Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64

91
b) asal, gul changi;
d) gul changi, mum.
Quyidagi topishmoqlarda qaysi hasharotlarning tuzilishi va hayoti tasvirlangan?
28. Qush emas – uchag‘on, 
29. Zuv boradi,
 
Chayon emas – chaqag‘on. 
  Zuv keladi,
 
Erta-yu kech o‘zini 
  Gulga qo‘nadi,
 
Viz-vizlab maqtab qog‘on. 
  Sharbat yig‘adi.
30. Beli qilday, 
31. Erta-yu kech tinmaydi,
 
Boshi xumday. 
  Qishga don-dun g‘amlaydi.
 
Tasdiqlovchi javoblar: 1 d, 2 b.
26-§.   
Ikki qanotlilar turkumi
Uy pashshasi – juda harakatchan hasharot. Tanasi mayda  tuk-
chalar bilan qoplangan (52-rasm). Pastki labining uchi qalinlashib, 
yostiqchasimon yalovchi xartumcha hosil qiladi. Pashsha oziq-ovqat 
mahsulotlarini xartumchasi bilan yalab oziqlanadi. Oziq ta’mini 
oldingi oyoqlari panjasida joylashgan tukchalar yordamida sezadi.
Pashshaning qurti axlatlar, hojatxonalar va hayvonlar go‘n 
gida 
rivoj 
lanadi. Qurtning boshi va oyog‘i bo‘lmaydi, tanasi sirtidagi 
kichik bo‘rtmachalar yordamida harakat qiladi. Qurtlar tez o‘sadi; 
quruq tuproqqa chiqib g‘umbakka aylanadi. Pashsha juda serpusht 
26-§. Ikki qanotlilar turkumi 
1
5
4
2
3
52-rasm. Uy pashshasining rivojlanishi: 
1 – urg‘ochisi; 2 – tuxumlar; 3 – qurt; 4 – g‘umbak; 5 – yosh pashsha
?!


92
bo‘ladi; har 2–4 kunda 100–150 tadan tuxum qo‘yadi. Bir mavsum-
da pashshaning 8–10 avlodi rivojlanadi. Bitta urg‘ochi pash 
shaning 
avlodi bir mavsumda 5
 
000
 
000
 
000 ga yetishi mumkin. Pash 
shalar 
 
ichburug‘, qorin tifi, vabo, sil, bo‘g‘ma kabi kasal lik lar ning mikrob-
larini hamda gijjalar 
ning tuxumlarini tarqa 
tadi. Ular axlatxona va 
boshqa iflos joylardan mikroblarni oyog‘i va tanasida ilakishtirib olib, 
oziq-ovqat mahsulotlariga yuqtiradi.
Pashsha tez ko‘payib ketmasligi uchun uy-joylar atrofini doimo 
toza saqlash va har xil chiqindilarni o‘z vaqtida yo‘qotib turish 
zarur. Xonadonlarda ular yelimli qog‘ozlar va har xil zaharli mod-
dalar sepib yo‘qotiladi.
Ikki qanotlilarning xilma-xilligi.  Ikki qanotlilardan bir qancha 
turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Chivinlarning urg‘ochisi 
odam va hayvonlar qonini so‘radi. Erkak chivinlar o‘simlik shirasi 
bilan oziqlanadi. Chivinlarning  qurtlari hovuz va ko‘lmak suvlarda 
rivojlanadi. Chivinlar qon so‘rib, odam va hayvonlarni bezovta qilish 
bilan birga bezgak kasalligini tarqatadi. Bahor va yoz mavsumida 
chivinlarning bir necha avlodi rivojlanadi. Turarjoylarning yerto‘lala-
rida ular qishda ham rivojlanishi mumkin.
Iskabtoparlar – chivinlarga o‘xshash mayda hasharotlar. Ular 
cho‘llardagi kemiruvchilar inida ko‘p uchraydi. Hayvonlar va odam 
qonini so‘radi. Odamga teri leyshmaniozi (yomon yara) kasalligi 
qo‘zg‘atuvchisini tarqatadi. Bu kasallik janubiy viloyatlarda uchraydi.
So‘na  va  bo‘kalarning tashqi ko‘rinishi pashshalarga o‘xshash (53-
rasm). So‘nalar hayvonlar terisini jag‘lari yordamida teshib, qonini 
so‘radi. Ular cho‘l mintaqalarida juda ko‘p uchraydi; issiq yoz 
7.3. Hasharotlar sinfi
53-rasm. Har xil ikki qanotlilar:
1 – qoramol so‘nasi; 2 – bo‘ka; 3 – yashil go‘sht pashshasi; 4 – kulrang o‘laksa pashsha
1
2
3
4


93
mavsumida uy hayvonlariga tinchlik bermaydi. Bo‘kalarning qurt-
lari qoramollar terisi ostida, otlar oshqozoni va qo‘ylarning burun 
bo‘shlig‘ida parazitlik qilib, ularning mahsuldorligini kamaytiradi.
1. Uy pashshasi qanday tuzilgan?
2. Pashshaning qurtlari qanday rivojlanadi?
3. Chivinlar qanday zarar yetkazadi?
4. Iskabtoparlar qanday zarar yetkazadi?
5. So‘nalarning zarari nimadan iborat?
6. Bo‘kalar qanday ziyon keltiradi?
1. Uy chivini qurtining:
a) boshi va oyoqlari rivojlanmagan;
b) og‘iz organlari so‘ruvchi;
d) qorin oyoqlari kalta.
2. So‘na issiq yoz mavsumida:
a) kam uchraydi;
b) kechqurunlari uchadi;
d) hayvonlarga tinchlik bermaydi.
1. Hasharotlar va ularning ahamiyatini juftlab ko‘rsating.
a) uy pashshasi; 
 
 
1) terini teshib, qon so‘radi;
b) bo‘ka;   
 
 
2) leyshmaniyani tarqatadi;
d) so‘na;   
 
 
3) bezgak yuqtiradi;
e) iskabtoparlar; 
 
 
4) ichburug‘ mikrobini yuqtiradi;
f) chivin.   
 
 
5) burun bo‘shlig‘ida parazitlik qiladi.
Lugat daftaringizga yozib oling.
Pashsha, chivin, so‘na, bo‘ka, pashshalar, bezgak, ichburug‘, qorin tifi, 
mikroblar.
Jumboqni yeching. Pashshalar axlatxonalarni yaxshi ko‘rishsa-da, ozodalikka 
rioya qiladigan jonivorlar hisoblanadi. Axlat yalab, qorin to‘yg‘azgan pashsha 
iliq va yorug‘ joyga o‘rnashib olib, oldingi oyoqlari panjalarini obdon yalab 
tozalaydi. Pashshalar nima sababdan bunday qilishadi?
Quyidagi topishmoqlarda qaysi hasharotlarning tuzilishi va hayoti tasvirlangan?
32. Kichkina mitti
 
Qulog‘im ostidan
 
Ming‘irlab o‘tdi.
 
Shapaloq tushirsam,
 
Suyaksiz ekan
 
Ezilib ketdi.
Tasdiqlovchi javoblar: 1a, 2d.
Juftlab yozish javoblari: a-4, b-5, d-1, e-2, f-3.
26-§. Ikki qanotlilar turkumi 
?!


94
7.3. Hasharotlar sinfi
27-§.  Hasharotlarning kelib chiqishi va ahamiyati
Hasharotlarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. Tabi-
atda ko‘pchilik hayvonlar va o‘simliklarning hayoti hasha 
rotlar bi-
lan bog‘liq. Hasharotlar qaldirg‘ochlar, qizilishtonlar, chittaklar va 
boshqa qushlar, sutemizuvchilardan ko‘rsha 
palaklar va tiðratikanlar, 
deyarli ko‘pchilik kaltakesaklar, suvda ham quruqlikda yashovchilar, 
bir qancha baliqlarning asosiy ozig‘i hisoblanadi. Hatto hasharotlar 
orasida ham boshqa hasharotlar bilan oziqlanadigan yirtqichlari ko‘p 
uchraydi. Bir qancha donxo‘r qushlar ham o‘z bolalarini hasharotlar 
bilan boqadi.
O‘laksaxo‘r va go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlar, ko‘pchilik pashshalar 
ning 
qurtlari hayvonlarning murdasi va tezagi bilan oziqlanadi. O‘simlik 
qoldiqlari bilan oziqlanadigan hasharotlar esa ularning chirishini 
tezlashtiradi. Hayvon va o‘simlik qoldiqlari bilan oziqlanadigan 
hasharotlar yer yuzini ifloslanishdan saqlaganligi tufayli ular «tabiiy 
sanitarlar» deyiladi.
Ko‘pchilik gulli o‘simliklar hasharotlar yordamida changlanganida 
mo‘l hosil beradi. Deyarli barcha burchoqdoshlar, ko‘pchilik qoqi-
doshlar, gulxayridoshlar, ra’noguldoshlar, piyozguldoshlar, loladoshlar 
va poliz ekinlari hasharotlar yordamida changlanadi. Tukli arilar 
beda va sebarganing asosiy changlatuv 
chisi hisoblanadi. Grechixa, 
kungaboqar va anjir yovvoyi arilar yordamida changlanadi.
Zararkunanda  hasha rotlar.   Ayrim hasharotlar soni juda ko‘payib 
ketishi tufayli ekinlarga katta ziyon yetkazadi. Za 
rar 
kunanda hasha-
54-rasm. Olma mevaxo‘rining 
rivojlanishi: 
1 – kapalagi; 2 – po‘stloq os ti  dagi 
g‘umbagi; 3 – g‘umbakdan chiqqan 
kapalak; 4 – qurti; 5 – g‘umbagi; 
6 – zararlangan olma
4
3
6
2
1
5


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə