“Interpretation and researches”
International scientific journal volume 1 issue 1
31
ASALARI OILALARINING MAHSULDORLIGINI OSHIRISHDA
OZIQLANTIRISHNING AHAMIYATI
Xurramov Ilxom Ismatullayevich
Termiz davlat universiteti magistri
Normo`minova Yu.B.
Termiz davlat universiteti magistri
Qulturayeva SH.I.
Termiz davlat universiteti magistri
Sattorqulov K.SH.
Termiz davlat universiteti magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.7497828
Annotatsiya:
Ushbu maqolada asalarichilik maxsulotlari yetishtirishni
ko`aytirish uchun asalari oilalarini zamonaviy ilg`or texnologiyalar
asosida boqish
texnikasi haqida ma`lumot keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
asalarichilik, asalari oilasi, salbiy tasir,oziqa, shakar eritmasi
Kirish
O‘zbekistonning tabiiy iqlim sharoiti qihloq xo‘jalik
ekinlari hosildorligini
oshirish, asalari oilalarini zamonaviy ilg‘or texnologiyalar asosida boqib, asalarichilik
maxsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish uchun qulay imkoniyatlarga ega.Qish oylarini
o‘tkazishda ozuqaning yetishmasligi asalarilarning rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi,
hamda oilani bahor va yoz fasllarida qo‘shimcha ravishda rag‘bagtlantiruvchi
oziqalar berishni talab etiladi. Asalari organizmida modda
almashinish jarayonida
faqat mineral moddalarning yetishmasligi sababli fiziologik jarayonlarning
buzilishiga va organizmni nobud bo‘lishiga olib keladi.
Asalari
oilasiga
beriladigan
shakar
eritmasi
tarkibida
vitaminlar,
aminokislotalar, mineral
moddalar, mikroelementlar bo‘lmaydi. Shuning uchun ham
shakar eritmasi tarkibiga eng kerakli mineral va oqsilli moddalarni qo‘shish asalari
oilasini bahorgi rivojlantirishini ancha jadallashtiradi
va oilani qishlovini
muvafaqqiyatli o‘tishiga olib keladi. Bular asalarichi - olimlarning ilmiy- ishlarida
ham ko‘p marta isbotini topgan. Asalari organizmida modda almashinish jarayonida
faqat mineral moddalarning yetishmasligi tufayli fiziologik jarayonlarning buzilishiga
va organizmni nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Shu sababli, hozirgi kungacha chet davlatlarda
asalari oilasiga gulchangi
yetishmagan davrda oziqa tarkibiga oilani o‘sishi va rivojlanishnini jadalashtiruvchi
mineral moddalardan qo‘shib kelganlar. Masalan, oqsilli oziqalardan qaymog‘i
olingan sut “Kichkintoy”
bolalar oziqasi, sun’iy sut, xamirturush va achitqilar,