1. Tayyor mahsulot ( ishlar, xizmatlar ) va uni hisobga olish vazifalar



Yüklə 398,73 Kb.
səhifə1/12
tarix16.05.2023
ölçüsü398,73 Kb.
#110702
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1. Tayyor mahsulot ( ishlar, xizmatlar ) va uni hisobga olish va (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
MUSTAQIL ISH
Fan nomi: Boshqaruv hisobiga kirish
Mavzu: Tayyor mahsulot va uning sotilishi hisobi
Bajardi: 3-2 BUX-20 guruh talabasi Sultonov Diyorbek
Tekshirdi: Xalilov Bahrom Bahodirovich



2021-yil Buxoro


MAVZU : TAYYOR MAHSULOT VA UNING SOTILISHINI HISOBGA OLISH
REJA :
1.Tayyor mahsulot ( ishlar , xizmatlar ) va uni hisobga olish vazifalari
2.Tayyor mahsulotni baholash va uning nomenklaturasi
3.Tayyor mahsulotning ombordagi va buxgalteriyadagi hisobi
4.Tayyor mahsulotni jo'natishni hisobga olish
5.Sotish harajatlari hisobi
6.Tayyor mahsulot sotishning analitik va sintetik hisobi
7.Qo'shilgan qiymat solig'ini hisobga olish
8.Dargumon qarzlar bo'yicha rezervlar hisobi
9.Konsignatsiya muomalalari hisoblash

1. Tayyor mahsulot ( ishlar , xizmatlar ) va uni hisobga olish vazifalari
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish xalq xo'jaligi va aholining ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgan har bir korxona ishlab chiqarish faoliyatining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi .
Tayyor mahsulot deb korxonadagi barcha ishlov operatsiyalaridan o'tib bo'lgan , tayyor holga keltirilgan belgilangan davlat standarti va texnikaviy shartlarning barcha talablariga javob beradigan hamda texnika nazorati bo'limi tomonidan qabul qilingan yoki buyurtmachilarga topshirilgan mahsulotga aytiladi . Uning tarkibiga buyurtmachi korxonalar uchun bajarilgan ish , xizmatlar hamda ushbu korxonaga karashli ishlab chiqarishdan tashqari xo'jaliklar uchun bajarilgan ish va xizmatlar ham kiradi .
Tayyor mahsulot - korxonalarda ishlab chiqarish jarayonining pirovard mahsulotidir.
Korxona mahsulotni iste'molchilar bilan tuzilgan shartnomalar reja topshiriqlari asosida bozor talablarini o'rganish kabi masalalarga katta e'tibor bergan holda ishlab chiqaradi . Sanoat mahsuloti natura va qiymat ko'rsatkichida hisobga olinadi . Natura ko'rsatkichlari mahsulotni ularning tabiiy xususiyatlariga qarab , miqdori , soni va ogirligini tavsiflab beradi , bu ko'rsatkichlardan tayyor mahsulotni miqdoriy jihatdan hisobga olish uchun foydalaniladi . Tayyor mahsulot ( ish , xizmat ) ni natura ko'rsatkichlarining puldagi ifodasi uning qiymat ko'rsatkichini ifodalaydi.
Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida tayyor mahsulot , uni ortib jo'natish vazifalariga quyidagilar kiradi :
1. Mahsulot ( ish , xizmat ) sotilishi bilan bog'liq bo'lgan hamma xo'jalik operatsiyalarini hisobda to'g'ri va o'z vaqtida aks ettirish ;
2 Mahsulot ( ish , xizmat ) sotishda shartnomalar bajarilishi ustidan nazorat o’ rnatish;
3. Sotilgan mahsulotning assortiment va hajmi bo'yicha hamda sotish rejasining bajarilishini nazorat qilish ;
4. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog'liq bo'lgan davr harajatlarini vaqtida aniq hisob - kitob qilish ;
5. Sotilgan mahsulot uchun olingan tushumni aniq hisob - kitob qilish , foyda summasini to'g'ri aniqlash va boshqalar .
Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi korxonaning bir maromda ishlashiga , ombor xo'jaligi va mahsulot sotishni to'g'ri tashkil qilishga , xo'jalik operatsiya - larining hujjatlarda o'z vaqtida rasmiylashtirilishiga bog'liqdir .
« Tovar - moddiy zaxiralar » nomli 4 - son BHMSga muvofiq ( 5.3 - band ) tayyor mahsulot xo'jalik yurituvchi subyektlarda bo'lgan aktivlar hisoblanadi va ular xo'jalik yurituvchi subyektning kundalik faoliyatida sotish uchun mo'ljallangan tayyor mahsulot , tovarlar sifatida korxonaning tovar - moddiy zahiralari tarkibiga kiradi . Tayyor mahsulotni hisobga olish shu mahsulotning ishlab chiqarishdan olinishi , uning harakati , sotilishi va haridorlar hilan olib boriladigan hisob kitoblami aks ettiradi .
Ombordagi mahsulot deganda , ishlab chiqarishning barcha ishlov operatsiyalaridan o'tib , texnika nazorati bo'limi tomonidan omborga benuqson deb qabul qilingan va asosan sotishga mo'ljallangan tovar mahsuloti tushuniladi . Jo'natilgan mol ( tovar ) lar deb , haridorlarga yoki iste'molchilarga jo'natilgan , lekin uning xaridorlar tomonidan xali puli tulanmagan yo'ldagi mahsulotga aytiladi .
Ma'sul saqlashga qabul qilingan mol ( tovar ) lar deb , haridorlarga jo'natilgan tovar mahsulot har xil sabablarga ko'ra ( sifatiga ko'ra haridoming talabini qondirmaydigan , aydigan , haridorlarga adashib borib kolgan , ya'ni bir korxonaning o'miga ikkinchi korxonaga shartnomadan tashqari borib kolgan tovarlar va shu kabilar ) sotib olish uchun qabul kilinmay qolgan bo'lishi mumkin . Bunday mahsulotni tegishli korxonalar o'z javobgarligiga qabul kilib olib , darhol bu mollami yuboruvchi korxonaga xabar qiladilar . Shuning uchun bunday mollar mas'ul saqlashga qabul qilingan mollar deb yuritiladi . Bunga qo'shimcha ravishda kurgazmada kuyilgan tayyor mahsulotni ham kiritish mumkin . Chunki ko'rgazmaga qo'yilgan tayyor mahsulot ham korxonada ishlab chiqarilgan va sotilishi kerak bo'lgan mahsulotlardir .

Yüklə 398,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə