58
lanadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar suvga chiqadi. Bu lichinkalar
chig‘anog‘idagi tishchalar yoki yopishqoq iðlari
yordamida baliqlar-
ning terisiga yopishib, parazit hayot kechirishga o‘tadi. Parazit
ta’sirida baliq terisida shish hosil bo‘ladi. Shish ichida lichinka juda
mayda baqachanoqqa aylanadi va suv tubiga tushib, voyaga yetadi.
Ikki pallalilarning xilma-xilligi. Ikki pallalilar 30 000 dan ortiq
turni o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik turlari dengizlarda yashaydi. Ular
orasida
eng yirigi tridaknaning og‘irligi 250 kg ga yetadi.
Ustritsa,
taroqcha va
midiyalar (33-rasm) go‘shti uchun ovlanadi; den
giz
marvariddorlaridan marvarid olinadi. Ayrim mamlakatlarda marvarid-
dorlar, midiyalar va ustritsalar ko‘paytiriladi. Baqachanoq lichinkasi
baliqlarda parazitlik qiladi. Sho‘rlangan suvlarda tarqalgan
dreysenalar
ko‘payib, suv o‘tkazadigan quvurlarni ishdan chiqarishi mumkin.
Mamlakatimiz havzalarida baqachanoqlar va dreysenalar uchraydi.
Ikki pallali mollyuskalar suvdagi mikroorganizmlar va mayda organik
zarralarni filtrlab oziqlanishi tufayli suv
havzalarining tozalanishiga
yordam beradi.
VII bob. Bo‘g‘imoyoqlilar tiрi
33-rasm. Ikki pallali
mollyuskalar:
1 – perlovitsa;
2 – dreysena;
3 – midiya;
4 – ustritsa
2
1
3
4
Boshoyoqli mollyuskalar sinfi. Boshoyoqlilar oyog‘ining ol
dingi
qismi o‘zgarib, paypaslagichlarni hosil qiladi (34-rasm). Gavdasi-
ning uzunligi 1 sm dan 5 m gacha bo‘lib, bosh va tana qismlariga
ajraladi. Oyoqlari asosida voronkasi joylashgan.
Tanasi qalin muskulli
mantiya bilan o‘ralgan. Chig‘anog‘i yo‘qolib ketgan. Og‘iz teshigi
atrofida 8 yoki 10 ta paypaslagichlari bo‘ladi. Paypaslagichlarida
juda ko‘p so‘rg‘ichlar joylashgan.
Boshoyoqlilarning bosh miyasi juda kuchli rivojlangan bo‘lib, ular
xilma-xil va murakkab reflekslar hosil qiladi. Boshoyoqlilar man-
tiya bo‘shlig‘iga suv o‘tib turadi. Ular suvni mantiya bo‘shlig‘idan
voronkasi orqali katta bosim ostida siqib chiqarib, reaktiv harakat
qiladi. Orqa ichagiga siyoh xaltasi yo‘li ochiladi. Ular xavf tug‘il-
ganida
suvga siyoh chiqarib, dushmandan qutulib qoladi.
59
Boshoyoqli mollyuskalar okean va ochiq dengizlarda tarqalgan;
tropik dengizlarda, ayniqsa, ko‘p uchraydi. 650 ga yaqin turi ma’lum.
Kalmar, karakatitsa, sakkizoyoqning asosiy ozig‘i krab
lar, baliqlar,
mollyuskalar hisoblanadi. Ular go‘shti uchun ko‘p
lab ovlanadi.
1. Baqachanoq qanday oziqlanadi va nafas oladi?
2. Baqachanoq qanday rivojlanadi?
3. Ikki pallalilarning qaysi turlari dengizlarda uchraydi?
4. Boshoyoqlilar qanday tuzilgan?
5. Boshoyoqli mollyuskalarning murakkab tuzilish belgilari nimadan iborat?
1. Baqachanoq gavdasi bo‘limlari:
a) bosh; b) tana; d) oyoq; e) qorin.
2. Baqachanoqning chiqarish sifoniga ochiladi:
a) jabralar;
e) mantiya bo‘shlig‘i;
b) ayirish yo‘li;
f)
qon tomiri;
d) orqa chiqarish teshigi;
g) jinsiy teshik.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Ikki pallalilar, ponasimon oyoq, kirish sifoni, chiqarish sifoni, lichinkalar, baqa-
chanoq, tridakna, ustritsa, midiya, boshoyoqlilar,
bosh miya, reaktiv harakat.
Javob bering. O‘troq yashash ta’sirida baqachanoq tana tuzilishida qanday
moslashuvlar yuz bergan?
Topishmoqda qaysi hayvonning tuzilishi va hayot kechirishi tasvirlangan?
14. Suv yutadi, dur ishlaydi.
15. Suv ostida bor bir teshik,
Teshik emas – ochiq ikki eshik.
Tasdiqlovchi javoblar: 1b, d; 2b, d, g.
15-§. Ikki pallali va boshoyoqli mollyuskalar sinfi
34-rasm. Boshoyoqli mollyuskalar:
A – kalmar; B – sakkizoyoq; D – karakatitsa
A
B
D
?!
60
VII
BOB
7.1. Qisqichbaqasimonlar sinfi
BO‘G‘IMOYOQLILAR TIPI
Bo‘g‘imoyoqlilar tanasi qattiq xitin po‘st bilan qoplangan. Xitin
po‘st organlar uchun tashqi tayanch skelet vazifasini ham bajaradi.
Chunki unga ichki organlarning muskullari va oyoqlar kelib birikadi.
7.1.
QISQICHBAQASIMONLAR SINFI
Qisqichbaqasimonlar – birlamchi suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar.
Ularning tanasi boshko‘krak va qorin bo‘limidan iborat. Boshko‘krak
xitin qalqon bilan qoplangan.
Daryo qisqichbaqasining tashqi
16-§. tuzilishi va ko‘payishi
Qisqichbaqasimonlar suvda hayot kechiradi, jabra bilan nafas
oladi. Ular ikki juft mo‘ylovlarining bo‘lishi bilan boshqa bo‘-
g‘imoyoqlilardan farq qiladi. Daryo qisqichbaqasi bu sinfning tiðik
vakili hisoblanadi.
Yashash muhiti. Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvli ko‘l, daryo
va soylarda hayot kechiradi. Uning tuzilishi va rangi suv muhitida
yashashga moslashgan. Tanasining ustki tomoni ko‘kimtir-qo‘ng‘ir,
ostki tomoni esa oqish rangda; shuning uchun
suv ostidagi qis-
qichbaqani payqash qiyin.
Qisqichbaqa kun bo‘yi toshlarning ostida yoki qirg‘oq yaqi-
nida daraxtlar ildizi ostidagi inlarida bekinib yotadi. Oziq
izlab faqat kech
qurunlari chiqadi. Qisqich
baqaning asosiy
ozig‘i suv o‘tlari, kasal hayvonlar (mollyuskalar, hasharotlar
lichinkasi), ularning murdalari hisoblanadi. U oziqning hidini
yaxshi sezadi.