49
tarkibidagi moddalar qonga so‘riladi. Oziqning hazm bo‘lmagan
qismi anal teshigi orqali tashqariga chiqariladi.
Qon aylanish sistemasi. Qon aylanish
sistemasi dastlab halqali
chuvalchanglarda paydo bo‘lgan. Yomg‘ir chuvalchangi qon ayla
nish
sistemasi o‘zaro tutashgan yirik orqa va qorin qon tomirlaridan
iborat (26-rasm). Bu ikki yirik qon tomir halqa tomirlar orqali
o‘zaro tutashgan. Qizilo‘ngach atrofida joylashgan 5–6 ta yo‘g‘on
halqa tomirlarning devori muskullar bilan ta’minlangan. Bu tomirlar
qisqarish xususiyatiga ega bo‘lganligi tufayli «
yurak» deb ataladi.
Halqa va yirik qon tomirlardan ta
nadagi turli organlarga mayda
qon tomirlar tarqaladi. Bu tomirlar organlarda juda mayda tomir-
larga ajraladi. Eng mayda qon tomirlar
kapillyarlar deb ataladi. Ka-
pillyar tomirlar terida va ichak devorida ayniqsa ko‘p bo‘ladi. Qon
orqa tomir bo‘ylab
tananing oldingi tomoniga, qorin tomir bo‘ylab
orqa tomoniga oqadi. Chuvalchangning qoni faqat qon tomirlarda
oqadi. Shu sababdan qon tomirlar
yopiq qon aylanish sistemasini
hosil qiladi. Qon orqali kislorod va oziq moddalar tashiladi.
Nafas olishi. Yomg‘ir chuvalchangi terisi orqali nafas oladi.
Kislorod teri orqali kapillyarlardagi qonga o‘tib, hamma organlarga
tarqaladi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan karbonat
angidrid ham teri orqali chiqib ketadi. Chuvalchang terisi shilimshiq
modda bilan namlanib turadi. Nam teri kis
lorodni yaxshi o‘tkazadi.
Ayirish sistemasi. Yomg‘ir chuvalchangining ayirish sistemasi
tana bo‘g‘imida
bir juftdan joylashgan, sirtmoqqa o‘xshash ingich-
ka uzun naychalardan iborat (27-rasm). Naychalarning bir uchi
tana bo‘shlig‘iga, ikkinchi uchi esa teri orqali tashqariga ochiladi.
Naychalarning tana bo‘shlig‘iga ochilgan uchi voronkaga o‘xshab
kengaygan bo‘lib, juda ko‘p kiðrikchalar bilan ta’minlangan. Bu
kiðrikchalarning harakati tufayli zararli moddalar tana suyuqligi bi-
13-§. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi
2
1
3
27-rasm. Yomg‘ir
chuvalchangining
ayirish sistemasi:
1 – ayirish naychalari;
2 – naychalar ning tana bo‘sh -
lig‘iga ochiladigan uchi; 3 –
naychalarning teri sirtiga ochi-
ladigan uchi
50
V bob. Halqali chuvalchanglar tiрi
lan birga naychalarga o‘tadi va teridagi
teshikchalar orqali chiqarib
yuboriladi.
Halqali chuvalchanglarning xilma-xilligi va ahamiyati. Halqali
chuvalchanglar tabiatda katta ahamiyatga ega. Yomg‘ir chuvalchang-
larining 180 dan ortiq turi bor. Ular tuproqni yumshatib, suv va
havo o‘tishini yaxshilaydi, chirindiga boyitadi. Bir gektar maydonda
chuvalchanglar bir yil davomida 250–600 t tup
roqni qayta ishlab
berishi aniqlangan. Yomg‘ir chuvalchanglari
ning ayrim turlaridan
chorvachilik va uy-ro‘zg‘or
chiqindilarini qayta ishlab, sabzavot va
poliz ekinlari uchun qimmatli o‘g‘it hisoblanadigan
biogumus olishda
foydalaniladi. Yomg‘ir chuvalchanglarining o‘zi ham qushlar, ayrim
sutemizuvchilar va tup
roq hayvonlari uchun oziq bo‘ladi. Ular uy
parrandalari uchun oqsilga boy bo‘lgan to‘yimli oziq hisoblanadi.
Parrandalar ozig‘iga chuvalchanglar qo‘shib berilganda ular ko‘p
tuxum qiladi.
Chuchuk suvlarda yashaydigan kam tukli
qizil chuvalchanglar
(28-rasm) suvni har xil ifloslikdan tozalab, sanitarlik vazifasini baja-
radi.
Ular turli suv hayvonlari, shu jumladan, baliqlar uchun asosiy
oziq hisoblanadi. Chuchuk suv chuvalchanglari akvarium baliqlari
uchun yemish sifatida ko‘paytiriladi.
28-rasm. Har xil halqali
chuvalchanglar:
1 – nereida;
2 – o‘troq yashovchi den-
giz ko‘p tuklisi;
3 – qizil chu v alchang
3
2
1
Ko‘p tuklilar sinfi. Ko‘p tuklilar dengizda suzib yuradi yoki den-
giz tubida yopishib yashaydigan 5 000 turni o‘z ichiga oladi.
Dengizlarning tubida hayot kechiradigan halqali chuvalchang
ne-
reidaning boshi tanasidan
alohida ixtisoslashgan; tanasi ko‘p miqdor-
da uzun tuklar bilan qoplangan. Tuklar tananing ikki yonidagi
51
muskulli o‘simtalarda to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Chuvalchanglar
o‘simtalar yordamida suzadi yoki suv tubida o‘rmalab yuradi. Bu
o‘simtalar ilk bor paydo bo‘lgan oyoqlar hisoblanadi. Ular baliqlar
uchun asosiy oziq hisob
lanadi.
Zuluklar sinfi. Zuluklarga chuchuk suvlarda yashab, umurtqali
hayvonlar qonini so‘radigan yoki yirtqich hayot kechiradigan 400
ga yaqin tur kiradi. Tibbiyot zulugidan tibbiyotda qon tomiri ka-
salliklarini davolashda foydalaniladi.
Bu zuluk maxsus zavodlarda
ko‘paytiriladi.
Halqali chuvalchanglarning kelib chiqishi. Halqali chuvalchanglar er-
kin yashovchi qadimgi yassi chuvalchanglardan kelib chiqqan. Dengiz-
larda yashovchi ko‘p tukli halqalilar lichinkalari tana
sida kiðriklar
bo‘lishi, uning ayirish sistemasi
ning kiðrikli yassi chuvalchanglar siste-
masiga o‘xshash bo‘lishi ana shundan dalolat beradi. Kam tukli halqali
chuvalchanglar esa ko‘p tukli halqalilardan kelib chiqqan.
1. Yomg‘ir chuvalchangi hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan?
2. Qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan?
3. Qon qanday vazifani bajaradi?
4. Yomg‘ir chuvalchangi qanday nafas oladi?
5. Chuvalchangning ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
6. Halqali chuvalchanglar qanday ahamiyatga ega?
7. Halqali chuvalchanglar qanday kelib chiqqan?
1. Yomg‘ir chuvalchangining ayirish sistemasi:
a) ko‘p shoxlangan naychalardan iborat;
b) orqa chiqarish teshigiga ochiladi;
d) sirtmoqsimon egilgan ingichka naychalardan iborat.
2. Yomg‘ir chuvalchangida yurak vazifasini:
a)
ichak usti qon tomiri bajaradi;
b) halqum halqa qon tomirlari bajaradi;
d) ichak osti yirik qon tomiri bajaradi.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Oshqozon, qon aylanish sistemasi, qon tomirlari, kapillyarlar, yopiq qon
aylanish sistemasi, biogumus, nereida, ko‘p tuklilar, kam tuklilar.
Javob bering. Yomg‘ir сhuvalchangi tuzilishining
qaysi xususiyatlari uning
tuproq ichida hayot kechirishiga imkon beradi?
Topishmoqda berilgan hayvonning hayoti to‘g‘risida ma’lumot bering.
12.
Yer ostida mitti xivich,
Yer haydaydi erta-yu kech.
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2b.
13-§. Yomg‘ir chuvalchangining ichki tuzilishi
4 –
?!