Zoologiya uzb 2017. indd



Yüklə 3,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/64
tarix23.01.2018
ölçüsü3,87 Kb.
#21848
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64

98
VIII
BOB
XORDALILAR TIPI
Xordalilar tiði lansetniklar, tog‘ayli baliqlar, suvda hamda quruq-
likda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar 
sinflariga ajratiladi. Ularnig o‘q skeleti tana bo‘ylab o‘tgan xordadan 
iborat. Xorda ustida nerv nayi, uning ostida ichak joylashgan. Jabra 
yoki o‘pka bilan nafas oladi.
28-§.  Lansetnik – tuban tuzilgan xordali hayvon
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Lansetniklar tropik va mo‘ta-
dil iqlimli dengizlar, shu jumladan, Qora dengizda tarqalgan. Och 
pushti rangli shaffof, tanasining uzunligi 4–8 sm bo‘lib, ikki yoni 
yassi, oldingi va keyingi tomonlari biroz ingichkalashgan (57-rasm). 
Teri burmalari bilan qoplangan dum suzgichi esa qo‘sh tig‘li jar-
rohlik asbobi – lansetga o‘xshaydi. Lansetnik hayotining ko‘p qis-
mini dengiz tubidagi qumga ko‘milgan holda o‘tkazadi. Qumdan 
faqat lansetnikning oldingi og‘iz tomoni chiqib turadi. Og‘iz teshigi 
10–20 juft paypaslagich 
lar bilan o‘ralgan. 
Xordasi va muskullari. Lansetnik xordasi tanasining orqa to-
moni bo‘ylab o‘tgan pishiq o‘qdan iborat. Xorda tig‘iz joylashgan 
maxsus hujayralardan iborat bo‘lib, ichki organlar uchun ta yanch 
VIII bob. Xordalilar tiрi
6
7
2
3
1
5
4
9
8
57-rasm. Lansetnikning tuzilishi: 
1 – xorda; 2 – nerv nayi; 3 – halqum; 4 – jabraoldi bo‘shlig‘i; 5 – bo‘shliq teshigi; 
6 – jigar; 7 – ichak; 8 – orqa chiqaruv teshigi; 9 – jinsiy bezlar.


99
vazifasini o‘taydi; tanani egiluvchan qilib turadi. Lansetnik va 
unga o‘xshash tuban tuzilgan xordalilarning xordasi butun hayoti 
davomida saqla 
nib qoladi. Bosh miyasi va bosh skeleti bo‘lmaydi. 
Shuning uchun lansetniklar bosh skeletsiz xordalilar kenja tiðiga 
kiradi.
Lansetnikning muskullari ikki yon tomonida tana bo‘ylab uzun 
tasma shaklida joylashgan. Lansetnik juda oddiy harakatlanadi: tana-
sini u yoki bu yoniga egib suzib yuradi yoki qumni yorib ki 
rib 
oladi.
Hazm qilish sistemasi. Og‘iz teshigi maxsus chuqurcha – og‘iz 
oldi voronkasida joylashgan bo‘lib, paypaslagichlar bilan o‘ralgan. 
Paypaslagichlarning harakati tufayli suv og‘iz teshigiga haydaladi. 
Juda mayda plankton organizmlar suv oqimi bilan og‘iz orqali 
halqumga o‘tadi va uning devoriga ilakishib qoladi. Oziq luqmalari 
halqumdan ichakka tushib hazm bo‘ladi. Suv esa halqum devoridagi 
jabra teshiklari orqali chiqib ketadi. Hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari 
dum suzgich ostida joylashgan orqa chiqarish teshigi orqali tashqa-
riga chiqarib yuboriladi.
Nafas olish organlari. Lansetnik halqumi ikki yoni bo‘ylab juda 
ko‘p tirqishsimon jabra teshiklari joylashgan. Jabra teshiklarini tash-
qi tomondan qoplab turadigan teri burmalari jabraoldi bo‘shlig‘ini 
hosil qiladi. Jabra teshiklari devori juda ko‘p mayda qon tomirlari 
– ka 
pillyarlar bilan qoplangan. Kapillyarlar devorida qon bilan suv 
o‘r 
tasida gaz almashinuvi sodir bo‘ladi. Teri bur 
ma 
lari  jabralarga 
qum kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Qon aylanish sistemasi hamma xordalilarniki singari yopiq bo‘la-
di. Lekin qon yagona qon aylanish sistemasi bo‘ylab harakatlanadi. 
Asosiy qon tomirlari qorin va orqa aortalardan iborat. Karbonat 
angidrid bilan to‘yingan qon qorin qon aortasi orqali ol 
dinga, jabra 
kapillyarlariga oqadi. Jabralarda qon karbonat angidridni suvga berib, 
kislorod bilan to‘yinadi va orqa aortaga chiqadi. Bu tomirdan qon 
kichikroq tomirlar orqali tanaga tarqaladi. To‘qi 
malarda karbonat 
angidrid bilan to‘yingan qon qorin aortasiga oqib keladi. Lansetnik-
ning yuragi bo‘lmaydi. Yirik tomirlar devorining qisqarishi tufayli 
tomirlarda qon oqib turadi.
Ayirish organlari. Lansetnikning ayirish organlari halqali chuval-
changlarnikiga o‘xshash tuzilgan naychalardan iborat. Naychalar 
halqum bo‘ylab joylashgan jabraoldi bo‘shlig‘iga ochiladi.
28-§. Lansetnik – tuban tuzilgan xordali hayvon


100
Nerv sistemasi xorda ustida joylashgan, tana bo‘ylab ketgan nerv 
nayidan iborat. Nerv nayidan ichki organlar va tana sirtiga juda 
ko‘p nervlar tarqaladi. Sezgi organlari kuchsiz rivojlangan. Teri 
ostida nerv nayi bo‘ylab bir tekis joylashgan yorug‘lik sezuvchi hu-
jayralar ko‘rish vazifasini bajaradi. Bu hujayralar faqat yorug‘likni 
sezadi. Bezovta bo‘lib qumdan chiqqan lansetnik yorug‘dan qochib, 
tezroq qumga ko‘milib oladi. Teri sirtida joylashgan nerv hujayralari 
kimyoviy va mexanik ta’sirlarni sezadi.
Lansetnikning umurtqasiz hayvonlarga o‘xshashligi.  Lansetnik ni 
rus olimi akademik A. O. Kovalevskiy kashf qilgan. Lansetnik 
tuzilishi 
ning ko‘p belgilari xordasining bo‘lishi, nerv sis 
te 
ma 
sining 
naysimon bo‘lib, tanasi orqa tomonida joy 
lashganligi bilan xordali 
hayvonlarga o‘xshaydi. Shuning bilan birga ayirish sistemasi va 
muskullarining tuzilishi, yuragi va bosh miya 
sining bo‘lmasligi 
bilan haqiqiy xordalilardan farq qiladi. Lan 
setnikning tuzilishini 
o‘rganish orqali hamma xordali hayvonlarning kelib chiqishini 
tushunib olish mumkin.
Ko‘payishi. Lansetnik – ayrim jinsli hayvon. Jinsiy organlari 
jabra oldi bo‘shlig‘i yon tomonida juft-juft bo‘lib joylashgan. Yetil-
gan tuxumlari suvga tushib urug‘lanadi.
Xordalilarning umumiy tavsifi. Xordalilarning tana bo‘ylab o‘tadi-
gan o‘q skeleti – xordasi bo‘ladi. Xordalilarga 43
 
000 ga yaqin tur 
kiradi. Ular bosh skeletsizlar va bosh skeletlilar, ya’ni umurtqalilar 
kenja tiðlariga ajratiladi. Bosh skeletsizlarning bosh miyasi va bosh 
skeleti rivojlanmagan, skeleti xordadan ibo 
rat. Xorda hayoti davo-
mida saqlanib qoladi. Bu kenja tiðga  lansetniklar sinfi kiradi.
Bosh skeletlilarning markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa 
miyadan, skeleti tog‘ay yoki suyakdan iborat; xorda faqat embrional 
rivojlanish davrida bo‘ladi. Ularga tog‘ayli va suyakli baliqlar, suvda 
va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuv-
chilar kiradi.
1. Lansetnik qanday hayot kechiradi?
2. Lansetnikning skeleti va muskullari qanday tuzilgan?
3. Lansetnikning hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan?
4. Lansetnik qanday nafas oladi?
5. Lansetnik qoni gavdasi bo‘ylab qanday oqadi?
6. Lansetnikning ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
7. Lansetnik nerv sistemasining tuban tuzilish belgilari nimadan iborat?
VIII bob. Xordalilar tiрi


Yüklə 3,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə