5-sinf. Fan: Adabiyot Dars mavzusi: Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidan parcha. Darsning maqsadi



Yüklə 36,45 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü36,45 Kb.
#156288
  1   2
Alisher Navoiyning



5-sinf.
Fan: Adabiyot
Dars mavzusi: Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidan parcha.
Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy maqsad-o’quvchilarga Navoining boy merosi va uning yoshlar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati haqida ma’lumot berish;

  2. tarbiyaviy maqsad- o’quvchilarga yolg’onchilik yomon illat ekanligini tushuntirish va ularni to’g’riso’z bo’lishga chorlash;

  1. rivojlantiruvchi maqsad- o’quvchlarni og’zaki nutqini shakllantishish, mantiqiy fikrlashga o’rgatish.

Dars turi: yangi bilim berish darsi
Dars metodi: induktiv, reproduktiv
Dars shakli: yalpi va guruhlarda ishlash
Darsning jihozi: Navoiy ijodi aks etgan burchak, tarqatmalar, plakatlar, Notebook, slaydlar va “Akvarium” ko’rgazmasi.
Darsning bosqichli jadvali:



Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

“Akvarium” usuli orqali o’tilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Mustahkamlash

10 daqiqa

5

Dars yakuni va o’quvchilarni baholash

5 daqiqa

6

Uyga topshiriq berish

2 daqiqa

Darsning borishi
Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish, ob-havo haqida suhbat;

  2. davomatni aniqlash,sinf xonasi va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.

O’quvchilarni rag’batlantirish:

XAMSA




C H O R
D E V O N

Shartni a’lo bajargan o’quvchi “Xamsa” nomli, yaxshi bajargan o’quvchi esa “Chor devon” nomli tarqatmalarni guruhlari nomi ortiga jamlaydi. Demak, Xamsa - 5, Chor devon - 4 ballni ifodalaydi.


Darsning borishi:

Salomlashgandan so’ng o’qituvchi o’quvchilarga quyidagi she’r orqali murojaat qiladi.




Zukko,chaqqon bolalar
Tayyormizmi biz darsga?
Daftar, ruchka, kundalik
Shaymi yordam berishga?


Bolalar baravariga:
Ustoz shaymiz barchamiz
O’qib o’rganmoq uchun.
Har bir aytgan so’zingiz
Quloqqa ilmoq uchun.


O’tilgan mavzuni so’rash:

O’tilgan mavzu “Akvarium” usuli orqali yodga olinadi.


Yozuv taxtasiga tegishli ko’rgazma ilinadi. Har bir “baliq” ortiga o’tilgan mavzuga doir savollar yozib qo’yiladi.

Akvarium” savollari:





  1. A.Navoiy bobomiz qayerda tavallud topgan?

  2. Bobomizning otalari ismi?

  3. Navoiy bolaligida qaysi yozuvchilar asarlarini sevib o’qigan?

  4. Navoiyning yoshlikdagi qadrdon do’sti?

  5. “Xamsa” so’zining ma’nosi?

  6. “Xamsa”ning ilk dostoni?

  7. Navoiyga yuksak baho bergan ustozi?

  8. Yurtboshimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida bobomizga berilgan ta’rifni ayting?(v.b)

O’quvchilar navbat bilan savollarga javob beradilar.


Juda yaxshi bolajonlar, kelinglar, darsimizni boshlashdan oldin sizlarni ikki guruhga ajratib olsak. Sizlarga mavzuga mos holda nom bersak. Rozimisiz? Unda 1-guruh “Navoiy” 2-guruh “Foniy” nomi ostida bellashadilar.



Yüklə 36,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə