1. Moddiy zaxira tushunchasi. Zaxiralar hosil qilishning zarurligi. Zaxiralarning asosiy turlari



Yüklə 72,03 Kb.
səhifə1/6
tarix30.12.2023
ölçüsü72,03 Kb.
#165348
  1   2   3   4   5   6
Qishloq xo‘jaligi logistikada ombor xo’jaligi.


Qishloq xo‘jaligi logistikada ombor xo’jaligi.
Reja:


1.Moddiy zaxira tushunchasi.
2.Zaxiralar hosil qilishning zarurligi.
3.Zaxiralarning asosiy turlari.
4.Zaxira o‘lchamini aniqlash
1.Moddiy zaxira tushunchasi.
Moddiy zaxira tushunchasi logistikaning asosiy tushunchalaridan biridir. Ta-biatdan olingan xom-ashyo, oxirgi iste’molchiga tayyor mahsulot ko‘rinishida yetib borgunga qadar, xarakatlanadi, boshqa materiallar bilan birikadi va ishlab-chiqa-rishda qayota ishlanadi. Moddiy zanjir bo‘ylab xarakatlanayotgan xom-ashyo (keyin-chalik esa yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ham) u yoki bu ishlab-chiqarish yoki lo-gistik operatsiyaga kirish navbatini kutib to‘xtalib turadi.
Moddiy zaxiralar – bu ishlab-chiqarish va muomalaning turli bosqichlarida turgan, shaxsiy yoki ishlab-chiqarish iste’moli jarayoniga kirishishni kutayotgan, ish-lab-chiqarish – texnik maqsadda, aholi iste’molida va boshqalarda ishlatiladigan tovarlardir.
Agarda, birlamchi xom-ashyoni aholi iste’moli mollariga aylanishini va uni xarakatlanishini ta’minlovchi ishtirokchilarning butun zanjiri yagona mexanik konveyyer kabi ishlaganda, kutish vaqtini deyarli nolga tushirish mumkin bo‘lar edi. Ammo hayotda bunday kutishlarsiz bo‘lmaydi.
Zaxiralarni yaratish doimo xarajatlar bilan bog‘liq. Zaxiralarni yaratish va saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan, xarajatlarning asosiy turlarini sanab o‘tamiz:
«muzlatib qo‘yilgan» moliyaviy mablag‘lar;
maxsus jihozlangan xonalarga bo‘lgan xarajatlar;
maxsus xodimlarning ish xaqi;
nosozliklar, o‘g‘irliklarning doimiy xavfi;
Zaxiralar mavjudligi – bu xarajatlardir. Ammo zaxiralar yo‘qligi – bu ham xarajat, faqatgina ular turli xildagi yo‘qotishlar ko‘rinishida bo‘ladilar. Zaxira-lar yo‘qligi bilan yuzaga keladigan yo‘qotishlarning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
ishlab-chiqarishdagi to‘xtalishlardan bo‘lgan yo‘qotishlar;
talab qilingan vaqtda omborda tovar bo‘lmaganidan yuzaga kelgan yo‘qotishlar;
tovarlarning kichik partiyalarini yuqori bahodan sotib olgandan yuzaga kelgan yo‘qotishlar;
Zaxiralar mavjudligi muayyan xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lishiga qaramay, ish-bilarmonlar ularni yaratishga majburdirlar, chunki zaxiralar yo‘qligi undan katta-roq foydani yo‘qotishga olib kelishi mumkin.
Zaxiralarni ratsional boshqaruvi, zaxiralarga bo‘lgan minimal xarajatlarda, ishlab-chiqarish va savdo jarayonining uzluksizligini ta’minlashga imkon beradi.



Yüklə 72,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə