1. Xufyona iqtisodiyot tarkibi



Yüklə 394,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix09.10.2023
ölçüsü394,74 Kb.
#126446
  1   2   3   4   5   6
1 — копия



1.Xufyona iqtisodiyot tarkibi 
Turli qonunchilik me’yorlariga amal qilinmaslik holatlarining tez-tez uchrab 
turishi xufyona (extralegal) iqtisodiyot miqdorining indikatori bo`lib xizmat qiladi. 
Biroq, uning miqdoriy o`lchovi vazifasini hal etishga kirishishdan oldin xufyona 
iqtisodiyotning turli unsurlarini ta’riflash lozim. Umuman olganda xufyona 
iqtisodiyot – unda iqtisodiy faoliyat qonun doirasidan tashqarida amalga 
oshiriladigan, ya’ni bitimlar qonundan, xo`jalik turmushining huquqiy me’yorlari va 
rasmana qoidalaridan foydalanilmagan holda amalga oshiriladigan soha. Xufyona 
iqtisodiyot uchta unsurdan tarkib topadi: norasmiy, sohta va kriminal iqtisodiyot. 
Norasmiy iqtisodiyot – iqtisodiy faoliyatning oshkora turlari, unda xarajatlarni 
pasaytirish maqsadida tovarlar va xizmatlarning qayd etilmagan tarzda ishlab 
chiqarilishi o`rin tutadi (yana bir bor ta’kidlash lozimki, davlatdan yashiriladigan 
barcha faoliyat turlari huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinishi mumkin emas va 
mulkchilik huquqlarini himoyalashning muqobil mexanizmlari qo`llanilishini talab 
qiladi). Sohta iqtisodiyot - qo`shib yozishlar, chayqovchilik bitimlari, poraxo`rlik va 
pulni olish hamda berish bilan bog`liq har xil tovlamachilik harakatlari iqtisodiyoti. 
Kriminal iqtisodiyot - qonunning (birinchi navbatda – Jinoiy va Fuqarolik 
kodekslarining) to`g`ridan-to`g`ri buzilishi va mulkchilikning qonuniy huquqlariga 
tajovuz qilish bilan bog`liq iqtisodiy faoliyat.
Xufyona xo`jalik aylanmasi, tabiiyki, rasmiy statistikaga kiritilmasligi bois 
xufyona iqtisodiyot o`lchamlarini baholash muammosi dolzarb hisoblanadi. Ushbu 
maqsad uchun quyidagi yondashuvlardan foydalaniladi: 
- monetar usul, u xufyona hisob-kitoblarda faqat naqd mablag`lardan 
foydalanilishi to`g`risidagi gipotezaga asosida quriladi (naqd pul massasi 
harakatining dinamikasi xufyona iqtisodiyotning o`lchamlari haqida fikr yuritish 
imkonini beradi); 
- xarajatlar va daromadlar balanslari usuli, unda deklaratsiya qilinadigan 
daromadlar xarajatlar summasi, tovarlar va xizmatlar iste’molining real hajmlari bilan 
taqqoslanadi; 


- bandlikni tahlil qilish, u shuni nazarda tutadiki, uzoq vaqt mobaynida saqlanib 
kelayotgan ro`yxatga olinmagan ishsizlikning yuqori darajasi xufyona sektorda 
bandlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi (ro`yxatga olinmagan 
ishsizlar soni xufyona iqtisodiyotning o`lchamlaridan bilvosita dalolat beradi); 
- texnologik koeffitsiyentlar usuli, u xarajatlarning ma’lum texnologik 
koeffitsiyentlari asosida mahsulot ishlab chiqarishning real hajmi haqidagi 
ma’lumotlarni olish imkonini beradi (masalan, iste’mol qilinadigan elektr 
energiyasining dinamikasi va deklaratsiya qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish 
dinamikasi to`g`risidagi ma’lumotlar taqqoslanadi); 
- uy xo`jaliklari va korxonalar rahbarlari o`rtasida so`rov o`tkazish usuli, u 
xufyona iqtisodiyotning o`lchamiga ekspert baholarini beradi; 
- sotsiologik usul, u xufyona bitimlar amalga oshiriladigan alohida me’yorlarni, 
ularning jamiyatda tarqalganligini, bitimlarni tuzishda qanchalik qo`llanishini tahlil 
qilishdan iborat. 
Yoritilgan yondashuvlarning turli xilligi sababli olinadigan natijalarni ko`pincha 
taqqoslash qiyin bo`lsa-da, xufyona iqtisodiyot miqdorining ayrim baholarini keltirish 
mumkin: (YaIMga nisbatan foiz hisobida): Italiya - 15-30, Belgiya - 4-13, Shvetsiya - 
0,5-17, Buyuk Britaniya - 2-16, Fransiya - 15, SShA - 3-28, Peru -27-28. Rossiyada 
80-yillarning oxirida YaIMning 20 foizga yaqini, 1996 yilda 23 foiz. 
Yuqorida aytib o`tilganidek, qonunga bo`ysunishning yuqori narxi va xufyona 
iqtisodiyotning katta o`lchamlari o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri bog`liqlik mavjud. Biroq 
xufyona rejimda almashuvlarni amalga oshirish ham xarajatlar bilan bog`liq. 
Xarajatlarning bir turida tejalishga erishgan xufyona iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi 
sub’ektlar boshqa xarajatlarni ko`proq amalga oshirishadi – ular «xufyonalik narxi»ni 
to`lashga majburdirlar. Xufyonalik narxi bir necha unsurlardan tarkib topadi. 

Yüklə 394,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə