Биринчи боб



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Kitob 3436 uzsmart.uz




O

ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O

RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT 
 UNIVERSITETI 
 
 
O

zbek filologiyasi fakulteti
O

zbek tilshunosligi kafedrasi 
 

Tillayeva Mohira Saydullayevna
 
USMON AZIM SHE’RIYATINING LINGVOPOETIK 
XUSUSIYATLARI 
5220100 – Filologiya(o

zbek filologiyasi) bakalavriat ta’lim yo

nalishi 
 
Malakaviy bitiruv ishi 
 
 
 
Ilmiy rahbar: f.f.n. G

afforov A. 
 
 
 
 
 
 
 
 
SAMARQAND - 2013 



O

ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O

RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
 
O

zbek filologiyasi fakulteti 
O

zbek tilshunosligi kafedrasi 
Tillayeva Mohira Saydullayevna
 
USMON AZIM SHE’RIYATINING LINGVOPOETIK 
XUSUSIYATLARI 
5220100 – Filologiya(o

zbek filologiyasi) bakalavriat ta’lim yo

nalishi 
Malakaviy bitiruv ishi 
 
 Ilmiy rahbar G

afforov A. 

 
Rasmiy taqrizchi Yaxshiboyev G
‘.

Malakaviy bitiruv ishi o



zbek tilshunosligi kafedrasining 2013 yil 28-maydagi majlisida 
muhokama qilingan va YaDAKga himoya uchun tavsiya etilgan(9-son bayonnoma). 
Kafedra mudiri prof. Abdusaidov A. 
 
Malakaviy bitiruv ishi YaDAKning 2013 yil ____ iyundagi majlisida himoya qilingan
va ____ ball bilan baholangan(___-son bayonnoma). 
 
 
 YaDAK raisi prof. Haqqulov I. 
 
A’zolari: __________________ 

__________________ 
 

__________________ 
 
 
 
SAMARQAND - 2013 



 
 
 
 
 
 
 
 
 
O

ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O

RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI 
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI 
 
O

zbek filologiyasi fakulteti
O

zbek tilshunosligi kafedrasi
Tillayeva Mohira Saydullayevna
USMON AZIM SHE’RIYATINING 
LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI 
5220100 – Filologiya(o

zbek filologiyasi) 
bakalavriat ta’lim yo

nalishi 
 
Malakaviy bitiruv ishi 
 
Ilmiy rahbar G

afforov A. 
 
SAMARQAND - 2013 
 



REJA 
I. KIRISH
II. USMON AZIM SHE’RIYATIDA LINGVOPOETIK VOSITALARNING 
QO‘LLANISHI 
1.
 
Usmon Azim she’riyatida troplarning lingvopoetik xususiyatlari; 
2. Usmon Azim she’riyatida uslubiy figuralarning lingvopoetik 
imkoniyatlari; 
3. Bob xulosasi. 
III. LINGVOPOETIK VOSITALAR MILLIY AN’ANA VA 
QADRIYATLARNI IFODALOVCHI VOSITA SIFATIDA 
1. Shoir ijodida
 
milliy an’ana va qadriyatlarni ifodalovchi lingvopoetik 
vositalarning funksional-stilistik xususiyatlari; 
2. Lirik qahramon ruhiy holatini yoritishda milliy an’ana va qadriyatlarni 
ifodalovchi lingvopoetik vositalarning badiiy-estetik imkoniyatlari
3. Bob xulosasi. 
IV. UMUMIY XULOSALAR 
V. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 



Kirish 
 
Mavzuning dolzarbligi.
Respublikamizda ilm-fanning yangi yutuqlarga 
erishishi, pragmalingvistika, kognitiv tilshunoslik, etnolingvistika, 
neyrolingvistika, gender tilshunoslik kabi turli-tuman sohalarga qiziqish 
kuchayganligi va bu sohalarda ham ko‘zga ko‘rinarli ishlarning amalga 
oshirilayotganligi ham shubhasiz, yurtimizning milliy mustaqilligiga ega bo‘lishi 
bilan bog‘liq va bugungi kunda faxr bilan ayta olamizki, mazkur yutuqlar milliy 
istiqlolimiz mevalaridir. Til, uning ifodalanish shakllari va badiiy matnda til 
vositalarining tutgan o‘rnini belgilash bilan bog‘liq masalalar — tilshunoslikning 
asosiy obyekti va muammolaridan biri hisoblanadi hamda u nihoyatda 
mashaqqatli va ko‘p qirrali jarayonni qamrab oladi. U kishilarning kommunikativ 
ehtiyojlari tufayli tildagi mavjud imkoniyatlarni o‘zida aks ettiradi. Badiiy asar
ijtimoiy taraqqiyotga bog‘liq holda xalq hayotidagi har bir yangilikni, til lug‘at 
tarkibidagi har bir o‘zgarishni o‘zida aks ettiruvchi vosita sifatida 
tilshunoslarning asosiy diqqat markazida bo‘lib, tadqiqotchilarni doimo qiziqtirib 
kelgan. O‘zbek tilshunosligining mustaqillik davridagi taraqqiyoti xalqimiz 
hayotidagi eng muhim hodisa bo‘lib, uning boshqa fan sohalari qatori izchil 
rivojlanishini ta’minlab berdi. U o‘zining o‘tgan qisqa davr ichidagi taraqqiyoti 
davomida nazariy va amaliy jihatdan yanada takomillashdi. Respublikamiz 
Prezidenti I.A.Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida shunday 
yozadi: “Xalqimiz orasidan mana shu g‘oyat mashaqqatli sohaga butun hayoti va 
noyob iste’dodini bag‘ishlab, adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin egallagan 
o‘lmas asarlar yaratgan buyuk so‘z san’atkorlari - ularni barchasining nomlarini 
zikr etish, albatta, ko‘p vaqtni talab qilgan bo‘lur edi, bunday insonlar yetishib 
chiqqani bilan barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz. 
Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat 
jarchisi bo‘lib 
keladi. Xususan, mustaqillik yillarida yurtimizda 
ma’naviyatimizning g‘oyat muhim va uzviy qismi bo‘lgan adabiyotni 



rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizning ezgu mehnatini qadrlash va munosib 
rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘z hosilini berayotgani, 
badiiy adabiyotimiz mavzular ko‘lami jihatidan ham, janrlar nuqtai nazaridan ham 
rang-barang bo‘lib borayotgani, adabiyot maydonida yangi-yangi nomlar paydo 
bo‘layotgani kitobxon xalqimizni albatta quvontiradi. Bularning barchasi milliy 
tiklanish jarayonlari qalam axlining ijodiy izlanishlari uchun qanday katta ufqlar 
ochib berganini yana bir bor ko‘rsatadi”
1
. Keyingi yillarda tilshunoslarimiz 
e’tibori alohida olingan shoir va yozuvchilar individual uslubi, badiiy matn va u 
bilan bog‘liq muammolar yechimini topishga qaratilayotganligi seziladi. Shu 
asosda tilshunoslikda matn lingvistikasi, lingvopoetika kabi sohalari shakllanib 
ulgurdi desak, xato bo‘lmaydi. Demak, hozirgi kunda tilshunoslar e’tiborini tortib 
kelayotgan badiiy matnlarda inson obrazini to‘laqonli namoyon qilishda muhim 
ahamiyat kasb etuvchi lingvopoetik vositalarning o‘ziga xos xususiyatlarini shaxs 
va til munosabatiga aloqadorlikda tadqiq etish bevosita zamonaviy tilshunoslik 
bilan uzviy aloqadorlikda o‘rganilishni taqozo etmoqda. Ishga bu tarzda amaliy 
yondashish keyingi yillarda ko‘plab tilshunoslarni qiziqtirib kelayotgan badiiy asar 
tilini lingvistik jihatdan tahlil qilishda kutilgan natijalarni berishi shubhasiz. 
Chunki «lingvistik tahlil – kognitiv tahlilning bir turi, uning ma’lum bir 
ko‘rinishda namoyon bo‘lishidir»
2
.  
O‘zbek tilshunosligida matn tahlili bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan 
lingvopoetikaning alohida yo‘nalish sifatida paydo bo‘lishi va rivojlanishida 
X.Doniyorov, S.Mirzayev, Q.Samadov, I.Qo‘chqortoyev, X.Abdurahmonov, 
N.Mahmudov, B.Umurqulov, I.Mirzayev, S.Karimov, B.Yo‘ldoshev, 
M.Yo‘ldoshev, S.Boymirzayeva kabi olimlarning xizmatlari katta bo‘ldi
3
. Ular 
1
Каримов И.А.Юксак маънавият
-
енгилмас куч.
-
Тошкент: Маънавият, 2008
, 136-137-
бетлар

2
Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик
. – 
Жиззах: Сангзор , 2006, 9
-
бет

3
Дониёров Х., Мирзаев С. Сўз санъати. 
– 
Тошкент,1962
.
Самадов Қ. Ойбекнинг тил маҳорати. 
– 
Тошкент, 
1981.
Қўчқортоев И. Бадиий нутқ стилистикаси. 
– 
Тошкент, 1975
.
Абдураҳмонов Х., Маҳмудов Н.
Сўз 
эстетикаси. 
– 
Тошкент: Фан, 1981
.
Умурқулов Б. Бадиий адабиётда сўз. 
– 
Тошкент: Фан, 1993
.
Мирзаев И. 
Проблемы лингвопоэтической интерпретации стихотворного текста (на материале современной узбекской 
поэзии): Дисс… док.филол.наук. 
– 
Ташкент, 1992
.
Йўлдошев М. Бадиий матннинг лингвопоэтик тадқиқи: 
Филол.фан.док… дисс.автореф. 
– 
Тошкент, 2009.



alohida olingan ijodkorlar asarlarini tili va uslubi, asarlarda qo‘llanilgan 
lingvopoetik vositalarning o‘ziga xos xususiyatlarini maxsus o‘rganib, ko‘zga 
ko‘rinarli ishlarni amalga oshirdilar. 
Hikoyalar tilining badiiyatini ta’minlovchi leksik-stilistik vositalarni 
aniqlash bo‘yicha tadqiqot olib borgan A.Hasanov shunday fikrlarni 
bildiradi:”Individuallik, yagonalik yozuvchining ijod jarayonida so‘z tanlash 
san’ati bilan belgilanadi. Bu o‘z o‘rnida yozuvchining lisoniy shaxsiyatini, ya’ni 
badiiy tafakkurini, shaxsiy idrok tarzini, qolaversa, lisoniy layoqati – lingvistik 
mahoratini namoyon etadi. Ayniqsa, individual uslub tushunchasi biror muallif 
asarlari tilini unga zamondosh ijodkor asarlari tili bilan qiyosiy tadqiq qilinganda 
yanada oydinlashadi. Chunki yozuvchi uslubida san’atkor tomonidan estetik 
jihatdan qo‘llangan barcha til vositalari uning badiiy tafakkuri bilan ichki 
bog‘liqlik asosida birlashadi. 
Badiiy asar tilini o‘rganish keng qamrovli jarayon bo‘lib, nafaqat 
adabiyotshunoslikka oid badiiy g‘oya, fikr, umumiy obrazlilik, individuallik, 
badiiy mahorat, shuningdek, tilshunoslikka oid semiotika, konnotatsiya, 
pragmatika kabi tushunchalarni umumlashtiradi, kognitiv fan sohalari bilan ham 
bog‘lanib, o‘zining tahlil doirasini bilish, tushunish, idrok etish, tahlil qilish, 
lisoniy tafakkur, lisoniy ong, lisoniy faoliyat, lisoniy shaxsiyat kabi tushunchalar 
bilan ham kengaytirib boradi. Ishga mana shu tarzda kompleks yondashish 
lingvopoetika uchun kutilgan natijalarni beradi”
1
.
O‘zbek tilshunosligida keyingi yillarda yaratilgan ishlarga xolisona baho 
berar ekan, professor I.Mirzayevning “so‘z san’ati, til mahorati, badiiy nutq 
stilistikasi, so‘z estetikasi, badiiy adabiyotda
 
so‘z kabi mavzularda yozilgan 
ishlarni lingvopoetik tadqiqotlar sirasiga kiritish maqsadga muvofiq emas. Chunki 
stilistika bilan lingvopoetika batamom boshqa-boshqa fanlardir [Bu haqda 
V.P.Grigoryevning «Poetika slova» (M.: Nauka, 1979) kitobining «Lingvopoetika 
1
Ҳасанов А.А. Абдулла Қаҳҳор ҳикоялари тилининг бадииятини таъминловчи лексик
-
стилистик 
воситалар.Филол.фанлари номз...дисс.автореф.
-
Тошкент,
2010, 8-
бет.


10 
va stilistika» fasliga qarang]. Shuningdek, lingvopoetikani tilshunoslik fanlari 
qatoriga qo‘yish ham to‘g‘ri emas: lingvopoetika tilshunoslik, adabiyotshunoslik 
va shevashunoslik fanlarida erishilgan yutuqlarni matn tahliliga tatbiq etib, 
filologiyaning yaxlitligini ta’minlashni o‘z zimmasiga olgan filologik fandir”
1
degan fikrlari diqqatga molik. 
Olim to‘g‘ri ta’kidlab o‘tganidek, lingvopoetika o‘zbek tili yashirin 
imkoniyatlarini o‘zida namoyon qiluvchi filologik fandir. Til vositalarining 
lingvopoetik imkoniyatlarini aniqlash esa badiiy matnlarga tayanishni, qator shoir 
va yozuvchilar asarlarini tahlil doirasiga tortishni taqozo qiladi. Tilshunoslikda 
badiiy matn lingvopoetikasini o‘rganish bo‘yicha ayrim ishlar yuzaga kelgan 
bo‘lsa-da, iqtidorli shoir Usmon Azim she’riyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari 
tadqiq doirasidan chetda qolib kelmoqda. Shuning uchun Usmon Azim she’riyati 
lingvopoetik xususiyatlarining tadqiqot obyekti sifatida maxsus tahlilga tortilishi
tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilaydi. 

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə