16-mavzu. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (8 soat) Reja: Yirik iqtisodiy tashkilotlar va ularning topologiyasi



Yüklə 42,72 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü42,72 Kb.
#150997
  1   2   3   4   5
16-mavzu


16-mavzu. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar (8 soat)


Reja:


1. Yirik iqtisodiy tashkilotlar va ularning topologiyasi
2. Xalqaro valyuta fondi, Jahon Banki, Jahon savdo tashkiloti
3. OPEK tashkiloti, Amerika davlatlari tashkiloti
4. O’zbekiston Respublikasining Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligi


16.1-ma’ruza.(2 soat)
1. Yirik iqtisodiy tashkilotlar va ularning topologiyasi.

Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar topologiyasi haqida gapirganda, ikkita mezondan (geografik qamrovi kengligi va faoliyat ko’rsatish xususiyatlariga ko’ra) foydalanish maqsadga muvofiqdir. Birinchisidan kelib chiqib, ikki tomonlama, hududiy va global tuzilmalar ajratib ko’rsatiladi. Ikkinchi mezonni qo’llagan holda maxsus sohalar bo’yicha va global tashkilotlarga ega bo’lamiz. Bularning ichida, ayniqsa, 1945-yilning 24-oktyabrida tashkil topgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tasarrufidagi iqtisodiy hamkorlik tashkilotlari alohida o’ringa ega.


BMT – ikkinchi jahon urushidan so’ng Antigitler koalitsiyasiga a’zo davlatlar tomonidan tashkil etilgan eng universal, obro’-e’tiborli va eng yirik xalqaro tashkilot hisoblanadi. BMTning shtab-kvartirasi Nyu-Yorkda joylashgan bo’lib, uning tarkibida 190 dan ortiq a’zo-mamlakat mavjud. BMTning nizomini 1-moddasida tashkilot faoliyatining asosiy maqsadi “iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar xarakterdagi xalqaro muammolarni hal etishda xalqaro hamkorlik qilish” degan punkt muhim ahamiyat kasb etadi.
BMT iqtisodiy sohada asosan quyidagi to’rtta yo’nalish bo’yicha faoliyat olib boradi: - global muammolarni hal etish; - davlatlarning iqtisodiy hamkorligiga ko’maklashish; - mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishidagi uzilishlarni yengib o’tish; - hududiy rivojlanishni rag’batlantirish. Yuqorida sanab o’tilgan yo’nalishlarning har biri BMT muassasalarining faoliyatida axborot, texnik-maslahat va moliyaviy sohadagi hamkorliklarni ham o’z ichiga oladi. BMT bosh va yordamchi organlardan, Shuningdek, 18 ta maxsuslashgan institut va bir qator avtonom tuzilmalardan (Kengashlar, komissiyalar va dasturlar) iborat.
BMTning bosh tuzilmaviy bo’limlari - Bosh Assambleya (BA), Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash (EKOSOS) hamda Sekretariat hisoblanadi. BMTning Bosh Assambleyasi yilida bir marta o’z sessiyalarini o’tkazadi (sentabr va dekabr oylarida). Sessiyalarning har birida rais, uning o’rinbosarlari va asosiy Glossariy Ikkinchi dunyo – “Sovuq urush” davrida sosialistik lagerni ifodalagan tushuncha bo’lib, bu urush tugagandan keyin “Yevroosiyo” ni ifodalaydi. qo’mitalarning boshliqlari saylanadi.
Jahon iqtisodiyotida ro’y berayotgan asosiy masalalar ham umumiy majlislarda ham maxsus ikkinchi qo’mita doirasida muhokama qilinadi. BMTning iqtisodiy va ijtimoiy Kengash bo’limi (EKOSOS) 1946-yilda tashkil topdi. 60 dan ortiq mamlakat uning a’zolari bo’lib a’zolarning 1/3 qismi (Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH va Fransiyadan tashqari) har yili uch yil muddatga qayta saylaniladi. Yuqoridagi beshta davlat urush va tinchlik masalalari bilan shug’ullanuvchi Xavfsizlik Kengashida bo’lgani kabi doimiy ravishda EKOSOS tarkibiga kiradi. Kengash odatda bir yilda ikki marta (ijtimoiy-huquqiy va gumanitar mavzuda, Shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha) sessiya o’tkazadi. XIM muammolari bo’yicha qaror va tavsiyalar qabul qilish huquqiga ega bo’lgan barcha tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish mas’uliyati ham EKOSOS zimmasidadir.
Bugungi kunga kelib, EKOSOS 6 doimiy qo’mita, 7 ta funksional va 5 ta hududiy komissiyalarni ta’sis etgan. Bulardan tashqarii 18 ta maxsuslashtirilgan muassasa, jumladan Jahon oziq-ovqat dasturi va YUNKTAD JST Xalqaro savdo markazi ham EKOSOS tarkibida faoliyat ko’rsatadi. BMTning iqtisodiy organlari tizimida uchinchi bo’g’in sifatida sekretariat faoliyat olib boradi. Sekretariat bir necha bo’limlardan (iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha Departament va boshqalar) tarkib topgan bo’lib, ma’muriy-ijrochi tuzilma sifatida ish olib boradi. Jahon xo’jaligi muammolarini hal qilishda BMTning savdo va taraqqiyot bo’yicha anjumani (YUNKTAD) va BMTning sanoat taraqqiyoti bo’yicha tashkiloti (YUNIDO) to’g’risida alohida to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir.
1964-yilning oxirida BMTning Bosh Assambleyasi xalqaro savdo bo’yicha hamkorlikka ko’maklashish uchun YUNKTADni ta’sis etish haqida qaror qabul qildi. Anjumanning oliy organlari to’rt yilda bir o’tkaziladigan sessiya va yilda ikki marta to’planadigan Kengash hisoblanadi. Kengash nazorati ostida doimiy qo’mitalar, vaqtinchalik ishchi guruhlari va sekretariat faoliyat ko’rsatadi. YUNKTADga hozirgi kunda 186 ta davlat a’zo bo’lib, uning shtab-kvartirasi Jenevada joylashgan.
YUNKTAD rahbarligi ostida o’tkazilgan hukumatlararo maslahatlar natijasida bir qator muhim savdo bitimlari imzolandi, xomashyo tovarlari savdosi sohasidagi holatlarni o’rganish uchun ekspert guruhlari tashkil etildi. Anjuman Yevropa va Amerika bozorlarida rivojlanayotgan mamlakatlarning mahsulotlari uchun maxsus imtiyozlar berish rejimini (dasturni) qo’llab-quvvatlaydi. 1967-yilda tashkil etilgan YUNIDO 166 ta davlatni birlashtirgan bo’lib, uning shtab-kvartirasi Vena shahrida joylashgan. Bu tashkilotning bosh vazifasi Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika va Okean orollarida yashovchi kambag’al va rivojlanish darajasi past bo’lgan mamlakatlar guruhini iqtisodiy qoloqlikdan olib chiqish jarayonini rag’batlantirish maqsadida BMT doirasida sanoat rivojlanishini muvofiqlashtirishdan iborat.
YUNIDOning oliy organi ikki yilda bir marta chaqiriladigan Bosh Anjuman sanaladi. Boshqaruv tuzilmalari esa sanoat taraqqiyoti bo’yicha Kengash va byudjet masalalari bo’yicha qo’mita hisoblanadi. YUNIDO faoliyati hukumatlararo, shuningdek xususiy sanoat tarmoqlari bilan uzviy bog’langan. Tashkilot investitsiyalar, texnik va sanoat hamkorligi masalalari bo’yicha forumlar o’tkazadi.
Xorijiy investitsiyalarning ko’payib borishiga, rivojlanayotgan mamlakatlarga texnika-texnologiyalarni etkazib berishga ko’maklashadi. Bu masalalarni amalga oshirishda YUNIDOning sanoat va texnologik axborotlar banki (STAB) samarali faoliyat ko’rsatmoqda. Shunday qilib, moliyalashtirishdagi qator muammolar, qog’ozbozlik va qarorlarning bajarilishini nazorat qilishning salbiy holatlariga qaramasdan, zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida BMT tizimidagi iqtisodiy tashkilotlarning (YUNKTAD, YUNIDO) ahamiyati ortib bormoqda.
BMTning maxsuslashgan muassasalarining rolini kuchayib borishida xalqaro mehnat taqsimoti tuzilmasining murakkablashuvi, axborot-texnologik ayirboshlashning yangidan-yangi kanallarining vujudga kelishi, jahon xo’jalik hayotining jadallashuvi va shuningdek, insoniyat oldida turgan jiddiy global muammolar muhim rol o’ynamoqda. BMT doirasiga kirmaydigan iqtisodiy tashkilotga 1961-yilda tashkil topgan, shtabkvartirasi Parijda joylashgan Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot tashkilotini (IHTT) kiritish mumkin. IHTT ikkinchi jahon urushidan keyin AQSHning moliyaviy yordamidan (Marshal rejasi) samarali foydalanish va qit’adagi tiklanish jarayonini muvofiqlashtirish maqsadida tashkil etilgan.
Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkilotining vorisi hisoblanadi. “Boylar klubi”, jahon iqtisodiyotining “aql markazi” deb ataluvchi IHTT hozirgi kunda jahonning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan 29 ta mamlakatini o’z tarkibiga birlashtirgan. Chunonchi, bu tashkilotga a’zo-mamlakatlar hissasiga jahon tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning 2/3 qismi to’g’ri keladi. IHTTning oliy kengashi bo’lib, uning tarkibiga har bir a’zo-mamlakatdan bittadan vakil kiradi. Kengash a’zolari oyda bir marta Bosh kotib raisligida uchrashadilar. Bundan tashqarii kengash vazirliklar (tashqi ishlar vazirligi, moliya vazirligi, iqtisodiyot vazirligi kabilar) miqyosida yillik majlislarni ham o’tkazib turadi. Doimiy asosda ish yurituvchi ijroiya qo’mitaning asosiy vazifasi IHTT faoliyatini nazorat qilish va kengash majlislarini tayyorlashdan iborat. Uning 200 dan ortiq qo’mitalari, ishchi guruhlari va ekspert komissiyalari ijtimoiy-iqtisodiy xarakterda bo’lgan keng doiradagi masalalar bilan ham shug’ullanadi.
IHTT tuzilmasi haqida fikr bildirilganda albatta Yevropa va o’tish davri iqtisodiyotili mamlakatlar o’rtasida hamkorlik markazini ham ko’rsatib o’tish joizdir. Bu markaz 1990-yilda tashkil etilgan bo’lib, IHTT va Sharqiy Yevropa mamlakatlari o’rtasidagi aloqalarni muvofiqlashtirib turadi. IHTT faoliyatidagi eng muhim jihat tashkilotga a’zo-mamlakatlar hukumatlari o’rtasida iqtisodiy va ijtimoiy, siyosiy muammolari bo’yicha fikr almashishni yo’lga qo’yishdir. Kapital va xizmatlarning erkin harakatini ta’minlash, poraxo’rlikka qarshi kurash kabi masalalar bilan ham samarali faoliyat ko’rsatishdir. Jahonda EI, NAFTA, MERKOSUR, MDH kabi hududiy iqtisodiy tashkilotlar bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmagan o’nlab hududiy miqyosdagi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar mavjud. Ushbu tashkilotlarning faoliyat ko’rsatish mexanizmlarini o’rganish maqsadida biz g’arbiy yarim shar va Afrika qit’asidagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) va Afrika Birdamlik Tashkiloti (ABT) to’g’risida batafsil to’xtalib o’tishni lozim topdik.

Yüklə 42,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə