|
1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, uning ahamiyati va turlari Buxgalteriya hisobi haqida tushuncha
|
səhifə | 1/84 | tarix | 05.07.2023 | ölçüsü | 3,55 Mb. | | #119286 |
| ZBX 1-2 qism 2020aa
1-mavzu. Buxgalteriya hisobi, uning ahamiyati va turlari
Buxgalteriya hisobi haqida tushuncha.
Buxgalteriya hisobining subyekti va obyektlari
1.1. Buxgalteriya hisobi haqida tushuncha. Boshqaruv qarorlarni qabul qilishda buxgalteriya axboroti va uning ahamiyati.
Iqtisodiy subyekt faoliyatiga rahbarlik qilish va uning ustidan nazorat ishlarini olib borish uchun korxona raxbariyati kerakli malumotlar bilan taminlanishi zarur. Buning uchun korxonaning xojalik faoliyatini uzluksiz kuzatib boriladi. Kuzatish yoli bilan olingan malumotlar malum miqdor korsatkichlarida ifodalanib, istalgan vaqtda foydalana olish uchun ularga oziga xos tartibda qayd qilinadi. Korxonaning moliya - xojalik faoliyatida yuz beradigan voqea va xodisalarni kuzatish, olchash, qayd qilish xamda miqdorlarda aks ettirishdan iboratdir. Demak, xojalik faoliyatidagi xodisalarni va voqealarni kuzatish, olchash va qayd qilish xojalik hisobining asosiy mazmunini tashkil qiladi.
“Buxgalter atamasi XV asrda paydo bolgan va nemis tilidan tarjima qilinganda buck kitob, halter- tutish, yani kitob tutuvchi manosini anglatadi. Hisob daftarlarini yuritish bilan shugullanuvchi mutaxassislar buxgalter deb atalganlar.
Buxgalteriya hisobi - xojalik faoliyati togrisida joriy va umumiy malumotlar olish uchun, xojalik faoliyatini uzluksiz, ozaro aloqada, kuzatish, nazorat qilish, sodir bolgan voqea xodisalarni hisob registrlarida qayd qilish, ularga ishlov berish va moliyaviy hisob korinishida istemolchilarga taqdim qilish tizimidan iboratdir.
Buxgalteriya hisobini biznes tili deyishadi. Xosh, nima uchun? Buxgalteriya hisobi va biznesning bir-biri bilan bogliqligini anglash uchun bir misol korib chiqamiz.
Faraz qiling, tadbirkor Qodirov oz biznesini yuritmoqchi boldi. U oz qolida mavjud resurslarini savdo faoliyatiga yonaltirdi. Uning imkoniyatlari quyidagilardan iborat edi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|