55
Nerv sistemasi. Suv shillig‘ining
tanasida bir necha juft nerv
tugunlari joylashgan. Bu tugunlardan mollyuskalarning hamma or-
ganlariga nervlar chiqadi.
Ko‘payishi. Suv shillig‘i – germafrodit hayvon. U uzun shilim-
shiq ið ichiga tizimcha shaklida juda ko‘p tuxum qo‘yadi. Tizim-
chasi suv o‘tlariga ilakishib qoladi. Tuxumlardan nozik chig‘anoqli
kichik mollyuskalar rivojlanadi.
Qorinoyoqli mollyuskalarning xilma-xilligi. Qorinoyoqli mollyus-
kalar yer yuzida keng tarqalgan, 100 000 ga yaqin turi bor. Ular
ayniqsa, dengizlarda xilma-xil bo‘ladi. Chuchuk suvlarda uchray-
digan kichik shilliq jigar qurtining oraliq xo‘jayini hisoblanadi.
Yalang‘och shilliqlar va tok shillig‘i (31-rasm) quruqlikda yashaydi.
Tok shillig‘i, har xil yalang‘och shilliqlar o‘sim
liklarning
yashil
qismi bilan oziqlanib, ekinlarga katta ziyon keltiradi. O‘zbekiston
hududida yalang‘och shilliqlar va bedapoya shillig‘i, suv havzalarida
har xil suv shilliqlari uchraydi.
15-§. Ikki pallali va boshoyoqli mollyuskalar sinfi
31-rasm. Qorinoyoqli
mollyuskalar:
1 – tok shillig‘i;
2 – yalang‘och shilliq;
3 – bitiniya;
4 – tirik tug‘ar
shilliq
1
2
4
3
1. Qorinoyoqlilar tashqi tuzilishi xususiyatlari nimadan iborat?
2. Chuchuk suv shillig‘ining hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan?
3. Chuchuk suv shillig‘i qanday hafas oladi?
4. Suv shillig‘ining qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan?
5. Suv shillig‘ining ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
6. Suv shillig‘i qanday ko‘payadi?
7. Qorinoyoqlilar qanday ahamiyatga ega?
1. Chuchuk suv shillig‘ining ko‘zlari:
a) chig‘anoq asosida joylashgan;
b) paypaslagichlari uchida joylashgan;
d) paypaslagichlari asosida joylashgan.
2. Chuchuk suv shillig‘i yuragi:
a) yurakoldi bo‘lmasi va qorinchadan iborat;
b) naysimon, ikki kamerali;
d) ikkita bo‘lma va bitta qorinchadan iborat.
56
Qorinoyoqli mollyuskalar va ularning ahamiyatini juftlab ko‘rsating.
a)
kichik shilliq;
1) O‘zbekistonda uchramaydi;
b) tok shillig‘i;
2) jigar qurti oraliq xo‘jayini;
d) yalang‘och shilliq.
3) ekinlarga ziyon keltiradi.
Lug‘at daftaringizga yozib oling.
Qorinoyoqlilar, chuchuk suv shillig‘i, mantiya, so‘lak bezlari, jigar, o‘pka,
yurak, yalang‘och shilliq, tok shillig‘i, ochiq qon aylanish sistemasi.
Javob bering. Chuchuk suv shillig‘ining ko‘zlari paypaslagichlari asosida,
yalang‘och shilliqniki esa paypaslagichlari uchki qismida joylashganligi ular
hayotining qaysi xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin?
Topishmoqni toping, undagi hayvonning harakatlanishiga tavsif bering.
13. Ariq bo‘yidan bir qirchang‘i o‘tdi,
Yolini to‘shab, sirpanib ketdi.
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a.
Juftlab yozish javoblari: a-2, b-1, d-3.
15-§. Ikki pallali va boshoyoqli mollyuskalar sinfi
Ikki pallali mollyuskalar dengiz va chuchuk suvlarda tarqalgan.
Ularning boshi bo‘lmaydi. Yon tomondan yassilashgan gavdasi tana
va ponasimon oyoq bo‘limlaridan iborat.
Ulardan baqachanoq tuzi-
lishi bilan tanishib chiqamiz.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Baqachanoq tinch oqadigan
daryolar va sayoz ko‘llar tubidagi loy yoki qumga tanasi
ning yar-
migacha ko‘milib yashaydi. Chig‘anog‘i tuxumsimon, uzunligi 10–15
sm, oldingi tomoni to‘mtoq, keyingi tomoni esa suyri shaklida
(32-rasm, A). Chig‘anoq pallalari orqa tomondan elastik paylar
yordamida tutashgan. Qorin tomonining oldingi qismida chig‘anoqlar
orasidagi tirqishdan muskulli ponasimon oyog‘i chiqib turadi. Mol-
lyuska harakat qilganda oyog‘ini chig‘anoqdan
chiqarib, suv tubiga
tiraydi va tanasini oyog‘i tomonga tortib oladi. Ana shu tarzda
harakatlanganda baqachanoq bir soatda atigi 20–30 sm yo‘l bosadi.
Baqachanoq chig‘anog‘ining sirti muguz moddadan iborat, ichki
yuzasi har xil rangda tovlanadigan sadaf bilan qoplangan. Chig‘anoq
pallalarining ichki yuzasida bir juft yopuvchi mus kullar joylashgan. Bu
VI bob. Mollyuskalar tiрi
?!
57
muskullar qisqarganida pallalar yopiladi. Muskul
lar bo‘shash
ganda esa
orqa tomondagi
elastik paylar tortilib, chig‘anoq pallalari ochiladi.
Chig‘anoq keyingi uchining yuqori va pastki tomonida tirqishsi-
mon ikkita teshik – sifon bo‘ladi. Pastki kirish sifoni orqali mantiya
bo‘shlig‘iga suv kirib, ustki chiqarish sifoni orqali chiqib ketadi.
Chiqarish sifoniga orqa chiqarish, ayirish va jinsiy organlarining
teshiklari ochiladi.
Oziqlanishi. Og‘iz teshigi oyoqning asosida joylashgan.
Kirish
sifoni orqali mantiya bo‘shlig‘iga suv bilan birga organik zarra
lar,
sodda hayvonlar va boshqa mikroskopik jonivorlar kiradi. Og‘iz oldi-
da joylashgan ikki juft paypaslagichlari oziqni tutib qoladi va hazm
qilish sistemasiga yo‘naltiradi.
Nafas olish sistemasi. Nafas olish organi – jabralar oyo-
g‘ining ikki yonidagi mantiya bo‘shlig‘ida joylashgan (32-rasm, B).
Jabralarning sirtida va mantiya pardasida joylashgan kiðrikchalarning
harakati tufayli suv mantiya bo‘shlig‘iga kiradi va jabra
larni yuvib,
chiqarish sifoni orqali chiqib ketadi. Suvda erigan kislorod jabralar-
ga o‘tadi, jabralardan esa karbonat angidrid suvga ajralib chiqadi.
Kislorod jabradan qon oqimi bilan hamma organlarga tarqaladi.
Qon aylanish, ayirish va nerv sistemalari suv shillig‘inikiga
o‘xshash. Tanasidagi uch juft nerv tugunlari nerv tolalari yordamida
o‘zaro tutashgan. Maxsus sezgi organlari bo‘lmaydi.
Ko‘payishi va rivojlanishi. Baqachanoq ayrim jinsli, lekin erkak
va urg‘ochisini farq qilib bo‘lmaydi. Tuxumlari jabralar sirtida rivoj-
15-§. Ikki pallali va boshoyoqli mollyuskalar sinfi
32-rasm. Baqachanoq:
A – chig‘anog‘i, ustki tomondan ko‘rinishi; B – chig‘anog‘i ochib ko‘rsatilgan:
1 – chig‘anoq; 2 – yopuvchi muskullar; 3 – muskullar birikadigan joy; 4 –
chiqarish sifoni; 5 – kirish sifoni; 6 – jabralar; 7 – mantiya cheti; 8 – oyoq
3
2
1
3
2
4
5
6
B
A
8
7