52
V bob. Halqali chuvalchanglar tiрi
2-laboratoriya mashg‘uloti.
Yomg‘ir chuvalchangining tashqi tuzilishi,
harakatlanishi va refleks hosil qilishi
Kerakli jihozlar: tirik yirik yomg‘ir chuvalchangi, yomg‘ir chuval-
changi solingan nam tuproqli vannacha, qo‘l lupasi, chizg‘ich, kar-
ton qog‘oz, entomologiya ninachalari yoki uchi o‘tkirlangan qalam.
Tirik yomg‘ir chuvalchangini tuproqdan olib,
quyidagi ishlarni
bajaring:
1. Tanasining oldingi konussimon ingichkalashgan va keyingi
birmuncha to‘mtoq tomonini aniqlang. Lupa yordamida chuvalchang
oldingi tomoni ostki qismida joylashgan og‘iz teshigi va keyingi
uchidagi orqa chiqarish teshigini toping.
2. Tana halqalarini lupa yordamida sanab chiqing, uning turli
qismidagi halqalarning katta-kichikligini aniqlang.
3. Tananing qoramtir do‘ng orqa va oqish yassi qorin tomonini
hamda yirik orqa va qorin qon tomirlarini toping va ularning
yo‘nalishini aniqlang.
4. Chuvalchangni bir varaq silliq bo‘lmagan quruq qog‘oz usti-
ga qo‘ying. Yomg‘ir chuvalchangi qog‘oz
ustida harakatlanganida
uning tuklari qog‘ozga ishqalanishi tufayli shitirlagan tovush chi-
qishini tinglang.
5. Juda ehtiyotlik bilan barmog‘ingizni chuvalchangning qorin
tomoni bo‘ylab orqadan oldinga, keyin oldindan orqaga yuriting.
Bunda chuvalchangning tuklari barmog‘ingizga tegishini sezasiz.
6. Lupa yordamida tana halqalarining qorin tomonida joylash-
gan tuklarini toping.
7. Chuvalchangni oyna ustiga va silliq bo‘lmagan qog‘oz usti-
ga qo‘yib, uning harakatini kuzating. Uning oyna ustida qiyin
harakatlanishi sababini tushuntiring.
8. Cho‘p yoki qalam uchini chuvalchang tanasining turli joyiga
tekkizib, chuvalchangning ta’sirlanishini kuzating.
9. Chizg‘ich bilan chuvalchang tanasining
uzunligini har xil
holatda o‘lchab ko‘ring. Chuvalchang rasmini chizib, organlarini
ko‘rsating.
10. Chuvalchangni tuproq ustiga qo‘yib, uni tuproq zarralari
orasiga suqilib kirishini kuzating.
53
VI
BOB
MOLLYUSKALAR TIPI
Bu tipga qorinoyoqlilar, ikki pallalilar, boshoyoqlilar sinfi kiradi.
Ular tanasi mantiya teri bilan qoplangan. U tana sirtida chig‘anoq
hosil qiladi. Mantiya bilan tana oralig‘ida mantiya bo‘shlig‘i bor.
Tana bo‘shlig‘i g‘ovak to‘qima bilan to‘lgan. Qon aylanish sistemasi
ochiq, yuragi rivojlangan.
14-§.
Qorinoyoqli mollyuskalar sinfi
Qorinoyoqlilar bilan chuchuk suv shillig‘i misolida tanishamiz.
Tashqi tuzilishi. Chuchuk suv shillig‘i hovuz va ko‘llarda,
daryolarning tinch oqadigan sayoz joylarida hayot kechiradi.
Tanasi spiral o‘ralgan chig‘anoq ichida joylashgan. Chig‘anoq-
ning kengaygan uchida tanasi chiqadigan keng teshigi bo‘ladi.
Shilliq tanasini
mantiya teri o‘rab turadi. Mantiyadan chig‘anoq
hosil bo‘ladi. Boshining ostki tomonida og‘iz teshigi, uning ikki
yonida bir juft paypaslagichlari bo‘ladi. Paypaslagichlari sezgi
organlari hisoblanadi. Har qaysi
paypaslagichlari asosida bittadan
ko‘zi joylashgan (29-rasm). Suv
shillig‘i oyoq muskullarining to‘l-
qinsimon qisqarishi tufayli sirpanib
harakat qiladi.
Ovqat hazm qilish sistemasi.
Hazm qilish sistemasi og‘iz bo‘sh-
lig‘i, halqum, qizilo‘ngach, osh-
qozon va ichakdan iborat. Ichagi
chig‘anog‘i
ichida halqasimon bu-
ralib joylashgan. Mantiya chetida
orqa chiqaruv teshigi bo‘ladi (30-
rasm).
14-§. Qorinoyoqli mollyuskalar sinfi
29-rasm. Chuchuk suv
shillig‘ining tashqi tuzilishi:
1 – chig‘anoq; 2 – mantiya cheti;
3 – tanasi; 4 – paypaslagich;
5 – ko‘zlar; 6 – bosh; 7 – nafas
teshigi; 8 – oyoq
1
7
8
6
5
4
3
2
54
Suv shillig‘i halqumida mayda tishchalar bilan qoplangan mus-
kulli tilchasi bo‘ladi. U tilini chi
qarib, o‘simliklar
va suvdagi nar-
salarga yopishgan bakteriyalar ham
da mayda suv o‘tlarini qirib
oladi. Bir juft
so‘lak bezlari ham halqumiga ochiladi. So‘lak su-
yuqligi oziqni hazm qilishga yordam beradi. Suv shillig‘ining
jigari
oshqozon bo‘sh
lig‘iga hazm qilish shirasi ishlab chiqaradi.
Nafas olish sistemasi. Shilliq atmosfera kislorodi bilan nafas
oladi. Chig‘anoqning chetida nafas teshigi bor (29-rasm). Bu te-
shik xaltasimon o‘pkaga ochiladi.
O‘pka devori juda ko‘p mayda
qon tomirlari bilan qoplangan. O‘pkadagi havodan qonga kis
lorod
o‘tadi, qondan karbonat angidrid gazi chiqadi. Mollyuska na
fas
oli
s
h uchun suv yuzasiga ko‘tariladi va o‘pkasini havo bi
lan to‘ldi-
rib oladi.
Qon aylanish sistemasi. Mollyuska
yuragi tanasining orqa to-
monida joylashgan, u
yurak oldi bo‘lmasi va
yurak qorinchasidan
iborat (30-rasm). Yurak kameralari galma-galdan qisqarib, qonni
tomirlarga haydaydi. Qon tomirlarning uchi ochiq bo‘lib, qon
ulardan ichki organlar oralig‘iga quyiladi. Bu yerda kislorodni
to‘qimalarga berib, karbonat angidrid bilan boyiydi. Shundan so‘ng
tomirlar orqali o‘pkaga keladi. O‘pkada kislorod bilan to‘yingan
qon yurakoldi bo‘lmasiga quyiladi. Oziq moddalar ham qon orqali
to‘qimalarga tashiladi. Shunday qilib,
mollyuskalar qon tomirlari
ochiq qon aylanish sistemasini hosil qiladi.
Ayirish sistemasi. Chuchuk suv shillig‘ining tasmaga o‘xshash
yagona buyragi tuzilishi yomg‘ir chuvalchangi ayirish organiga
o‘xshaydi. Buyrakning voron
ka
simon kengaygan uchi yurakoldi
bo‘lmasiga, ikkinchi uchi esa mantiya chetiga ochi
ladi.
VI bob. Mollyuskalar tiрi
30-rasm. Chuchuk suv
shillig‘ining ichki tuzilishi:
1 – og‘iz; 2 – tilcha;
3 – halqum; 4 – qizilo‘ngach;
5 – oshqozon; 6 – ichak;
7 – anal teshigi; 8 – o‘pka;
9 – yurak bo‘lmasi; 10 – yurak
qorin chasi; 11 – yurak;
12 – jigar; 13 – qon tomirlari
7
6
8
9
10
12
1
2
3 4
5
13
11