Dots. M xusainov " " y



Yüklə 348,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix24.12.2023
ölçüsü348,75 Kb.
#160018
  1   2   3   4   5   6   7
cd5f6de2-2dd4-4a21-ab2f-e38ae3e0185b



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
NAMANGAN MUHANDISLIK-PEDAGOGIKA INSTITUTI 
Texnologiya fakulьteti 
«Mashinasozlik texnologiyasi» kafedrasi 
Ekspert ruxsati 
__________
___________________________ 
“_______”_____________20__ y. 
«Ximoyaga ruxsat» 
Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi 
mudiri 
__________ dots. K.Abdullaev 
“_____”__________20 __ y. 
BITIRUV MALAKAVIY ISHI BO’YICHA 
TUSHUNTIRUV YOZUVI 
Bitiruv malakaviy ishi loyi’asining mavzusi: KXK larida “Metall kesish 
dastgoxlari”fanidan “Tokarlik revolver va tokarlik vint qirqish dastgohlari”mavzusini 
o’tishda ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llab talabalar bilimini oshirish metodikasini 
ishlab chiqish.
Bitiruvchi: 5520600-Mashinasozlik texnologiyasi, jixozlari va mashinasozlik 
ishlab chiqarishini avtomatlashtirish yo’nalishining 
36-KTMT gurux talabasi: 
________________ 
imzo 
Goziev Jamshid 
Bitiruv malakaviy ishi
ra’bari: 
________________ 
imzo
dots B Qodirov 
Masla’atchilar: 
________________ 
imzo
____________________________________________
Bitiruv malakaviy ishi taqrizga yuborilgan vaqti: «_______» _______________ 201 yil
Taqriz qilingan vaqt:
«_______»_______________



NAMANGAN MU’ANDISLIK-PEDAGOGIKA INSTITUTI 
Texnologiya fakulьteti 
«TASDIQLAYMAN» 
Texnologiya fakulьteti dekani 
___________ dots. M Xusainov
“_______” ______________ y. 
Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi 
BITIRUV MALAKAVIY ISHINI BAJARISH BO’YICHA 
T O P S H I R I Q
G’oziev Jamshid
1. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi:KXK larida “Metall kesish dastgoxlari” fanidan
“Tokarlik revolver va tokarlik vint qirqish dastgohlari”mavzusini o’tishda ilg’or 
pedagogik texnologiyalarni qo’llab talabalar bilimini oshirish metodikasini ishlab chiqish.
 
 
Institut bo’yicha yil dekabrdagi № _ -T sonli buyruq bilan tasdiqlangan.
 
2. Bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun maolumotlar: I A Karimov” Uzbekiston 
mustaqillika erishish ostonasida”Toshkent.O’zbekiston.2011. 
I Karimov.2011 yilning yakunlari va 2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy –iqtisodiy 
rivojlantirishni ustivor yo’nalishlari.Vazirlar maxkamasini yig’ilishidagi ma’ruzasi.Xalq 
so’zi №14.2012 yil. Mashinasozlik texnologiyasiga oid darslik va uquv qo’llanmalar.
a) Umumiy qismi bo’yicha: Mavzuning dolzarbligi va fanning vazifalari. 
Materialshunoslik” fanining axamiyati.Bitiruv malaka ishini asoslash.
Asosiy qism bo’yicha.Kasb-hunar kollejlarida o’quv jarayonini tashkil etish. 
Dars rejasi. Mavzuning strukturali-mantikiy sxemasi. Darsning tashkil kilish . 
Mavzuni ukitish metodlari va ularni taxlili.Ko’rgazmali materiallar. 
Didaktik materiallar va ular yordamida o’kitish natijalarini baxolash. 
e) Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: I A Karimov” Uzbekiston mustaqillika erishish 
ostonasida”Toshkent.O’zbekiston.2011. 
I Karimov.2011 yilning yakunlari va 2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy –iqtisodiy 
rivojlantirishni ustivor yo’nalishlari.Vazirlar maxkamasini yig’ilishidagi ma’ruzasi.Xalq 
so’zi №14.2012 yil. 
Kenjaboev SH va Abdullaev K.Frezalovchi uchun ma’lumotnoma. 
Toshkent.O’zbekiston.2001 
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risi» dagi qonuni.-T.: SHarq, 1997 
Oliy taolim Me’yoriy xujjatlar to’plami. SHarq, 2001 
Ilg’or pedagogik texnologiyalar. OUMMMI, T, 1999 



Farberman B.L. va boshqalar. Oliy o’quv yurtlarida o’qitishning zamonaviy usullari.-T, 
2002 
Otaboev I. A Tokarlik ishlari o’quv amaliyotini modulli o’qitish texnologiyasi. O’quv 
qo’llanma., "Sano -standart " - Toshkent, 2012 
4. Bitiruv malakaviy ishining chizmalari ro’yxati (A2 formatda 6 ta list): 
a) Dars rejasi taxminiy taqvimi. 
b) Mavzuning strukturali-mantikiy sxemasi. 
v) Darsning tashkil kilish . 
g) Mavzuni ukitish metodlari va ularni taxlili. 
2.5. Kurgazmali materiallar. 
5. Bitiruv malakaviy ishini qismlari bo’yicha maslahatchilar:
T/r 
Bitiruv 
malakaviy 
ishining qismlari 
Boshlanish 
muddati 
Tugallanish 
muddati 
imzo 
Maslahatchining 
familiyasi 

Mehnat-
muhofazasi qismi


Izo’: Bitiruv malakaviy ishining rahbarining taklifiga binoan, mutaxassis chiqaruvchi 
kafedra loyihaga rahbarlik qilishga ajratilgan vaqt limiti hisobidan loyihaning ayrim 
bo’limlari bo’yicha maslahatchilarni taklif etishi mumkin. 
6. Topshiriq berilgan sana__________________________________________ 
7. Tugallangan bitiruv malakaviy ishini topshirish sanasi ___________________ 
Bitiruv malakaviy ishi
rahbari 
B Qodirov 
________________ 
imzo
Topshiriq bajarish uchun 
qabul qilindi 
J Goziev 
________________ 
imzo
Kafedra mudiri 
dots. K.Abdullaev 
_______________ 
imzo



Mundarija 
O’quv jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish 
1.1. Metal kesuvchi dastgoxlar”fanining axamiyati.............................................7 
1.2. Bitiruv malaka ishini asoslash…...................................................………8 
1.3 O’qitish metodlarini zamonaviy usullari taxlili..................................... 9 
Interfaol metodlardan foydalanib–«Tokarlik vint qirqish va tokarlik revolver dastgoxlari 
mavzusini o’qtish metodikasini ishlab chiqish 
2.1 Tokarlik vint qirqish va tokarlik revolver dastgoxlari » mavzusini nazariy 
asoslari……………………………………………………………………………17 
2.2 «Tokarlik vint qirqish va tokarlik revolver dastgoxlari » mavzusini ng materiallarini 
bildirishning metodik usullari ...........................................24. 
2.3Tokarlik vint qirqish va tokarlik revolьver dastgoxlari mavzusi uchun metodik 
ishlanma .........................................................................................................33 
Xulosa .........................................................................................................................36 
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati…………………………………......................37 
Ilova .............................................................................................................................38 



Kirish 
O’zbekiston Respublikasi inson xuquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, 
jamiyatning ma`naviy yangilanishini, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirishni, jaxon xamjamiyatiga qo’shilishini ta`minlaydigan demokratik xuquqiy 
davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Inson, uning xar tomonlama kamol topishi 
va farovonligi, shaxs manfaatlarini ruyobga chiqarishni sharoitlarini va ta`sirchan 
mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini
o’zgartirish respublikamizda amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy maqsadi va 
xarakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy itelektual merosi va umumbashariy qadriyatlar 
asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va psixologiyalarning yutuqlari 
asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston 
Respublikasi taraqqiyotining muxim shartidir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta`lim to’g’risida» gi O’zbekiston 
Respublikasi qonuning qoidalariga muvofiq xolda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning 
taxlili va ta`lim tizimidagi jaxon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan xamda yuksak 
umumiy va kasb-xunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy xayotga 
mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish maxoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini 
ilgari surish va xal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgan. 
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ruyobga chiqarishni xar tomonlama kamol 
topgan jamiyatga turmushga moslashgan ta`lim va kasb-xunar dasturlarini ongli ravishda 
tanlash va keyinchalik puxta o’zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, xuquqiy, psixologik-
pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishn, jamiyat, davlat va oila oldida o’z 
javobgarligini xis etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi. 
Bunday kadrlar Oliy ta`lim tizimini ikki bosqichida-bakalavriatura va 
magistraturada tayyorlanadi. Bakalavriat dasturi tugagandan so’ng bitiruvchilar Davlat 
attestatsiyasi yakuniga binoan kasb bo’yicha «bakalavr» darajasi beriladi. Buning uchun 
talabalar o’qish davrini yakunida «Bitiruv malaka ishi» bajaradilar. 
Malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Mamlakatimizda sog’lom va barkamol 
avlodni tarbiyalash, yoshlarning o’z ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishi, 
mamlakatimiz yoshlarini XXI – asr talablariga to’liq javob beradigan har tomonlama 
rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart – sharoitlar va imkoniyatlarni 
yaratish bo’yicha keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Muhandis – pedagoglarning 
malakasini baholashda institutni bitirishdagi so’nggi bosqich, ya`ni bitiruv malakaviy 
ishini bajarish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun KXKlarda Metall kesuvchi 
dastgohlar “Tokarlik vint qirqish dastgoxlari va revolver tokarlik dastgoxlari” mavzusini 
interfaol usulda o’qitishda talabalar faolligini oshirish yullari mavzusini dolzarb 
masalalardan biridir. 
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi. KXKlarda Metall kesuvchi dastgoxlar fanidan 
“Tokarlik vint qirqish dastgoxlari va revolver tokarlik dastgoxlari” mavzusini interfaol 
usulda o’qitishda talabalar faolligini oshirish yullari
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi. KXKlarda Metallar texnologiyasi 
fanidan “Plastik massalar va rezina” mavzusini interfaol usulda o’qitishda talabalar 
faolligini oshirishdan iboratdir. 



Amaliy ahamiyati. KXKlarda Metall kesuvchi dastgohlar “Tokarlik vint qirqish 
dastgoxlari va revolver tokarlik dastgoxlari”mustaqil fikrlash qobiliyati oshadi, 
polimerlarni olish usullari ,tuzilishi, ishlatish soxalari,vazifasi haqida to’liq tasavvurga ega 
bo’ladilar.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi, kirish, umumiy qism, texnologik qism, 
metodik qism, malakaviy ishning samaradorligi, hayot faoliyati havfsizligi, xulosa va 
foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.



1.1. Metal kesuvchi dastgoxlar”fanining axamiyati 
Mazkur “Metall kesuvchi dastgohlar” fani 5520600 “Mashinasozlik texnologiyasi, 
mashinasozlik ishlab chiqarish jihozlari va ularni avtomatlashtirish “ta’lim yo’nalishining 
3520605 Metall kesuvchi dastgohlar mutaxassiligi maxsus fanlaar blokiga kiritilgan. 
“Metall kesuvchi dastgohlar” faniga ajratilgan dars soatlari miqdori 80 soatdan 
iborat bo’lib, 20 soat nazariy, 44 soat amaliy mashg’ulotlar va 16 soat labaratoriya 
ishlariga ajratilgan. 
«Metall kesuvchi dastgohlar» mutaxassisligining o’quv rejasiga kiritilgan metall 
kesuvchi dastgohlar fanining asosiy maqsadi, o’quvchilarda Davlat ta’lim standartida 
belgilangan, quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat: 

Metall kesuchi dastgohlar to’g’risida umumiy tushunchalarni bilish; 

Metall kesuchi dastgohlardagi mavjud harakatlarni bilish; 

Dastgohlar kinematikasini va ular elementlarining shartli belgilarini bilish; 

Dastgohlar kinematik zanjirlarini uzatish nisbatlarini aniqlay olish; 

Dastgohlar mexanizmlarining aylanish chastotasi va burovchi momentlarini 
hisoblash; 

Dastgohlarda shpindelning aylanish tezliklari sonlari va surish qatorlarini 
aniqlash; 

Dastgohlarning turdosh detallari va mexanizmlarini bilish; 

Dastgohlarning elektr jihozlari va qurilmalarini bilish; 

Dastgohlarning gidravlik qurilmalarini bilish; 

Dastgohlarni avtomatik boshqarish elementlarini bilish 

Tokarlik vintqirqish dastgohlarining vazifasi, tuzilishi va ularda ishlatiladigan 
moslamalarni bilish; 

Tokarlik vintqirqish dastgohlarni sozlash; 

Metall kesuvchi dastgohlarning vazifasi, tuzilishi va ularda ishlatiladigan 
moslamalarni bilish va ularni sozlash; 

Agregat dastgohlar, avtomatik tizimlarning vazifasi, tuzilishi va ularda 
ishlatiladigan moslamalarni bilish va ularni sozlash; 

Raqamli dasturli boshqariladigan (RDB) dastgohlarning vazifasi, tuzilishi va 
ularda ishlatiladigan moslamalarni bilish va ularni sozlash; 

Dastgohlarni fundamentga o’rnatish, mahkamlash, sinovdan o’tkazish va 
ularning aniqligini tekshirish. 
O’quvchilar fanni o’zlashtirishlarida matematika, fizika, kimyo, texnikaviy 
chizmachilik va texnik mexanika fanlaridan olingan bilimlariga asoslangan bo’lib, 
«Materiallarga ishlov berish texnologiyasi asoslari», «Mashinasozlik texnologiyasi», 
«Metallar kesuvchi dastgohlar», «Tokarlik dastgohlarida metallarga ishlov berish 
texnologiyasi», «Frezerlash va parmalash dastgohlarida metallarga ishlov berish 
texnologiyasi», «Raqamli - dasturli boshqariladigan dastgohlarda metallarga ishlov berish 
texnologiyasi» kabi mutaxassislik fanlarini o’zlashtirishda hamda ishlab chiqarish 
texnologik amaliyotlariga asos bo’ladi. 
Ushbu fanni o’qitishda an’anaviy dars berish usullari bilan bir qatorda noan’anaviy, 
o’quvchilar faolligini oshiradigan uslublar, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan 
foydalanib nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tkazish tavsiya etiladi.



O’quvchilarning nazariy bilimlari reyting tizimi yordamida, baholashning 
turli usullarini qo’llagan holda baholanadi. O’quvchilarning kasbiy ko’nikmalari esa o’quv 
xonasi, laboratoriya va ustaxonalarda bajariladigan amaliy topshiriqlarni kuzatish va ular 
bo’yicha yozilgan hisobotlar va qilingan taqdimotlar asosida baholanadi.
Fanning o’qtishda kamida bakalavr darajasiga ega bo’lgan, mazkur fan bo’yicha 
yetarli darajadagi bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lgan va fanni o’qitish metodikasini 
puxta egallagan bo’lishi kerak.
1.2. Bitiruv malaka ishini asoslash 
Xozirgi kunda kasb-hunar kollejlarida talbalarga dars mashg’ulotlarni o’tkazish 
uchun o’quv qurollari va kasbiy fanlardan adabiyotlar ta’minoti talab darajasida emas. 
SHuning uchun kasb-hunar kollejlarida yaratilayotgan adabiyotlarning yangi avlodi, kasb-
hunar kollejlarini ta’lim standartlari talablariga to’la javob berishi lozim bo’lgan 
adabiyotlar yaratish kerak. 
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim tug’risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi» da belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muhandis-pedagoglarning 
oldiga ko’yilayotgan vazifalar hamda ularni bajarishda katta muhim rol o’ynaydi. 
Bundan tashqari respublikamizda amalga oshirilayotgan «Ta’lim islohotlari» ni aks 
ettirish lozim, yaratilayotgan adabiyotlar va o’quv qo’llanmalari nafaqat talabalar 
auditoriyasi uchun, balki, o’qituvchilar uchun ham mo’ljallangan bo’lishi lozim, ya’ni 
o’qituvchilar uchun mavzularni va mashg’ulotlarni o’tishda lozim bo’lgan ilg’or uslubiy 
ko’rsatmalar ham keltirilgan bo’lishi kerak. 
«Metallarga ishlov berish»mutaxasissligi kasbi bo’yicha «Mashinasozlik 
texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishi va ularni avtomatlashtirish» ta’lim 
yo’nalishining «Materialshunoslik» fani kasbiy fanlardan biri hisoblanib, kasbiy 
ko’nikmalar va bilimlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda o’zbek tilida «Metalshunoslik» fani bo’yicha I Nosir qo’l ostida 
“Materialshunoslik”,I 
Usmonov 
tomonidan 
“Metal 
kesish 
nazariyasi”,G 
Mirboboev”Konstruktsion materiallar texnologiyasi”darsliklari mavjud bo’lib, bu 
adabiyotda asosan metallar ishlab chiqarish,ularni kesib ishlash va termik ishlav berish 
xakida bayon etilgan. Bundan tashqari bu adabiyotlar KXK o’quvchilari uchun 
yozilmagan va plastik massalar va rezina mavzusi qisqa bayon etilgan.
Kasb-hunar kollejlari o’quvchilari uchun xam tayyorlangan polimerlarga oid 
darsliklar talab darajasida deb bo’lmaydi. Kasb-hunar kollejlaridagi bu muammolarni 
yechish maqsadida tayanch oliy o’quv yurtlari qoshida o’qituvchilarni malakasini oshirish
kurslari va bo’limlari lar xam tashkil etildi. Bunday bo’limlarni tashkil etish kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturini sifat bosqichini vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan 
muhim qadamlardan biridir.
Kasb-hunar kollejlarining pedagoglari ta’lim standartlari, o’quv rejalari va fanning 
namunaviy dasturi asosida fanning har bir mavzusiga bag’ishlangan dars mashg’ulotlarini 
aniq maqsadlar asosida rejalash malakasiga ega bo’lishi lozim.
Har bir fanni namunaviy va ishchi dasturlari asosida har bir mavzuga bag’ishlangan 
dars mashg’ulotlarini olib borish jarayonini loyihalamasdan ta’lim jarayonini sifatini 
oshirishni tasavvur qilish mushkul. 
Dars jarayonini loyihalash, ya’ni soddaroq qilib aytganda rejalashtirish, bu mavjud 
adabiyotlar, ilmiy texnik jurnallar va axborotlarda mavzuniolib borishning, o’quv jihozlari, 



o’qitish vositalari, ko’rgazmali qurollar yordamida o’quv va ta’lim maqsadlariga erishishni 
eng samarali yo’llaridan biridir. 
KXKlarda Metall kesuvchi dastgohlar “Tokarlik vint qirqish dastgoxlari va revolver 
tokarlik dastgoxlari”bag’ishlangan ko’plab anjumanlar, o’quv kurslari tashkil etilib, ushbu 
anjumanlar materiallari asosida uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqilmoqda va ta’lim 
jarayonida keng ko’lamda foydalanilmoqda. Jumladan materialshunoslik fanlaridan 
ma’ruzalar matni, o’quv qo’llanmalar va adabiyotlarni yaratish bo’yicha uslubiy ko’rsatma 
va qo’llanmalar ishlab chiqildi. Biroq bunday qo’llanma va ko’rsatmalarda nometall 
materiallarni o’ziga xos tomonlari yetarli darajada ochib berilmagan va hisobga 
olinmagan. 
Bitiruv malaka ishining asosiy maqsadi KXKlarda Metallar texnologiyasi fanidan 
“KXKlarda Metall kesuvchi dastgohlar “Tokarlik vint qirqish dastgoxlari va revolver 
tokarlik dastgoxlari”” mavzusini interfaol usulda o’qitishda talabalar faolligini oshirish 
mavzusi bo’lib, yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarishda bir kichik qadam bo’lib 
hisoblanadi deb o’ylaymiz.
KXKlarda Metall kesuvchi dastgohlar “Tokarlik vint qirqish dastgoxlari va revolver 
tokarlik dastgoxlari”mavzusini interfaol usulda o’qitishda talabalar faolligini oshirish» 
mavzusi « Materialshunoslik» faniga tegishlidir. Bu fan metallarga ishlov berish 
dastgoxlarini o’rganuvchi kichik mutaxasisslar tayyorlashda asosiy kasbiy fanlardan biri 
bo’lib hisoblanadi. Ushbu fanni o’qish jarayonida o’quvchilar plastik massalar va rezina 
materiallarini turlari,ulardan maxsulot ishlab chiqarish,metallar o’rnini bosuvchi turlarini 
bilishi va ishlatish asosida ishlab chiqish bo’yicha bilim va ko’nikmalarni egallaydilar.
Mavzuning asosiy maqsadi « KXKlarda Metall kesuvchi dastgohlar “Tokarlik vint 
qirqish dastgoxlari va revolver tokarlik dastgoxlari”» mavzusi yuqorida keltirilgan 
vazifalarni bajarishda bir kichik qadam bo’lib hisoblanadi deb o’ylaymiz.
SHuning uchun Respublikamizda “CHust Plast”,UzCHasis,Andijon o’tirgichlar korxonasi 
va boshqalarni keltirish mumkin. 
1.3 «Tokarlik vint qirqish va tokarlik revolver dastgoxlari » mavzusini ng 
materiallarini bildirishning metodik usullari
Tanqidiy fikrlashning faol metodlarini ishlab chiqishda quyidagi asoslardan kelib 
chiqadilar: Fikrlash-o’qish, yozish, so’zlash va eshitishga o’xshash jarayon. U faol, 
muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, o’zida biror haqiqat to’g’risidagi fikrlarni qamrab 
oladi. 
Bu tadqiqotlarlarning asosiy natijalari: 
1. Samarali va muttasil o’rganish asosida o’quvchilarning axborotlarni o’zlashtirish, 
sintezlash va ularni to’la egallash faolligi yotadi. O’rganish jarayoni fikrlash faoliyatini 
rivojlantirishning turli tuman strategiyalaridan foydalangindangina muvaffaqiyatliroq 
bo’ladi. Bunday strategiya o’rganish jarayonini yanada onglilashtiradi.
1.O’rganish va tanqidiy fikrlash o’quvchilarning aniq vazifalarga nisbatan yangi 
bilimlarni qo’llash imkoniyatlariga ega bo’lgan taqdirda rivojlanadi (Resnik,1987). 
2.O’rganish o’quvchilarning oldingi bilimlari, tajribalariga tayangandagina 
mustahkamlanadi. Bular o’quvchilarning bilgan bilimlarini yangi axborotlar bilan bog’lish 
imkoniyatini beradi (Ros,1990). 


10 
3.Tanqidiy fikrlash va o’rganish g’oya va tajribalarning turli-tumanligini 
pedagoglar tushingan va qadrlagan vaqtidagina amalga oshadi. Tanqidiy fikrlash «yakkayu 
yagona to’g’ri javob»ni qabul qiladigan mentalitet jarayonida yuz bermaydi. 
Tanqidiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish. 
Tanqidiy fikrlashning rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida 
tugallangan va esdan chiqarilgan vazifa ham emas. SHu bilan birga tanqidiy fikrlashga 
olib boradigan tugallangan yo’l ham yo’q. 
Lekin tanqidiy fikrlovchilarning shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o’quv 
sharoitlari to’plami mavjud. Uning uchun:
Tanqidiy fikrlash tajribisini egallash uchun vaqt va imkoniyat berish. 
-
o’quvchilarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish; 
-
turli-tuman g’oya va fikrlarni qabul qilish; 
-
o’quvchilarning o’quv jarayonidagi faolligini ta’minlash; 
-
o’quvchilarning kalgiga qolmaslikka ishontirish kerak; 
-
har bir o’quvchining tinqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga 
o’zlarida ishonch hissini o’yg’otish 
-
tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim. 
SHu munosabat bilan o’quvchilar: 
-
o’ziga ishonch orttirish va o’z fikri hamda g’oyalarining qadrini tushunish; 
-
o’quv jarayonida faol ishtirok etish; 
-
turlicha fikrlarni e’tibor bilan tinglash; 
-
o’z hukmlarini shakllantirishga hamda undan qaytishga tayyor turishi lozim. 
Vaqt. Tanqidiy fikrlash vaqt talab qiladi. 
Pirson, Xansen, Gordonlar ta’kidlashdiki, o’z fikrlarini ijod qilish go’yo avvalgi 
g’oya, tasavvur, uchrashuvlar va tajribalarni arxeologik jihatidan tadqiq qilishga olib 
keladi. SHuning uchun ham: 
-
fikrlarni o’z so’zlari bilan ifodalash; 
-
o’zaro tanqidiy fikrlar almashish; 
-
o’z g’oyalarini ifodalay olish va konstruktiv takliflarga javob ola bilish; 
-
fikrlarni muayyan g’oyalar qiyofasida, muhitda amalga oshira olish va o’z 
g’oyalarini to’la va aniq ifodalay olish. 
Izn. Tanqidiy fikrlashda erkinlik bo’lishi uchun o’quvchilar ma’qul va noma’qul 
narsalarni aytish, ular haqida fikrlash, ijod qilish uchun ruxsat olishlari lozim. O’quvchilar 
yo’l qo’yilgan holatlarni anglab olishgach, tanqiday tahlil qilishga faol kirishadilar. 
Tanqidiy tahlilga izn olish onglilik tamoyiliga asoslanadi. Bundan tahlil va haddan 
oshish orasidagi farq aniqlab berilishi lozim. Tanqidiy fikrlashga izn fikrlash uchun 
chinakam maqsad bo’lgan do’stona hamda samarali sharoitda beriladi. 
Rang-barnglik. O’quvchilarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va g’oyalar paydo 
bo’ladi. 
Rang-barang fikr va g’oyalar yakkayu-yagona javob mavjudligi haqidagi tasavvur 
bartaraf qilingan chog’dagina yuzaga keladi. Fikrlarni ifoda qilish chegaralanganda 
o’quvchilarning fikrlashiga chek qo’yiladi. Faqat birgina javob mavjud bo’lgan taqdirda 
xilma-xil vosita va jarayonlardan foydalanish joizki, uning yordamida o’quvchilar ana shu 
javobni topa olsin. 
Faollik. Tanqidiy fikrlash o’quvchilarning faolligi bilan bevosita bog’langan. 
Odatda, o’quvchilar sustkash tinglovchilar bo’lishadi, chunki ularda o’qitavchi bilimli 
yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli ularning bilimlari o’qituvchi mas’ul 


11 
degan ishonch shakllanib qolgan. O’quv jarayonidagi o’quvchilarning faol ishtiroki va 
o’qishlariga o’zlarining mas’ul ekanligiga tayyorligi tanqidiy fikrlashda kutilgan 
natijalarni beradi. O’quvchilarning fikr yuritishga, o’z g’oyalari va fikrlari bilan o’zaro 
o’rtoqlashishga da’vat etish kabi pedpgogik yondashuv ularning faolligini o’stiradi. 
Mixail CHikjent ta’kidlaydiki, o’quvchilar o’sha murakkab darajadagi o’quv 
jarayonida faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida qatnashganligidan katta bahra oladilar va 
o’zlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar. 
Tavvalkalchilik. Erkin fikrlilik tavakkalchilikka asaoslanadi. Uning bilim faoliyatida 
qo’rqmay tavakkal qiluvchi insonlarni rag’batlantirib turish jiozdir. Fikrlash jarayonida 
«ahmoqona g’oyalar» aql bilan tuzilmagan birikma va tushunchalar ilgari surilgan holatlar 
ham bo’lishi mumkin. O’qituvchi buni o’quv jarayonining tabiiy holati sifatida 
o’quvchilarga tushintirishi lozim.
O’quvchilarning tavakkaldan holi bo’lgan, ya’ni g’oyalar qadrlangan, 
o’quvchilarning fikrlash faoliyatida faol ishtirokini yuqori motivatsiyalash imkoni bo’lgan 
muhitda o’ylash lozimligiga ishonch hosil qilishi zarur. 
Qadrlash. Tanqidiy fikrlashning omillaridan biri o’quvchilarning fikrlash jarayonini 
qadrlashdir. Tashkil etilgan fikrlash jarayonida o’quvchilar o’z g’oyalari, tasavvurlarining 
o’qituvchi tomonidan qadrlanayotganini tushungan holda chuqur mas’uliyat va e’tibor 
yarasha javob qaytaradilar. 
O’quvchilarning o’z fikrlash jarayonini qadrlash namoyish qilishga harakat 
qiladilar, unga va oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo’la boshlaydilar. 
Qimmatlilik. Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida o’quvchi ularning fikrlari, 
o’z tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur. 
O’qituvchi o’quvchilardan muayyan materialni shunchaki qayta ishlashni talab qilganda 
tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo’lishi lozim. Bu esa o’quvchilarda o’zgalar 
g’oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish eng muhim va qimmatli ekanligiga 
ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida o’quvchilarga o’z fikri, o’ziga taalluqli bo’lgan 
g’oya va tasavvurlar qimmatli ekanligini ko’rsata olishi zarur. O’quvchilarning o’zlari 
ham o’z fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari zarur. Ular o’z 
fikrining tushuncha va masalani muhokama qilish jarayonida o’ta muhim, shuningdek, 
katta hissa bo’lib hisoblanishini tan olishlari kerak. 
O’zaro fikr olishuv. Fikrlash jarayoni o’quvchilarning o’zaro fikr olishuvini ko’zda 
tutadi. O’quvchilarning o’zaro fikr olishishi ularning bir-biridan o’rganishdagi 
o’rtoqchiligiga asos soladi. O’quvchilardan fikrlovchi sifatida o’zlarida bo’lgan yirik fikr 
va oddiy xatoga bo’lgan qobiliyatlarini boshqalarga ochib berish talab etiladi. 
O’zaro fikr olishishda o’quvchilardan diqqat bilan tinglash,. O’zining qarashlar 
tizimini so’zlovchiga zo’rlab o’tkazish va boshqa so’zlovchilarni tuzatib turishdan o’zini 
tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban o’quvchilar boshqalarning yalpi fikrlaridan 
foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Keng doiradagi munozalar oqibatida o’laroq 
o’quvchilar o’zlariga tegishli bo’lgan g’oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga tajribalarida 
yaratgan g’oyalari tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda uni 
o’tkazishning bir necha modellari mavjud. Ular: 
-
o’ziga ishonch hosil qilish; 
-
ishda faol ishtirok etish; 


12 
-
o’rtoqlar va o’qituvchi bilan fikr olishish; 
-
o’zgalar fikrini tinglay olish. 
Tanqidiy fikrlashni ta’minlovchi savollar. Tanqidiy fikrlash jarayonida axborotni 
tahlil qilish va izohlash,. g’oyalarini tahlil qilish, o’rganilayotgan hikoyalarni o’z taxminiy 
rejalari bilan qayta tuzib chiqishga qaratilgan savollardan foydalaniladi. Qo’llanmada 
tahlil qilinayotgan bu masalalar Senders ifodalari va Blum tizimli savollaridan olinadi. Bu 
savollar turli sathdagi qiyinchilikda fikrlashning turli ko’rinishlarini ta’minlashda vosita 
bo’lib xizmat qiladi. Eslab qolishga xizmat qiladigan savollar yoki formal sathdagi 
savollar quyi sathdagi savollar taalluqlidir. Baholash yoki hukm chiqarish beriladigan 
savollar fikrlashni ta’minlaydigan ikkinchi sathdagi savollar sifatida qaraladi. 
Formal sath savollari faktologik axborotlar maqsadida beriladi. Ularning faqat 
mexanik eslashni va o’quvchilarda yaxshi javob berish uchun qisqa muddatda ma’lum 
predmetlar bo’yicha bilim qismlari (fragment)ning talab qiladi. 
Axborotlarni bir shakldan ikkinchi shaklga ko’chirish o’quvchilardan uni 
ko’chim(tranformatsiya) qilish talab qilinadi. Ko’chirish savollari o’quvchilarga 
o’rganayotgan, tavsiflangan va ko’rgan vaziyatlari, sahnalari va voqealarini o’zlari 
namoyish eta olishlari uchun beriladi. Ko’chirish savollari o’quvchilarni axborotlarni 
qayta ishlash yoki boshqa shakllarga ko’chim qilishga ilhomlantiradi. O’quvchilarga 
sezish, ko’rish(sensor) tajribasini yaratish,. SHundan so’ng esa boshqalar o’z ko’rganlarini 
yetkazish uchun uni e’lon qilish zarur. Bu fikrlashga tortishning faol ijodiy jarayonidir. 
Talablarga g’oyalar, faktlar,. qaydlar va qadriyatlar orasidagi bog’lanishlarni ochish 
uchun izohlashga qaratilgan savollar beriladi. Sendrs izohlashga qaratilgan savollarga 
nisbatan yuqori darajadagi fikrlashni talab qiladigan tayanch savollar deb qaraydi
boshqalari esa (Vogn va Estes) tushunishning o’zgina izohlashdir, deb hisoblaydilar. 
Tadbiq qilishga qaratilgan savollar o’qish(talaffuz) jarayoni yoki o’rganish 
tajribasida uchraydigan mantiq muammolarini yechish va chuqur o’rganish uchun 
imkoniyat beradi. 
Tahlil etishga qaratilgan savollar yangicha fikrlash asosida ijodiy muammolarini hal 
qilishga da’vat etadi. Sintez savollari o’quvchilarga o’zining barcha bilim va tajribalarini 
muammoning ijodiy yechilishida foydalanishga imkon beradi. Sintez savollari muqobil 
stsenariylar yaratishni ham taqozo qilishi mumkin. 
Baholash savollari yaxshi va yomon, adolatli va adolatsizlik to’g’risida hukm 
chiqarish uchun beriladi. 
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish mualliflari fikrlash jarayonini tashkil etishda idrok 
qilishning 4 tipini farqlaydilar: 
Yaxlitligicha idrok etish. Mavzu yoki fan to’g’risidagi umumiy bilim beradigan 
idrokning shaklidir. 
Izohli idrok etish. Bu Blum izohlari darajasiga aylandir. Idrokning bu tipida 
o’quvchi g’oya va hodisalirning o’zaro aloqalarini yoritadi, uning mohiyatini muhokama 
qiladi, fanning turli sohalariga oid g’oya va axborotlarni hatto tashqi jihatdan bog’liq 
hodisalarni birlashtiradi. 
SHaxsiy idrok etish. O’quvchilarning o’zlarida avvaldan mavjud bo’lgan shaxsiy 
tajriba va bilimlar tuzilmasini yangi bilimlar bilan bog’lab tushunish jarayoni aks ettiradi. 


13 
Tanqidiy idrok etish. Mazmunni bir tomonga qo’yib,, uni tahlil qilish, uning nisbiy 
qimmatini, to’g’riligini, foydaliligini va o’quvchilarning bilish, tushunishi va qabul qilishi 
doirasida uning ahamiyatini baholashdir. 
SHunday qilib, axborotlarni chorlash, o’ylab ko’rish va fikrlash metodikalaridan 
foydalanish quyidagi muhim vazifalarni uchish imkoniyatini beradi: 
-
o’quvchilarga maqsadlarini anglab olishga yordam beradi; 
-
mashg’ulotlarda faolligini ta’minlaydi; 
-
samarali munozaraga chorlaydi; 
-
o’quvchilarning o’zlari savollar tuzishi va uni savol tarzida bera olishi uchun 
yordam beradi; 
-
o’quvchilarga o’z shahsiy bilimlarini ifoda qilishga yordam beradi; 
-
o’quvchilarning shaxsiy bilimlarini ifoda motivatsiyasini qo’llab-quvatlaydi; 
-
har qanday fikrlarga bo’lgan hurmat kayfiyatini yaratadi; 
-
o’quvchilarda personajlarga bo’ladigan iztirobini o’stirishga yordam beradi; 
-
o’quvchilar qadrlanadigan fikrlashga sharoit yaratadi;O’zgarishlar sodir 
bo’lishiga sabab sifatida xizmat qiladi; 
-
o’quvchilarning tanqidiy jalb qilinishiga birqator umidlar bildiriladi. 
Kubiklar. Kubiklar-bu dars o’qitish metodikasi bo’lib, u o’zgaruvchan prespektivlar 
mavzuni o’rganishni osonlashtiradi. Har tomonidan to’rt o’quvchilar berilgan kubiklardan 
foydalaniladi, kubikni biror bir quticha olib yoniga qog’ozlar yopishtirish bilan yasash 
mumkin, tomonlari 15-20 santimetr bo’lgani yaxshi, kubikning oltita tomoniga quyidagi 
ko’rsatmalarni yozadilar: buni tasvirlab bering, buni tushuntirib bering, o’qituvchilar 
o’quvchilarni kubik tuzish joriyligidan boshlab borib belgilangan mavzu bo’yicha erkin 
yozma ishga(2-4 minut) ularga qisqa vaqt beradilar,bu jarayon shunday olib boriladi. 
Birinchidan, mavzu beriladi, shunday keyin o’quvchilarga mavzu haqida o’ylab 
ko’rish, chiqib uni qanday ko’rayotgan bo’lsa shunday tasvirlash so’raladi: rangi, shakli, 
belgilari va shu kabilar. 
SHunday ko’rsatmalar bilan yo’naltirilgan o’quvchilar belgilangan vaqt davomida, 
ma’lum mavzu bo’yicha erkin fikrlab, yozib boradilar. 
Bu jarayon kubikning oltita tomonida ko’rsatilganidek davom etadi. Kubikning 
oltita tomoni uchun ko’rsatilganidek davom etadi. Kubikning oltita tomoni uchun 
ko’rsatkichlari quyidagicha: tasvirlang, predmetga diqqat bilan qarang (faqat o’z 
hatingizda bo’lishi mumkin) va nimani ko’rsatayotginini chizmani tasvirlab bering. Rangi, 
shakli, hajmi. 
Buni taqqoslang, bu nimaga o’xshaydi? 
U nimadan farqlanadi. 
Sabablarini tushintirib bering u sizni nimalar haqida o’ylashga majbur etmoqda? 
Bular o’xshash yoki turli narsalar bo’lishi mumkin: buyumlar, odamlar, joylar. 
Siz faqatgina o’z hayotingizda erkinlik bering u sizni nimalar haqida o’ylashga 
majbur etmoqda? Bular o’xshash yoki turli narsalar bo’lishi mumkin: buyumlar, odamlar, 
joylar. 
Siz faqatgina o’z hayotingizda erkinlik bering va bu predmet sizga nimaning 
aytishini tassavvur eting. 


14 
Buni tahlil qiling. Aytingchi uni qanday yasadinglar (sizga buni bilish shart emas
buni o’ylab toping). 
Buni qo’llang. Aytingchi, siz u bilan nima qila olasiz. Undan qanday foydalanish 
mumkin. 
Buning uchun sabablarini asoslab bering. 
Ishonchli dalillar topishga harakat qiling har qanday asos kubikning uch tomonini 
tiplaydilar va ular bo’yicha o’z fikrlarini aytadi. O’z sherigicha nima yozganini o’qib 
beradi. 
SHunday qilib, tanqidiy fikrlash berilgandan ham rivojlangan orasidagi 
farqlarni g’oyalarni ishlab chiqish sifatida qaraladi. Bular mavzuda g’oyalar orasidagi 
farqlarini topishdan iborat. 
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga amalda savollar yordamida erishish mumkin: 
-
tahmin qilishga savol; 
-
sintez qilishga savol; 
-
sharhlashga savol; 
-
qo’llashga savol. 
Yuzaga keltirish, anglab yetish, fikrlash pedagogik strategiyalar quyidagilar 
hisoblanadi: «Kubik», «Klasterlarga ajratishga». «Sinkveyn», «Aqliy xujum» tuzish. 
Klasterlarga ajratish. Bu pedagogik strategiya bo’lib, o’quvchilarning u yoki bu 
mavzu bo’yicha erkin va bemalol o’ylashga yordam beradi. U faqat g’oyalar orasidagi 
bog’lanishlarni fikrlashni ta’minlash imkoniyatini beradigan tuzilmani aniqlab olishini 
talab qiladi. U fikrlashning oddiy shakli emas, balki miya faoliyati bilan miya bog’lanadi. 
Klasterlarga bo’lishda axborotlarni chorlash bosgichida ham, fikrlash bosqichida 
ham foydalaniladi. U muayyan mavzu sinchiklab o’rganilguncha fikrlash faoliyatini 
ta’minlashda foydalanilishi mumkin. Klasterga bo’lish o’quvchilarning tasavvurlarini 
yangi bog’lanishlari yoki ularning grafik ifodalari ko’rinishlarini ta’minlovchi sifatida ham 
o’tganliklarini yakunlash vositasi sifatida qo’llanishi mumkin. Bu o’z bilimlariga, 
muayyan mavzu to’qrisida tasavvurga va uni tushinishga yo’l ochadigan nazaridagi 
strategiyadir. 
Klasteralrga bo’lish quyidagi usullarda amalga oshiriladi: 
1.
Hushingizga kelgan barcha fikrlarni yozib olish. Bu fikrlarni muhokama 
qilmang, shunchaki yozib olavering. 
2.
Xatni (matnni) kechiktiradigan imlo va boshqa omillarga ham parvo qilmang. 
3.
Sizga berilgan vaqt nihoyasiga yetmagunga qadar yozishdan to’xtamang. 
Miyagingizga fikr kelishi to’xtab qolsa, toki yangi fikrlar kelgunga qadar qog’ozda 
nimanidir chizib o’tiring. 
4.
Imkoni boricha, bog’lanish mumkin bo’lgan g’oyalarni tizib chiqing, 
g’oyalaning oqimi sifatida va ular orasidagi aloqalarni chegaralab qo’ymang. 
Klasterlarga ajratish, Stil va Stilning ta’biricha, bu juda moslashuvchan 
strategiyadir. Uni individual tarzda xam guruhda ham qo’llash mumkin. Guruh faoliyatida 
u guruh g’oyalarini tirgovichi sifatida xizmat qiladi. Bu esa o’quvchilarni har bir amalda 
bo’lgan bog’lanishlarga, aloqalarga yaqinlashtiradi. 


15 
Sinkveyn. Axborotlarni qisqacha bayon qilish, murakkab g’oyalarni, sezgilarni, 
tasavvurlarini bir necha so’zlar vositasida bayon qilish imkoniyati muhim malakadir. Bu 
boy tushunchalar zahirasi asosidagi o’ylangan refleksiyani talab qiladi. Sinkveyn bu she’r 
bo’lib, u biror voqea munosabati bilan yoziladigan yoki refleksiya qilinadigan qisqa 
ifodalarda axborot va materiallarning sintezlanishi talab etadi. 
Sinkveyn so’zi frantsuzcha bo’lib, besh degan tarjimani beradi. Demak, sinkveyn 
besh qatordan iborat she’rdir. 
1.
Birinchi qatorda bir so’z bilan mavzu tavsif qilinadi (odatda ot turkumidagi 
oid so’z bilan). 
2.
Ikkinchi qatorda mavzu ikki so’z bilan tavsif qilinadi (sifat turkumiga oid ikki 
so’z bilan). 
3.
Uchinchi qatorda ushbu mavzu bo’yicha xatti-harakatlar uch so’z bilan tavsif 
etiladi. 
4.
To’rtinchi qatorda mavzuga aloqadorlikni ko’rsatuvchi to’rt so’zdan iborat 
gap (ibora) yoziladi. 
5.
Beshinchi qatorda mavzu mohiyatini takrorlovchi bir so’zdan iborat 
sinonimidir. 
Amaliyot sinkveyn: 

murakkab axborotni sintezlash quroli; 

o’quvchilar tushunchalar zahirasini baholash vositasi; 

ijodiy ifodalilik vositasi sifatida juda foydalidir. 
Sinkveyn tushunchalar va axborotlarni refleksiyalash, sintezlash va umumlashtirishda tezkor, 
ayni zamonda qudratli qurol 
Biz ko’rib chiqqan xilma-xil o’qitish metodlarinig imkonityalari 
ulrning hammasini real o’quv jarayonida biriktirishning zarurligi haqidagi xulosaga ham 
olib keladi. Bu yerda shuni ham nazarda tutish kerakki, metodlarning xilma-xilligi 
bilimlarni o’zlashtirish va tinglashni ham, kuzatishni ham, motor idrok qilishning ham 
qo’shadi, bu hol esa idrokni yanada ham samarali qiladi. Metodlar turli-tuman bo’lganda 
material xotira va tafakkur faoliyatining xilma-xil turlari orqali o’quvchilar tomonidan faol 
idrok etiladi. Metodlarning xilma-xilligi yangiliklarning ta’siri oqibatida o’qiyotganlarni 
bilish faoliyatini aktivlashtiradi, ularga bilishga qiziqish o’yg’otadi, bu qiziqishni saqlab 
qoladi va bir xilda kechadigan faoliyatda uning susayishini oldini oladi. Metodlarni 
biriktirish o’quv materiali mazmunini xususiyatlarini yaxshiroq xisobga olishga, 
o’qiyotganlar uchun esa o’zlarini o’qish-bilish imkoniyatlarini chamalab ko’rishga, 
qobiliyatlarini namoyon qilishlariga va o’zlari uchun bilimlarni egallashning eng ratsional 
usullarini tanlashda imkon beradi.
Xilma-xil metodlar zaminida o’quvchilar imkoniyatlarini har tomonlama 
rivojlantirish uchun sharoit yaratiladi. SHu bilan birga, tabiiyki o’qitish faoliyatining 
almashinuvchi 
turlari 
o’quvchilar e’tiborini o’quv materiallarini mohiyatidan 
chalg’itadigan kaleydoskopga aylanib qolmasligi uchun ularni xilma-xillash me’yoriga 
rioya qilish kerak. Bularni hammasi pedagoglardan xilma-xil metodlarni qanday bo’lsa 
shundayligicha qo’llamasdan, balki har bir konkret hollarda ularni optimal birikmalarini 
tanlashni yana bir bor talab qiladi. Buning uchun birinchi navbatda metodlarni tanlash 
vaziyatini anglab amalga oshirish, ya’ni uni stixiyali, tasodifiy emas, balki puxta o’ylab 
asoslab tanlash va qo’llash lozim bo’ladi. Bunga yuqorida bayon etilgan o’qitish 
metodlarini optimal tanlash mezonlariga rioya qilish yordam beradi. 


16 
2.1 Tokarlik vint qirqish va tokarlik revolver dastgoxlari » mavzusini nazariy 
asoslari 
TOKARLIK STANOKLARI 
Bobning qisacha mazmuni: 
1.
Umumiy tushunchalar. Tokarlik gurux stanoklarining asosiy tiplari. 
2.
Tokarlik-vintqirqar stanoklari va ularni sozlash. 
3.
Tokarlik-gardanlash stanoklari. 
4.
Tokarlik-lobovoy va karusel stanoklari. 
5.
Tokarlik-revolver stanoklari. 
6.
Ko’p keskichli stanoklar. Tokarlik avtomatlari va yarim avtomatlari. 
Tayanch so’z va iboralar: 1. Tokarlik guru’i stanoklari. 2. Tokarlik-vintqirqar stanogi. 
5. Tokarlik-gardanlash stanogi. 4. Tokarlik-lobovoy stanogi. 5. Tokarlik-karusel stanogi. 6. 
Tokarlik -revolver stanogi. 7. Tokarlik avtomatlari. 8. Tokarlik yarim avtomatlari. 
1. Tokarlik stanoklari ‘aqida umumiy maolumotlar 
Tokarlik guru’i stanoklarida aylanish sirtlariga ishlov berish bo’yicha turli 
operatsiyalar amalga oshiriladi: tashqi va ichki silindrik va konussimon yuzalarni 
shakllantirish, detal yon yuzalari (tores)ni yo’nish, ariqchalar ochish, teshiklarni 
parmalash, zenkerlash, razvyortkalash va yo’nib kengaytirish, ichki va tashqi turli profilli 
rezbalarni kesish, shakldor yuzalarni yo’nib ‘osil qilish, yuzalarni nakatka qilish, detalni 
zagotovkadan kesib ajratish va boshqalar. 
Tokarlik guru’iga quyidagi tipdagi stanoklar kiradi (3.1-jadvalga qarang). 

Yüklə 348,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə