Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64

79
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2a, 3d.
Juftlab yozish javoblari: a-5, b-1, d-7, e-3, f-2, g-4, h-6.
3-laboratoriya mashg‘uloti
Hasharotlarning tashqi tuzilishi
Kerakli jihozlar: bir necha chigirtka, yashil bronza qo‘ng‘iz, 
hasharotlarning tashqi tuzilishini aks ettiruvchi rasmlar, kichik qay-
chilar, qo‘l lupasi va qisqichlar.
Mashg‘ulot o‘tkazishda oldindan quritib, kolleksiya qilingan yoki 
fiksatsiyalangan hasharotlardan foydalaniladi. Mashg‘ulot quyidagi 
tartibda o‘tkaziladi:
1. Hasharotlarning tashqi ko‘rinishini kuzating, tanasining uzun-
ligi va rangini aniqlang.
2. Tanasining bosh, ko‘krak va qorin qismlarini aniqlab oling.
3. Bosh qismida joylashgan ko‘rish (ko‘zlar), hid bilish 
(mo‘ylovlar) va og‘iz organlari oddiy ko‘z bilan yoki lupa yordami-
da tekshiring. Mo‘ylovlarning tuzilishidagi farqni aniqlang.
4. Oyoqlarning tuzilishi, bo‘g‘imlarga bo‘linishi, tirnoqlari, oldingi 
va keyingi oyoqlarning tuzilishidagi farqni, oyoq bilan tana qismlari 
o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlang.
5. Ko‘krak bo‘limidagi ikki juft qanotlaridan birinchi jufti (ust-
ki qanoti)ni qisqich yordamida ko‘tarib, ikkala juft qanotlarning 
bir-biridan farqi yoki o‘xshashligi aniqlang.
6. Qanotlarni qaychi yordamida kesib, qorin qismining tuzilishini 
ko‘zdan kechiring. Lupa yordamida qorin qismida joylashgan nafas 
olish teshiklarini toping.
 
22-§.   Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi
Hasharotlarning jinsiy sistemasi. Hasharotlar – ayrim jinsli hay-
vonlar. Erkak hasharotlar urg‘ochilariga nisbatan kichikroq va xið-
cha, mo‘ylovlari kuchli rivojlangan, hidni juda yaxshi sezadi. Hasha-
rotlarning jinsiy organlari qorin bo‘shlig‘ida joylashgan. Urg‘ochilari-
22-§. Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi


80
da bir juft tuxumdon, erkaklarida bir 
juft urug‘don bo‘ladi. Tuxum 
donlarda 
tuxum hujayralari, urug‘donlarda urug‘ 
hujay ralari  (spermato zoidlar)  yetiladi.
Qurti. Bronza qo‘ng‘izi urug‘lan-
gan tuxumlarini chirigan yog‘och yoki 
chiriyotgan daraxtlar tanasiga qo‘ya-
di. Tuxumlardan mayda qurtchalar 
rivojlanadi. Ularning tashqi ko‘rinishi 
va hayot kechirishi voyaga yetgan 
qo‘ng‘izlarga o‘xshamaydi. Qurtlarining 
oqish va yo‘g‘on tanasi yoyga o‘xshash 
egilgan; yirik boshi hamda oyoqlari 
sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangli qalin xitin bilan qoplangan; tanasining qol-
gan qismida xitin qoplag‘ichi yupqa va yumshoq bo‘ladi. Tanasining 
ikki yon tomonida nafas  olish teshiklari ko‘rinib turadi (45-rasm). 
Qurtlar chirib, uvala 
nib ketgan yog‘och qoldiqlari bilan oziq 
lanadi. 
Ular bir necha marta po‘st tashlab, g‘umbakka aylanadi.
G‘umbagi. Qo‘ng‘iz g‘umba 
gining tash 
qi ko‘rinishi voyaga yetgan 
hasharotga o‘x 
shaydi. Tashqi tomondan uning og‘iz organi, boshi-
dagi mo‘ylovlari va murakkab ko‘zlari, bukilgan uch juft oyoqlari 
yaxshi ko‘rinib turadi. G‘umbakning xitin qop 
lag‘ichi nisbatan qalin 
bo‘ladi.
G‘umbak hasharotlarning tinim davri hisoblanadi. G‘umbak 
harakat qilmaydi va oziqlanmaydi. U qurtlik davrida to‘plagan oziq 
hisobiga yashaydi. Murakkab o‘zgarishlar natijasida g‘umbakdan 
voya 
ga yetgan qo‘ng‘izga xos bo‘lgan organlar shakllanadi. Kuzga 
kelib g‘umbakning xitin qoplag‘ichi yorilib, undan voyaga yetgan 
hasharot chiqadi. Qo‘ng‘izlar chirindi ichida qishlab qoladi; faqat 
kelgusi yil bahorida yer yuziga chiqadi.
Chala o‘zgarish bilan rivojlanish.  Suvaraklar, chigirtkalar, nina-
chilar va qandalalarning  tuxumdan chiqqan lichinkasining tuzi 
lishi 
va hayot kechirishi voyaga yetgan hasharotga o‘xshaydi; faqat juda 
kichkinaligi va qanotlarining rivojlanmaganligi bilan undan farq 
qiladi.
Lichinka to‘rt marta tullaydi va beshinchi yoshni o‘tib, voyaga 
yetgan hasharotga aylanadi (46-rasm). Voyaga yetish davrida lichin-
7.3. Hasharotlar sinfi
45-rasm. Yashil bronza 
qo‘ng‘izi qurti: 
1 – boshi; 2 – jag‘lari; 
3 – ko‘krak oyoqlari; 
4 – nafas olish teshiklari
3
1
2
4


81
kaning tana tuzilishi va hayot kechirish tarzida uncha katta o‘zga-
rish bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday rivojlanish chala o‘zgarish 
bilan rivojlanish deyiladi.
To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanish.  Qo‘ng‘izlar, kapalaklar, pash-
shalar, burgalar, chumolilar, arilarning tuxumdan chiqqan lichinkasi 
tashqi ko‘rinishi bilan qurtga o‘xshash bo‘ladi (47-rasm). Qurtlarning 
og‘iz organlari, ichki tuzilishi, oziqlanishi voyaga yetgan hasha-
rotlarnikidan farq qiladi. Masalan, kapalaklar xartumi yordamida gul 
nektarini so‘radi. Ularning chuvalchangsimon qurtlari og‘iz organlari 
kemiruvchi tiðida tuzilgan, qorin qismida oyoqlari bo‘ladi. Kapa-
lak qurtlari o‘simlik to‘qimalarini kemiradi. Yashil bronza qo‘ng‘izi 
gullarning changi va boshqa qismlari, uning qurtlari esa chirindi 
bilan oziqlanadi.
22-§. Hasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi
1
2
3
4
47-rasm. Karam kapalagining rivojlanishi: 
1–urg‘ochisi; 2–erkagi; 3–qurti; 4–g‘umbagi
46-rasm. Osiyo 
chigirtkasining 
rivojlanishi: 
1  –  tuproqdagi  ko‘ za  cha 
ichidagi tuxum lar; 2–6 
–  lichin kaning  rivoj la nish 
davr lari; 7, 8 – voyaga 
yet gan  chi girtka
3
1
2
4
7
5
6
8


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə