvalchanglar tiрlari
2
3
20-rasm. Qoramol tasmasimon chuvalchangining rivojlanishi:
1 – tuxumlar; 2 – qoramol ichagidagi lichinka; 3 – go‘shtdagi finna; 
4 – ichakdagi parazit boshchasi; 5 – parazit tanasi
1
4
5
2
1
5
3
4
A        B         
 
 
      D
19-rasm. Qoramol tas-
masimon chuvalchangi: 
A – boshchasi; B – ger 
-mafrodit bo‘g‘im; D – 
tuxumga to‘lgan bo‘g‘im: 
1 – so‘rg‘ich; 2 – bo‘-
yin; 3 – bachadon; 4 
– tuxumdon; 5 – urug‘-
donlar


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə