Dots. M xusainov " " y



Yüklə 348,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix24.12.2023
ölçüsü348,75 Kb.
#160018
1   2   3   4   5   6   7
cd5f6de2-2dd4-4a21-ab2f-e38ae3e0185b

Kam qobiliyatlilar (5 foiz atrofida) juda ko’p vaqt sarflanganda ham belgilangan 
bilim va ko’nikmalar darajasini egallay olmaydilar.
2. 
Iqtidorli bolalar (5 foiz atrofida), ular boshqalarni kuchi yetmagan topshiriqlarni 
uddalaydilar va yuqori sur’atda o’zlashtiradilar.
3. 
Oddiy qobiliyatli talabalar - ular ko’pchilikni tashkil etadilar (90 foiz atrofida) va 
o’zlashtirish qobiliyatlari ajratilgan vaqtga bog’liq bo’ladi.
Bu ma’lumotlar asosida, o’quv jarayoni to’g’ri tashkil etilsa va unga ajratilgan vaqt 
qat’iy cheklanmasa, 95 foiz talabalar materialni to’la o’zlashtirishga erishishlari mumkin, 
qolganlari esa to’la o’zlashtira olmaydilar.
«Metal kesuvchi dastgoxlar» fani bo’yicha o’quv materialini to’la o’zlashtirish 
etalonini aniq ifodalash, bu tizimda ishlashning muhim jihatlaridan biridir. Yuqorida 
bayon etilganidek, (2,3 mavzular) o’quv maqsadlarini aniqlashtirish bo’yicha harakat 
tartibi va o’quv maqsadlari taksonomiyasidan foydalangan holda, «Metal kesuvchi 
dastgoxlar» fani o’qituvchisi o’z fani bo’yicha o’quv maqsadlarini mumkin bo’lgan 
darajagacha mayda bo’laklargacha aniqlashtiradi. Erishish lozim bo’lgan aniq yakuniy 
natijalar ro’yxati tuziladi. Bular asosida belgilangan maqsadlarga erishilganlikni aniqlash 
uchun «Metal kesuvchi dastgoxlar» fani buyicha test topshiriqlari tuziladi. Demak, 
yakuniy test topshiriqlari soni, qo’yilgan o’quv maqsadlari soniga teng bo’lishi zarur.
«Metal kesuvchi dastgoxlar» faniga doir bo’lgan materiallarni batafsil tahlil qilib
uni alohida qismlarga - fragmentlar (o’quv birliklari) ga ajratadi. Har bir o’quv birligi 
mantiqan yakunlangan yahlit qism bo’lib, ularni aniqlashda o’quv soatlarining haftalik 
taqsimoti ham e’tiborga olinishi lozim. 
O’quv birliklari aniqlangandan so’ng, ularning har biri bo’yicha o’qitish natijalari 
aniqlanadi va ular asosida joriy baholash test topshiriqlari tuziladi. Bu topshiriqlar har bir 
o’quv birligini o’zlashtirilganlan so’ng, talaba «Metal kesuvchi dastgoxlar» fani bo’yicha 
erishishi zarur bo’lgan natijalarga mos va ularni aniq ifodalashi zarur. Joriy baholash test 
topshiriqlari tashqi xarakterga ega bo’lib, ular o’z vaqtida tegishli o’quv jarayoniga 
tuzatishlar kiritilishini, qo’shimcha o’quv harakatlar tartibi kiritilishini aniqlashga yordam 
beradi. 
Navbatdagi bosqich - har bir test savollari bo’yicha, unga teng kuchli (alternativ) 
qo’shimcha o’quv materialini tayyorlashdir. Bular, ayrim talabalarga «Metal kesuvchi 
dastgoxlar» fanidan o’zlashtira olmagan materiallarni qo’shimcha o’rganishlariga 


31 
mo’ljallangan va dastlabki (asosiy) o’quv materialidan farqli bo’lib, o’zlashtirish usullarini 
tanlashda talabalarga yordam beradilar.
Bu uslub amalda quyidagi qadamlar ketma-ketligidan iborat bo’ladi: 

Kirish qismi - talabalarni to’la o’zlashtirish uslubi bo’yicha ishlashga 
yo’naltirish. 

Har bir o’quv birligini to’la o’zlashtirilishini ta’minlash.

O’quv materialini har bir talaba tomonidan o’zlashtirishi to’laqonligini aniqlash 
(test).

Har bir talaba olgan bahosini tezlik bilan izohlash.
Qo’shimcha material tuzish talabalarni to’la o’zlashtirish uslubi bo’yicha ishlashga 
yo’naltirishning eng muhim vazifalardan biri bo’lib, u quyidagilardan iborat. Eng avvalo 
o’qituvchi - o’zlashtirish to’la bo’lishi uchun har bir o’quv birligi bo’yicha nimalarni 
o’zlashtirish zarurligiga batafsil to’xtaladi. Bunda u «Metal kesuvchi dastgoxlar» fani 
bo’yicha o’zi tuzgan, aniqlashtirilgan maqsadlar jadvalini talabalarga ko’rsatishi mumkin. 
Yanada batafsilroq tushuntirish maqsadida oldindan tuzilgan test topshiriqlardan 
foydalanib, talabalarga yakuniy baholash topshiriqlarini ko’rsatadi. Lekin, yakuniy 
baholashni aynan shu test bilan o’tkazilmaydi, balki u savollar yoki javoblar tartibi, 
savollarning ma’nosi saqlangan holda boshqacha shaklda tuzilgan topshiriqlardan 
foydalaniladi. So’ngra, o’qituvchi talabalarga materialni to’la o’zlashtirish uchun qanday 
o’qish kerakligini tushuntiradi. Bunda quyidagilarga alohida e’tibor beriladi: 
1.
Guruh talabalarning hammasi yaxshi natijalarga erishadigan yangi uslub bilan 
o’qiydi.
2.
Har bir talaba fan bo’yicha bahoni faqat yakuniy nazoratdan keyingina oladi.
3.
Har bir talabaning bilimi boshqalarga nisbatan emas, balki faqat oldin tuzilgan 
etalon-maqsadga solishtirib baholanadi (etalonning eng yuqori ko’rsatkichini aytish 
kerak). 
4.
Ushbu etalonga erishgan har bir talabaga yuqori ballar qo’yiladi. 
5.
A’lo baholar (yuqori ballar) soni chegaralanmaydi. SHunga muvofiq - o’zaro yordam 
har bir talabaning a’lo baho olishiga imkoniyat beradi. Agar barcha talabalar bir-
biriga yordam bersalar, guruhdagi barcha talabalar ham a’lo baho olishlari mumkin. 
6.
Har bir talabaga zarur bo’lgan har qanday yordam ko’rsatiladi. Agar bir usulda 
o’zlashtira olmasa, unga boshqa usuldan foydalanish taklif etiladi. 
7.
Fanni o’qitish jarayonida har bir talaba tashhisli tekshiruv ishlar to’plami bilan 
ta’minlanadi. Ular talabani o’zlashtirishdagi asta-sekin siljishini ta’minlaydi. Bunday 
tekshirishlar natijasi baholanmaydi - ular faqat talabalarga o’z xato va 
kamchiliklarini aniqlashga, ularni o’z vaqtida tuzatishga yordam beradi. 
8.
Joriy tekshiruv topshiriqlarini bajara olmagan talabaga darhol alternativ (teng kuchli) 
o’quv topshiriqlarini tanlash taklif etiladi. Ularga yo’l qo’yilgan xato va 
tushunmovchiliklarini bartaraf qilishga yordam beriladi. 
Bundan - o’qitishning dastlabki bosqichidayoq bu tizimning asosiy texnologik 
belgisi - o’quv jarayonini oldindan belgilangan aniq maqsadga yo’nalganligi sezilib 
turibdi. O’quv jarayoni oldindan tuzilgan o’quv birliklariga muvofiq holda bloklarga 
ajratiladi. O’quv birliklarining ketma-ketligi o’qituvchi tomonidan tanlangan qo’llanma 
(darslik) asosida tuziladi. 


32 
Yangi materialni tushuntirish va uni qayta ishlash odatdagidek olib boriladi. Lekin, 
har bir talabaning faoliyati aniqlashtirib belgilangan o’quv maqsadlariga mos holda tashkil 
etiladi. 
Barcha talabalar har bir o’quv birligini to’la o’zlashtirganlaridan so’ng, tashhis testi 
o’tkaziladi va uning natijasi darhol e’lon qilinadi. Bilim va ko’nikmalarning to’la 
o’zlashtirilishi, baholashning asosiy mezoni bo’lib hisoblanadi. Tekshiruv ishi baholanib 
bo’lgandan so’ng, talabalar ikki guruxga: bilim va ko’nikmalarini to’la o’zlashtirganlar va 
to’la o’zlashtirmaganlarga ajratiladi. To’la o’zlashtirganlar qo’shimcha materiallar o’qishi, 
boshqalarga yordam berishi yoki navbatdagi o’quv birligini o’qish boshlanguncha bo’sh 
bo’lishi mumkin. O’qituvchi asosiy e’tiborni to’la o’zlashtira olmagan talabalarga 
qaratadi, ular bilan yordamchi (korrektsiya) o’quv ishlarini olib boradi. Buning uchun 
avval, talabalarning bilimi va ko’nikmalaridagi kamchiliklar, materialning eng ko’p 
talabalar o’zlashtira olmagan qismi aniqlanib, mashg’ulotlar sinfning barcha talabalariga 
o’tiladi. Bayon etish yana qaytariladi, lekin u boshqa usulda, oldin qo’llanilmagan 
ko’rgazmalar va texnik vositalardan foydalangan holda olib boriladi. Yakka tartibdagi 
kamchilik va xatolarni tuzatish uchun har bir talaba bilan alohida ish olib boriladi. Bunda 
2-3 kishidan iborat kichik guruxlar bilan ishlash, ularni bir-biriga yordam berishi yoki 
mazkur o’quv birligini to’la o’zlashtirgan talabalarni ularga biriktirish, kabilar ishni tashkil 
etishning asosiy shakllari bo’lishi mumkin. 
Joriy o’zlashtirishdagi baholar asosan og’zaki shaklda bo’lib, talabalar ruhini 
ko’tarish uchun xizmat qiladi. Ularning umumiy ma’nosi: «Sen shuncha savolga to’g’ri 
javob beribsan, bu yaxshi natija, agar boshqa bo’limlar bo’yicha ham mana shunaka 
natijalarga erishsang, yakuniy nazoratda a’lo baho olishing mumkin», yoki «Agar mana bu 
savollarga ham javob berganingda, u seni yaxshi o’zlashtirayotganingni bildirar edi, 
hozircha qaysi savollarga e’tibor berish kerakligini ko’rib chiqaylik» (Ijobiy 
mustahkamlovchi reaktsiyalar qoidasi). 
Bu uslubning muhim tomoni to’la o’zlashtirish etalonini aniq belgilash va 
ifodalashdan iborat. Uning asosi esa, o’quv maqsadlarini aniqlashtirish bo’lib hisoblanadi. 
Ularni quyidagicha ifodalash mumkin: a) talabaning aniq ifodalangan o’quv harakatlari 
bilan, b) ko’rsatilgan to’g’ri javoblar soni bilan. Ikkinchi holda mezon 80-90% darajasida 
belgilanadi. Ilmiy tekshirishlar ko’rsatganidek, bunday darajani belgilash mustahkam 
ijobiy natija beradi va ko’pchilik talabalarni fanga qiziqishi, umuman o’qishga bo’lgan 
ijobiy munosabatlari saqlanib qoladi. Mezonni 75 foizga tushurish esa natijani 
yomonlashtiradi. 
Har bir o’quv birligi doirasidagi o’qituvchi faoliyati quyidagi ketma-ketlikni tashkil 
etadi: 
1.
Talabalarni o’quv maqsadlari bilan tanishtirish. 
2.
Mazkur bo’lim (o’quv birligi)ni o’qitish rejasi bilan barcha talabalarni tanishtirish. 
3.
O’qishni tashkil qilish (iloji boricha o’qituvchi tomonidan materialni bayon qilish 
shaklida). 
4.
Joriy tekshiruvni o’tkazish (tashhis test). 
5.
Tekshiruv natijalarini baholash va material mazmunini to’la o’zlashtirgan talabalarni 
aniqlash. 
6.
To’la o’zlashtirmagan talabalar bilan qo’shimcha mashg’ulot o’tkazish. 
7.
Tashhis testi yordamida o’quv birligini to’la o’zlashtirgan talabalarni qayta aniqlash. 
O’qtiuvchi tomonidan o’quvchilarni o’zlashtirishini bilish uchun qo’yidagi testlarni 
o’tkazish mumkin. 


33 
1.Tokarlik vint qirqish dastgoxi ko’rsatilgan qatorni aniqlang? 
A) 16K20
B) 2N135 
V) 6T81 
G) 3R137 
2.Tokarlik vint qirqish dastgoxida bajariladigan ishlarni belgilang? 
A) teshik ochish,parmalash,konus, torets,ichki va tashqi yuzalarga ishlov berish,rezba 
qirqish,razvertkalash va zenkerlash. 
B) Yuzalarni pardozlash, 
V) Kanavka va shakldor yuzalarga ishlov berish 
G) teshik ochish va kengaytish. 
3. Tokarlik dastgoxlari guruxini qanday aniqlanadi? 
A) Markadagi xarf orqali; 
B) 
Stanina 
va 
markaz 
orasidagi 
masofa 
orqali; 
V) Ishlov berishda foydalanadigan keskichlar orqali; 
G) Markadagi birinchi son orqali. 
4) 16K20 dastgoxi markasidagi oxirgi ikki sonni tushuntiring? 
A) ) Ishlov berishda foydalanadigan keskichlar sonini; 
B) Parmalash diametrini; 
V) Ishlov beriladigan yuza kengligini; 
G)Markaz va stanina orasidagi masofani. 
5.Tokarlik vint qirqish va revolver dastgoxlari farqini aniqlang? 
A) revolver dastgoxlarida bo’lish kallagida supportlarga asboblar o'rnatilgan 
B) xajmida farq qiladi
V) keskichlar birida vertikal ikkinchisida gorizontal joylashgan. 
G) fartuk qismida farq qiladi. 
6.Tokarlik revolьver dastgoxi markasini aniqlang; 
A) 1P365 ; 
B)1K20; 
V) 1N713; 
G) 16K20. 
7.Revolьver kallakni tushuntiring? 
A) revolver dastgoxlarida bo’lish kallagida supportlarga asboblar o'rnatiladi; 
B) zagatovkani maxkamlash uchun xizmat qiladi. 
V) oldingi babka va keьtingi babka joylashgan. 
G) xamma javob to’g’ri.
«Metal kesuvchi dastgoxlar» fani bo’yicha yakuniy tekshirish fan o’qituvchisi 
tomonidan o’qishning boshlanishida tuzilgan bir yoki bir necha nazorat ishlari asosida 
o’tkaziladi. Uni o’tkazish vaqti oldindan talabalarga ma’lum bo’lishi kerak. Talabalar ishni 
bajara borib, javoblarni o’qituvchi oldindan tayyorlab qo’ygan blankalarga belgilaydi. Ishni 
to’g’ri bajarilganligini talabalarning o’zlari tekshiradilar. Javoblarni test kaliti bilan 
taqqoslab, noto’g’ri javob berilgan topshiriqlarni chizib, to’g’ri javoblarni esa doira bilan 
belgilab, blankalarni o’z egalariga qaytariladi. O’qituvchi javob blankalariga qaramasdan 
yozuv taxtalariga fan bo’yicha to’la o’zlashtirish etalonini osib qo’yadi. Talabalar etalon 


34 
bo’yicha o’zining yakuniy baholarini aniqlaydilar. Yakuniy bahoga bunday ochiq va 
oshkora yondashish, o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni baholashning birdan-bir asosi 
ekanligini to’g’ridan-to’g’ri isbotlaydi. 
Odatda yakuniy baho ikki xil «to’la o’zlashtirdi» va «to’la o’zlashtira olmadi» 
ko’rinishida bo’lishi lozim. Lekin bu uslub bilan ishlash tajribasi, uni dastlabki qo’llashda 
talabalarning 30-50 foizigina materialni to’la o’zlashtira olishini ko’rsatdi. SHuning uchun 
ham, dastlabki hollarda o’qituvchi oldindan o’zlashtira olmagan talabalar uchun «yaxshi» 
va «qoniqarli» baholar etalonini ham tayyorlab qo’yishi zarur. 
O’qituvchi tekshiruv varaqlarini hamma talabalardan yig’ishtirib, har bir talaba 
uchun batafsil axborot tayyorlaydi va o’quv birligi bo’yicha yakuniy nazorat natijalariga 
aniqlik kiritadi. O’quv maqsadlarini belgilashda ishlatilgan (Q) belgilari - «T»-to’la 
o’zlashtirdi va «CH»-chala o’zlashtirdi (-) belgilari bilan almashtiriladi. Bu talabalarga o’z 
bilim darajasini aniqlash va undagi kamchiliklarni tezroq bartaraf qilish, agar lozim bo’lsa, 
qayta topshirish hamda navbatdagi materialni o’zlashtirishga tayyorgarlik ko’rishda uni 
e’tiborga olish imkoniyatini beradi. 
To’la o’zlashtirish texnologiyasining yutuq va kamchiliklari. To’la o’zlashtirish 
texnologiyasi bo’yicha o’qitish xalqaro miqyosda keng tarqalgan. Bu tizim bo’yicha 
tajribaviy ishlar Avstraliya, Buyuk Britaniya, Belьgiya, Braziliya, Indoneziya, Janubiy 
Koreya, Tayvan, Malaziya va boshqa mamlakatlarning ko’pchilik maktablarida olib 
borilmokda. Boshqa pedagogik tizimlarga nisbatan texnologik o’qitish tizimi o’zining 
muqarrarligi va ko’pgina ko’rsatkichlar bo’yicha takrorlanuvchanlik xususiyatiga ega 
bo’lganligi olib borilayotgan tajribaviy ishlar natijalarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini 
beradi. O’tkazilgan tajribalar 90 foiz holatda bu tizimning samarali ekanligini ko’rsatdi.
Lekin to’la o’zlashtirish tizimi ba’zi kamchiliklardan ham holi emas. Buning 
mohiyati shundaki, bu tizimning samaradorligi faqat aniqlashtirib ifodalash mumkin 
bo’lgan o’quv maqsadlari bilangina baholanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, faqat o’quv 
jarayonida takrorlanuvchan maqsadlargina aniqlashtirishga moyil bo’ladi. Bu 
tizim 
imkoniyatlarining cheklanganlik xarakterga ega ekanligini norvegiyalik olimlar ham 
ta’kidlab o’tganlar. Ular bu tizimni faqat quyidagi xususiyatlarga ega bo’lgan o’quv 
jarayonlariga qo’llash mumkinligini ko’rsatib utadilar: a) o’quv materiali alohida, aniq 
tarkibiy qism (fragment)larga ajratish mumkin bo’lishi kerak, b) o’quv materiali uzviy va 
o’zaro bog’liq bo’lishi kerak (masalan: matematika va tabiiy fanlar bo’limlari), ya’ni 
fanlararo bog’lanishga alohida e’tibor berish zarur. 
To’la o’zlashtirish uslubining estoncha varianti quyidagi xarakterli belgilarga ega: 
1) to’la o’zlashtirish talabi o’quv materialining to’la hajmiga emas, balki bilim va 
ko’nikmalarning ajratilgan eng zarur, minimal qismigagina qo’yiladi, 2) qo’shimcha va 
rivojlantiruvchi xarakteridagi mashg’ulotlar o’tkazish maxsus tarzda belgilanadi. 
Tashhis testidan o’ta olmagan talabalar faqat yana ikki marta testga kiritiladi, agar 
bunda ham to’la o’zlashtira olmasalar, butun sinf bilan navbatdagi materialni 
o’zlashtirishga ruxsat beriladi. 
Ko’p hollarda o’zlashtirish texnologiyasi bir fanning o’qitishda qo’llaniladi. Bunda 
qo’shimcha zarur vaqt darsdan tashqari o’tkaziladigan mashg’ulotlar hisobidan qoplanishi 
mumkin. Agar bu texnologiya bir necha fan o’qitilishida qo’llaniladigan bo’lsa, 
o’zlashtirish sur’ati past bo’lgan talabalar anchagina qiyin axvolda qoladilar. Bunday 
talabalarga yordam berish maqsadida qo’shimcha mashg’ulotlar o’tkazishdan tashqari, bir 
necha o’qituvchilar o’zaro kelishib, uy vazifasini maxsus dasturini ishlab chiqishlari 


35 
lozim. Tanlab o’qitiladigan fanlardan bir-ikkitasi bekor qilinadi - bo’lar hammasi asosiy 
fanlarni talabalar tomonidan to’la o’zlashtirilishiga imkoniyat yaratadi. Umuman olganda, 
vaqt muammosi to’la o’zlashtirish tizimida ham, odatdagi o’qitish tizimida ham oxirigacha 
xal 
etilmaganligini 
(talabalarning 
bir 
qismini 
chala 
o’zlashtirishi 
bilan 
chegaralanganligini) ta’kidlash lozim. 


36 
Xulosa
1.
O’qitishga an’anaviy yondoshuvni afzallik va kamchiliklari tahlil qilindi. O’qitishni 
an’anaviy metodlaridan voz kechmasdan uni afzallik tomonlari olib zamonaviy 
texnologiyalar bilan boyitib borish maqsadga muvofiq bo’ladi.
2. O’qitish metodlarini tanlash o’qitish qonuniyatlariga va ulardan kelib chiqadigan 
tamoyillarga bo’ysundirilishi kerak, bu metodlar ta’lim, tarbiya va kamolotga yetkazish 
vazifalarini kompleks hal qilishga; qo’llanilayotgan metodlarning ilmiyligini ta’minlashga; 
ularning o’quvchilar uchun qulayligi, o’qitishda faollik va mustaqillikni rivojlantirishga, 
bilimlar, mahorat va malakalarning mustahkamligini ta’minlashga qaratilishi zarurligini 
taqozo qiladi. 
3. Metodlarga ishlov berishni tanlash vaziyatini anglab amalga oshirish, ya’ni uni 
stixiyali, tasodifiy emas, balki puxta o’ylab asoslab tanlash va qo’llash lozim bo’ladi. 
Bunga o’qitish metodlarini optimal tanlash mezonlariga rioya qilish yordam beradi. 
4. O’qitishni interfaol metodlarini qo’llash o’quvchilarni bilim, ko’nikma va 
malakalarini samaradorligini oshiradi. Bu metoddan foydalanilganda o’quvchilarni 
o’zlashtirish darajasi yaxshilandi. 
5. . Innovatsion usulda mashg’ulot olib borishning talabalarni o’zlashtirish 
ko’rsatkichiga ta’sirini o’rganish maqsadida turli guruhlarda mashg’ulot olib borishda 
sinovlar o’tkazildi. Buning natijasida an’anaviy usuliga nisbatan innovatsion mashg’ulot 
olib borish natijalari samaraliroq bo’lib chiqdi. Quyidagi jadvalda o’tkazilgan sinovlar 
natijasi berilgan. 
Mashg’ulot turi 
Sinov turlari 
yozma 
og’zaki 
test 
An’anaviy usul 
60,4 
67,3 
65 
Innovatsion usul 
82,5 
83,4 
93.45 
Pedagogik texnologiya printsiplariga rioya qilgan holda o’quv materialini qadamlarga 
bo’lib 
o’zlashtirish, 
javobni 
mustahkamlash, 
o’zlashtirilayotgan 
materialning 
murakkablashib borishi, o’zlashtirishning individual sur’ati, bilimlarni tabaqalashgan 
holda mustahkamlash, ya’ni kichik guruhlarda bilimni mustahkamlash, o’qitishning 
innovatsion usullari talabalarni mustaqil fikrlashiga imkon beradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati 


37 
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-T.: O’zbekiston, 1993 
2.
Karimov I.A. O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li.T.: O’zbekiston, 1992 
3.
Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxassislar-taraqqiyot omili.-T.: SHarq, 1995 
4.
Karimov I.A. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: 
O’zbekiston, 1997 
5.
O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»-T.: SHarq, 1997 
6.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risi» dagi qonuni.-T.: SHarq, 1997 
7.
Ilg’or pedagogik texnologiyalar. OUMMMI, T, 1999 
8.
Farberman B.L. va boshqalar. Oliy o’quv yurtlarida o’qitishning zamonaviy 
usullari.-T, 2002 
9.
Babanskiy Yu.K. Hozirgi zamon umumiy ta’lim maktabida o’qitish metodlari. T.: 
O’qituvchi, 1990 
10.
Azizxo’jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.-T.: TDPU, 2003 
11.
Ishmatov Q. Pedagogik texnologiya asoslari (Ilg’or pedagogik texnologiyalar) 
O’quv qo’llanma Namangan, NamMPI, 2003 
12.
V.A. Mirboboev. Konstruktsion materiallar texnologiyasi. T.: «O’zbekiston», 2004
13.
I.Nosir. Materialshunoslik. T.: O’qituvchi, 2002
14.
Yu.M. Laxtin, V.P.Montьeva. Materialovedenie. M.: Mashinostroenie, 1990 
15.
Internet materiallar. 
‘ttp://referat.students.ru

‘ttp://www.referats.net

‘ttp://www.referats.com
 

Yüklə 348,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə