Dolzarb masalalari



Yüklə 68,95 Kb.
səhifə1/7
tarix23.12.2023
ölçüsü68,95 Kb.
#156114
  1   2   3   4   5   6   7
Dolzarb masalalari-www.fayllar.org


Dolzarb masalalari




A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi

FANDAGI YANGILIKLAR, FANNI O‘QITISHNING


DOLZARB MASALALARI”
moduli bo‘yicha 


KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN 
FOYDALANISH 

KIMYO DARSLARIDA XALARO TDQIQOTLAR TOPSHRIQLARIDAN 


FOYDALANISH”


o‘quv kursining
Kimyo fanidan test tuzishga qo‘yiladigan talablar va ularning turlari” 
mavzusidan ma’ruza matni 

Ma’ruzasi: Xasanova Sevara Gʻiyosiddinovna


Toshkent 2021 




1-Mavzu: Kimyo fanidan test tuzishga qo‘yiladigan talablar va ularning 
turlari 
Reja 
1. Ta’lim jarayonida testlardan foydalanishning ahamiyati.
2. Testologiya va oʻquv maqsadlariga mos test topshiriqlarini ishlab chiqish
xususiyatlari
3. Blum taksonomiyasi asosida kimyo fanidan testlar tuzish
Test bu ajratilgan vaqt birligi ichida, barcha uchun bir xil sharoitda tasodifiy
savollar ketma ketligini berish orqali bilimlarni baholashning zamonaviy usuli
xisoblanadi.
Ta’lim jarayonida testlardan foydalanishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
− testning ishonchliligi;
− xatosizligi;
− testning tasodifiy topilishidan ishonchliligi;
− qayta topshirish imkoniyati;
− testning murakkabligi.
Hozirgi vaqtda ixtiyoriy ta’lim muassasasining har bir o‘qituvchisi o‘z
faoliyatida o‘qitadigan fani bo‘yicha o‘quvchilarning bilim darajasini baholash usuli
sifatida test o‘tkazishdan foydalanadi. Buning uchun u ilmiy asoslangan test
topshiriqlarini Davlat ta’lim standartlari yoki Davlat talablariga mos ta’lim dasturi
bo‘yicha ishlab chiqishi zarur. Ta’lim muassasalari o‘qituvchilari zamonaviy
testologiya fani talablariga javob beradigan test topshiriqlarini ishlab chiqishi
uchun maxsus tayyorgarlikni tashkil etish zarur.
O‘qituvchi o‘zining ish faoliyatida test savollaridan samarali foydalanish va
yaxshi natijalarga erishish uchun, o‘tilgan mavzular ma’lumotlari bo‘yicha kundalik
joriy nazorat jarayonida, choraklar yakunidagi oraliq majburiy standart nazorat
jarayonida, yirik boblar asosidagi takrorlash jarayonida, Shuningdek, o‘quv yili
yakunidagi yillik yakuniy nazorat jarayonlarida o‘quvchilarning darslardan olgan
bilimlarini aniqlash va mustahkamlashda qanday testlardan qaysi vaqtda hamda,
qanday usulda foydalanishni oldindan puxta o‘ylab, belgilab olishi kerak.
Shuning uchun o‘qituvchi maktab kimyo kurslarining barcha mavzulari
bo‘yicha tuzilgan yetarli darajadagi test savollari to‘plami yoki “Testlar banki” ga
ega bo‘lish kerak. Kundalik joriy nazorat jarayonlarida o‘tilgan mavzular asosida
tuzilgan testlar orqali navbati bilan har darsda bir necha o‘quvchilarning bilimlarini
tez-tez va takroran sinab borish orqali sinflardagi barcha o‘quvchilarning bilim
saviyalarini orttirib borishga erishish mumkin.
Chunki o‘quvchi birinchi galda javob topa olmagan test savoliga keyingi gal
albatta javob topish uchun izlanadi. Shu tarzda o‘quvchilarning bilimdonlik



darajalari rivojlanib boradi. Zero buyuk bobomiz, qomusiy alloma Abu Rayhon


Beruniy aytganidek: “Bilim- qaytarish va takrorlash mevasidir”. Oraliq va yakuniy
nazoratlar bo‘yicha testlarni tuzishda va ulardan foydalanishda mavzularning eng
muhim ilmiy jihatlariga darslikning g‘oyasi, mohiyati va vazifalariga alohida e’tibor
berish maqsadga muvofiqdir. Turli sinf o‘quvchilari uchun test savollarini tuzish va
ulardan foydalanishda o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasi darajalarini ham
albatta hisobga olish lozim.
Test usulining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘quvchilarning bilim darajasiga va
dars mavzusining mazmuniga qarab testning har xil turlaridan foydalanishga va
ularga doir topshiriqlarni izchil tuza bilishga bog‘liq bo‘ladi. Kimyoni o‘qitishda
testning quyidagi turlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Shuni qayd qilish kerakki,
jami testning 40% ini o‘rtacha o‘qiydigan, 60% ini yaxshi o‘qiydigan, 80% ini
a’lochi va iqtidorli o‘quvchilar, hammasini esa, faqat iqtidorli o‘quvchilargina bajara
oladigan bo‘lishi lozim.
Testologiya va oʻquv maqsadlariga mos test topshiriqlarini ishlab chiqish
xususiyatlari Ta’lim oluvchilarning oʻquvfaoliyatini nazorat qilish va bilimini
xolisona baholash oʻqitishning dolzarb masalalaridan biridir. Rivojlangan
mamlakatlarda ta’lim samaradorligi taraqqiyotining 16 foizi – moddiy-texnik
bazaga, 20 foizi – resurslarga, 64 foizi – inson omiliga bog‘liqekanligi aniqlangan.
Hozirgi kunda talabalarning oʻquvfaoliyatini nazorat qilish hamda 99 baholashda
testlardan keng va samarali foydalaniladi. Test (ingl. test – sinash, tekshirish)
deganda – sinaluvchining ma’lum bir sifatlarining takomillashganligi darajasini,
Shuningdek, uning bilim, koʻnikma va malakalarini aniqlashni sifat va miqdoriy
oʻlchamlarda belgilash imkonini beradigan topshiriqlar tizimi tushuniladi.
Pedagogikada test asosida oʻlchashni oʻrganuvchi fan testologiya (ingl. test – sinash,
logos – fan, bilim, ta’limot) deb ataladi. Testologiya fani psixologiya, sotsiologiya,
pedagogika va boshqa axloqShunoslik fanlarining birlaShuvi natijasida yuzaga
kelib, bilim, koʻnikma va malakalarni obyektiv baholash uchun testlar ishlab chiqish
masalalari bilan Shug‘ullanishga moʻljallangan. Testologiya tarixi XIX asr
psixologiyasiga oid boʻlib, testni birinchilar qatorida ingliz psixologi F.Galton
psixik jarayonlar sohasida insonlar orasidagi individual farqlarni aniqlash
maqsadida qoʻllashga harakat qilgan. Pedagogik test birinchi bor 1864 yilda Buyuk
Britaniyada J.Fisher tomonidan ta’lim oluvchilarning bilim darajasini tekshirish
uchun qoʻllanilgan. 1902-yili E.Torndayk pedagogik testlarning nazariy asoslarini
ishlab chiqqan. XX asrning boshlarida amerikalik olim V.A.Makkoll psixologik va
pedagogik testlarni bir-biridan ajratadi. 1915-1930 yillarda Amerikada milliy dastur
qabul qilindi. Ushbu dasturga koʻra maktabda oʻqitiladigan barcha fanlar
boʻyichatestlarni ishlab chiqish, ulardan ta’lim jarayonida foydalanishning
samarasini sarhisob qilish edi. Ushbu dastur natijalari Amerika ta’lim tizimiga test



nazoratini kirib kelishiga va testologiya fanini taraqqiy etishiga turtki boʻldi. 15


yilga moʻljallangan dasturni amalga oshirish va natijalarini sarhisob qilish uchun
aloxida kompaniya (Educational Testing Service) tuzildi. 1961 yilga kelib AQShda
2000 dan ortiq standart testlar ishlab chiqildi. 15 yilga moʻljallangan dasturdagi
ishlar nihoyasiga yetgach, ushbu milliy kompaniya (Educational Testing Service)
Jahon test kompaniyasiga aylandi. Criterion-Referenced Tests – hozirgi kungacha
dunyo boʻyichaamalda qoʻllanib kelinayotgan oʻquvmaqsadlariga erishganlikni
yoki kompetensiyalarni oʻzlashtirish samarasini bosqichma-bosqich nazorat qilishga
tayanuvchi baholash modeli. 10 0 Shuningdek, G.G.Azgaldov rahbarligida bir guruh
rus olimlari tomonidan kvalimetriya (lot. “qualis” – sifat, yunon. “metreo” -
oʻlchash) – ya’ni muayyan ob’ekt sifatini kompleks va miqdoriy oʻlchash
tushunchasi ham fanga kiritildi. Bugunki kunda kvalimetriya kasbiy bilim, koʻnikma
va malakalar darajasini aniqlashda keng qoʻllanilmoqda. Hozirgi kunda “Tester”,
“My test”, “Ispring”, “MySQL”, “Flash”, “Hot potato” va boshqa Shu kabi
kompyuter dasturlari elektron test yaratish imkonini beradi. Bu pedagoglar uchun
innovatsion yondoshgan holda yangi avlod testlarini tuzishda hamda ularni
qoʻllashda qulaylik yaratadi. Test ishlab chiqish, ularni dasturlashtirish
boʻyichamutaxassislar testolog deb nomlanadi. Ta’lim tizimida innovatsiya sifatida
qabul qilingan reyting nazoratida test usulidan samarali foydalanilmoqda. Test
sinovidan ta’limda nafaqat talabalarning BKMni aniqlash, balki 1993- yildan
boshlab Oʻzbekiston Respublikasida abituriyentlarni oliy oʻquv yurtlariga tanlov
asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda. Soʻnggi
yillarda ilmiy pedagogikada xolisona baholash, og‘zaki va yozma nazorat validligini
oshirish usullari ishlab chiqilgan. Oʻzbekistonda pedagogik testlar birinchi marta
1992- yilda keng miqyosda qoʻllanildi, Shu yili Oʻzbekiston Respublikasining
Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Farmoniga muvofiq tanlab olingan 9 ta oliy
oʻquv yurtlari abituriyentlari uchun test sinovlari oʻtkazildi. Keyinchalik talabalar
bilim doirasini aniqlashning xolisona usuli boʻlgan pedagogik test sinovlari ta’lim
tizimida davlat miqyosida qoʻllab-quvvatlandi. Test bir qator afzalliklarga ega: 1)
nazorat uchun oz vaqt va kam kuch sarflanadi, oson tashkillashtiriladi; 2) bilimlarni
oʻzlashtirish sifati va darajasini obyektiv aniqlash imkoni mavjud; 3) oʻquv materiali
mazmunini toʻliq qamrab oladi; 101 4) bir vaqtda koʻp sonli talabalar nazoratini
tashkil etish mumkin; 5) barcha talabalar uchun bir xil sharoit va imkoniyat
yaratiladi hamda bir xil murakkablikdagi topshiriqlar beriladi; 6) bilim natijalari
oʻqituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshiriladi; 7) test topshiriqlari va uning
natijalarini kompyuter texnologiyalari asosida dasturlashtirish mumkin. Malakali
ravishda tuzilgan pedagogik test xolisona pedagogik oʻlchov vositasi boʻlib, nazorat
olib borayotgan shaxsga bog‘liqboʻlmaydi. Test oʻquvmaterialining barcha asosiy
mohiyatini oʻz ichiga olishi mumkin, ta’lim natijalarini baholashning test usuli



bilimni aniq va toʻg‘ri baholaydi, bunda baholashning koʻrsatkich darajasi oldindan


belgilanadi va hamma talabalar uchun umumiy boʻladi. Test sinovlari keng qamrovli
boʻlib, qisqa vaqt ichida ma’lum bir oʻquvmaterialining (yoki oʻquvfani)
oʻzlashtirilishini umumiy ravishda nazorat qilish imkonini beradi, bunda kuch va
vositalar kam sarflanadi. Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida yuz minglab
abituriyentlarni test sinovlari asosida tanlash qisqa vaqt ichida bir necha soat
davomida amalga oshiriladi, bu esa juda uzoq davom etishi mumkin boʻlgan og‘zaki
va yozma kirish imtihonlaridan voz kechish imkonini berdi. Ammo test sinovlarini
umuman kamchiliklardan xoli, deb boʻlmaydi. Test sinovlarining koʻpgina shakllari
talabani mustaqil ravishda javoblarni tayyorlash, oʻz fikrini yozma yoki og‘zaki
nutqi orqali ifodalash tajribasidan mahrum etadi, pedagog va talaba oʻrtasida jonli
muloqot boʻlmaydi.Bu sinovlarda talabaning psixologik faoliyati «erkin shakldagi»
javoblardan farqlanadi, talabaning individual jihatlari, aql-zakovati, keng
eruditsiyasi, bilimdonligi namoyon boʻlmaydi. Bilimi sinalayotgan shaxs faqat
muqobil javoblar ichidan toʻg‘ri javobni tanlaydi, xolos. Va nihoyat, testlarning
sifatli tuzilishi masalasi, mutaxassis testologlarning yetishmasligi dolzarb muammo
hisoblanadi. Talabalar bilimini tekshirishdan maqsad – ularning oʻzlashtirish
darajasini aniqlashdir.Test nazorati bilimlarni aniqlashda yaxshi natija beradi, lekin
tafakkur jarayonini kuzatishga monelik qiladi, buning uchun boshqa usullardan –
og‘zaki soʻrov, yozma ish, munozaralar, ishlab chiqarish vaziyatlarini taxlil qilish
hamda muloqotlardan 10 2 foydalanish kerak. Lekin Shu bilan birga bilimlarni test
yordamida nazorat qilish ta’lim jarayonini boshqarish imkonini kengaytiradi. Test
sinovini qoʻllash talabalarning amaliy qobiliyati va xotirasini rivojlantiradi. Agar
test sinovi toʻg‘ri tashkil etilsa, u talabalar bilimini xolisona baholash imkonini
beradi, chunki bu baho subyektiv, ya’ni oʻqituvchishaxsiga bog‘liqboʻlmaydi.
Toʻg‘ri bajarilgan test topshiriqlari ma’lum oʻlchov darajasi asosida baholanadi.
Shuning uchun ham test topshiriqlarini aniq va xolisona pedagogik baholash vositasi
deyishadi. Ammo faqat malakali ravishda tuzilgan sifatli, ilmiy talablarga
asoslangan testgina ana Shunday baholash imkonini beradi. Sifatli test mezonlari
quyidagilarda namoyon boʻladi: obyektivlik (xolislik), ishonchlilik (aniqlik),
validlik (lot. “validus” kuchli, sog‘lom, munosib, loyiq, yaroqli). Testlarni
quyidagicha turkumlash mumkin:
• psixologik testlar;
• pedagogik testlar;
• intellektual rivojlanish darajasini aniqlovchi (IQ) testlar;
• muayyan kasbga yaroqlilikni aniqlovchi testlar.
o
Pedagogik test turlari oʻz navbatida quyidagilarga boʻlinadi: A) Oddiy: –
Ochiq (javobli) testlar; - Yopiq (javobsiz) testlar; B) Murakkab: - Koʻp
javobli testlar; – Muvofiqlikka oid testlar; – Ketma-ketlikka oid testlar; –



MSQ testlari; –Grafik testlar; Oʻzlashtirish darajasiga koʻra test turlari


quyidagicha belgilanadi: I-Reproduktiv (oson) testlar – (B.Blum
taksonomiyasiga koʻra bilish kategoriyasi);
o II-Produktiv (oʻrtacha qiyin) testlar – (B.Blum taksonomiyasiga koʻra 103
tushunish, qoʻllash kategoriyasi);
o III-Evristik (qiyin) testlar – (B.Blum taksonomiyasiga koʻra analiz, sintez
kategoriyasi);
o IV-Ijodiy (murakkab) testlar – (B.Blum taksonomiyasiga koʻra baholash,
yaratish kategoriyasi). Reproduktiv (lot. “re” – qayta, “produco” – ishlab
chiqaman) darajadagi test topshiriqlari talabalar tomonidan yodlash asosida
oʻzlashtirilgan bilim, koʻnikma va malakalarni tanish odatiy vaziyatlarda
qayta ishlamagan holda qoʻllash, javob berishni talab etadi. Bu darajada
tuzilgan testlar talabalarning bilim, koʻnikma va malakalarini aniq baholash
imkonini bermaydi.
Produktiv (mahsuldor) darajada tuzilgan test topshiriqlari talabalar tomonidan
oʻrganilgan obyektlarni qiyoslash, oʻxshashlik va farqlarni aniqlash, taqqoslash,
solishtirish, moslashtirish, ajratish, umumiy xulosa chiqarish orqali javob berishni
talab etadi. Evristik (qisman-izlanishli) darajadagi test topshiriqlari talabalar
tomonidan oʻrganilgan obyektlarning xususiyatlarini boshqa obyektga koʻchirish,
mazkur obyektlarni taqqoslab, keyingi obyektning oʻziga xos xususiyatlari haqida
xulosa chiqarish, qisman izlanish olib borishni talab etadi. Mazkur darajadagi test
topshiriqlariga javob berishda talabalar avval oʻzlashtirilgan bilimlarini yangi
vaziyatlarda qoʻllaydilar. Ijodiy (kreativ) darajada tuzilgan test topshiriqlari
talabalar tomonidan ijodiy fikr yuritish koʻnikmalariga ega boʻlish, mazkur test
topshiriqlarini bajarish jarayonida talabalar tomonidan avval oʻzlashtirilgan bilim,
koʻnikma va malakalar yangi, notanish, kutilmagan va nostandart vaziyatlarda
qoʻllash talab etiladi. Yangi pedagogik adabiyotlarda testlarning standart va
nostandart turlari haqida ma’lumot berilgan. Standart testlar testni barcha mezonlar
boʻyicha(natijalarning ishonchliligi, validligi, matematik-statistik usullar)
tekshirilganda ijobiy baholansa unday testlarga standart test maqomi beriladi.
Nostandart testlar barcha mezonlar boʻyichatekshirilmagan va maqomga ega
boʻlmagan testlarga aytiladi. Mazmuniga koʻra testlar quyidagi turlarga boʻlinadi:
• Gomogen testlar bu qiyinchilik darajasi boʻyichaoʻsib boruvchi, 10 4 oʻziga
xos shaklga ega, talabalarning muayyan bilimlar yuzasidan tayyorgarlik darajasi,
bilim, koʻnikma va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish hamda baholashga
moʻljallangan bitta oʻquv kursi boʻyichatuzilgan topshiriqlar tizimi hisoblanadi.
• Geterogen testlar bu qiyinchilik darajasi boʻyichaoʻsib boruvchi, oʻziga xos
shaklga ega, talabalarning muayyan bilimlar yuzasidan tayyorgarlik darajasi, bilim,
koʻnikma va malakalarini sifatli va samarali nazorat qilish hamda baholashga



moʻljallangan bir nechta oʻquv kursi boʻyichatuzilgan topshiriqlar tizimi


hisoblanadi. Noan’anaviy test turlari: 1. Integrativ testlar integral mazmun, shakl,
qiyinchilik darajasi boʻyichaoʻsib boruvchi, talabaning tayyorgarlik darajasi haqida
umumlashgan yakuniy xulosa chiqarishga imkon beradigan, bir-birini toʻldiruvchi
fanlarga oid bilimlar asosida javob berishni talab etuvchi test topshiriqlari
hisoblanadi. 2. Adaptiv testlar avtomatlashtirilgan, talabalarga nisbatan individual
yondoshish imkonini beradigan, topshiriq mazmuni, bajarish tartibi, qoidasi, Shu
topshiriqni bajarish natijasida talabaning egallashi mumkin boʻlgan bali va test
natijalarini umumlashtirish boʻyicha koʻrsatmalardan iborat boʻladi. Adaptiv
testlarning asosiy guruhini piramidali adaptiv testlar tashkil etadi. Qoʻllanish
maqsadiga koʻra: oʻrtacha og‘irlikdagi, talabaning tanlashiga koʻra aralash,
topshiriqlar bankidan faqat qiyin darajali boʻlishi mumkin. Adaptiv testlar ta’lim-
tarbiya jarayonini tashkil etishning modul- kredit paradigmasida muvaffaqiyatli
qoʻllanishi mumkin. Buning uchun pedagog bitta mavzu, bob, boʻlim, kurs mazmuni
boʻyichaturli qiyinchilik darajasidagi bir necha variantli test topshiriqlarini tuzish va
amalda qoʻllash mahoratiga ega boʻlishi lozim. 3. Mezonli-moʻljal olish testlari
talabalarning umumiy tayyorgarlik darajasi, mazkur kursning oʻqitilish sifati,
pedagogning pedagogik mahorati, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini aniqlash,
ya’ni oldindan qoʻyilgan mezonlarni aniqlashga moʻljallab ishlab chiqilgan testlar
hisoblanadi. Test topshiriqlari sifatli ishlab chiqilishi uchun quyidagi didaktik
talablarga javob berishi lozim. 105 1. Oʻquv mazmuni va maqsadlariga muvofiq
boʻlishi.
2. Oʻquv materialining konkret elementlarini oʻzlashtirishni turli xil savollar
bilan nazorat qilish mumkin. Ularning orasida koʻproq darajada ta’limning kutilgan
natijasiga aloqador boʻlganini tanlash kerak.
3. Oʻquv materialining ahamiyatliligi. Test vazifalari sonini chegaralashda
ularning ichiga ushbu oʻquvmavzusini oʻrganishda bilimning eng muhim zarur
elementlarini kiritish maqsadga muvofiqdir.
4. Ilmiy ishonchlilik va aniqlik. Testga faqat ratsional argumentatsiyaga toʻg‘ri
keluvchi obyektiv haqiqiy ma’lumot kiritiladi. Fanda mavjud boʻlgan bahsli nuqtai-
nazarlarni test savollariga kiritish tavsiya etilmaydi.
5. Oʻzlashtirish darajasiga koʻra tabaqalashtirish. Test topshiriqlari oddiy va
murakkab tarzda tuzilishiga koʻra, ularning qiyinchilik darajasi belgilanishi va
baholash Shunga qarab avtomatlashtirilishi zarur. Yangi avlod test dasturlarida
talaba test topshiriqlari darajasini oʻzi tanlash imkoniyatiga ega boʻladi.
6. Muvozanatlilik. Testda vazifalarning umumiy soni kurs boʻlimlari va
mavzulari orasida, ushbu kursni oʻrganishning yakuniy natijasiga urg‘u bergan
holda, ularning ahamiyatiga proporsional qilib taqsimlanishi kerak.



7. Toʻg‘ri javoblarning tasodifiy joylashishi. Test savollarida tanlangan javob


bilan toʻg‘ri javoblarning joylashishi qandaydir qonuniyatlarga boʻysunmasligi
kerak.
8. Notoʻg‘ri javoblarning haqqoniyligi. Notoʻg‘ri, lekin haqqoniy javoblar
amerika test adabiyotlarida distraktor deyiladi (ingl. to distract - chalg‘itish). Test
ishlab chiquvchining qobiliyati, birinchi navbatda, samarali distraktorlarni ishlab
chiqishida namoyon boʻladi.
9. Test topshirig‘ini bajarish boʻyichatoʻg‘ri koʻrsatma berilishi. Sinaluvchiga
har bir test topshirig‘ida u aynan qanday shartni bajarishi va undan nima
kutilayotgani haqida aniq koʻrsatma berilishi zarur.
10. Toʻg‘ri javobda qoʻshimcha belgilarning mavjud boʻlmasligi (ajralib
turmasligi), muqobil javoblarning haqiqatga yaqin, mantiqan toʻg‘riligi, javob
variantlarining bir xil uzunlikda boʻlishi. Malakasiz test tuzuvchi aniqlikka intilib,
toʻg‘ri javobni boshqa javoblardan koʻra uzunroq yoki toʻliqroq bayon qiladi,
notoʻg‘ri javob variantlarini esa qisqa, mantiqan asossiz qilib tuzadi.
11. Til talablari (toʻg‘riligi, ravonligi, aniqligi va bir ma’noliligi). Test
savollarida ikki xil mazmunlilik, noaniqlikka yoʻl qoʻyilmaydi. Sinaluvchining test
savollari ma’nosini ikki xil tushunishi sifatsiz tuzilgan testni bildiradi, bu uning
ishonchsizligi sabablaridan biri hisoblanadi. Test savollarining shartlari va javoblari
tuzilishini tahrir qilish bilan tilning aniqligi va toʻg‘riligiga erishiladi. Bir xil ma’no
– minimum vositalar orqali topshiriq ma’nosining maksimum aniqligiga erishishga
yordam beruvchi soʻzlar, belgilar, grafiklarni qunt bilan tanlanishi ta’minlanadi.
12. Reglament – javob berish uchun vaqtni qat’iy belgilash – javob berish
uchun 2 minutdan ortiq vaqt talab qiluvchi test savollarining qoʻyilmasligi bilan
bog‘liq. Qator chet el testlarining tahliliga koʻra faktlar, terminlarni bilish – 20-25
sek., moslikni aniqlash uchun – 60 sek., farqlash, ajratish, tahlil qilish asosidagi
savollarga – 65 sek., chizma va sxemalarni tushunish uchun 90 sek., shakllar
munosabatini aniqlashga – 90-120 sek. vaqt ajratilishi yetarli boʻlishi koʻrsatilgan.
Joriy nazorat - 10-15 ta savolga 15-20 minut, oraliq nazorat - 25-30 ta savolga 30-
40 minut, yakuniy nazorat - 50 ta savolga 1 soat vaqt ajratilishi maqsadga
muvofiqdir.
13. Ixchamlik. Test topshiriqlariga katta matnlarni, uzun ta’riflangan iboralarni
kiritish notoʻg‘ri hisoblanadi. Test savollari va muqobil javoblar aniq, qisqa va
loʻnda qilib tuzilishi zarur.



Yüklə 68,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə