I bob. Qadimgi xitoy geografik joylashuvi



Yüklə 59,56 Kb.
səhifə1/5
tarix23.05.2023
ölçüsü59,56 Kb.
#112263
  1   2   3   4   5
QADIMGI XITOY SHAN IN DAVLATI CHJOU VA SIN DAVLATLARI


QADIMGI XITOY SHAN IN DAVLATI CHJOU VA SIN DAVLATLARI
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….
I BOB. QADIMGI XITOY GEOGRAFIK JOYLASHUVI
1.1. Qadimgi xitoyning tabiiy sharoiti, aholisi va manbalar………………………...
1.2. Qadimgi Xitoyda ilk davrlar: Shan (In) va Chjou davlat birlashmalari….. ……
II BOB. QADIMGI XITOY MADANIYATI
2.1. Qadimgi Xitoy yil hisobi………………………………………………………..
2.2. Qadimdi Sin va Xan davlatlari. …………………………………………………
XULOSA…………………………………………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bizga ma‘lumki har bir davlatni, har bir xalqni o‘ziga yarasha tarixi, madaniyati, mentaliteti bor. Biz tarixni o‘rganar ekanmiz undan o‘zimizga tegishli xulosa va saboqlar chiqarishimiz darkor. El-yurtimiz o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida ma‘shum xatarlarni bir necha bor ko‘rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma‘naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojiali o‘tmish, bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘limiz barchamizga saboq bo‘lishi, bugungi voqealikni teran taxlil qilib, mavjud taxdidlarga nisbatan doimo ogoh bo‘lib yashashga davit etishi lozim. O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunni unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan.1 Qadimgi Sharq madaniyati, davlat tuzumini rivojlanishida ham qadimgi Xitoy alohida o‘ringa egadir. Biz yosh avlad bu davlatni kashfiyot va yutuqlaridan oqilona foydalanish, undan hayot faoliyati davomida o‘zimizga kerakligini olishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. U qilgan kamchiliklar va nuqsonlarni takrorlamaslik darkor.
Qadimgi Xitoy ijtimoiy falsafiy fikr dastlab vujudga kelgan va taraqqiy etgan mamlakatlardan biri edi. Xitoyda fan va madaniyat o’ziga xos shaklda rivojangan. Eramizdan avvalgi ikki minginchi yilning o’rtalariga kelib, Yuan-in davlatida muayyan xo’jalik shakli yuzaga kelgan. Eramizdan avvalgi XII asrda esa urushlar natijasida davlat Chjou qabilasining qo’liga o’tgan. Bu hokimiyat eramizdan avvalgi III asrgacha davom etgan. Bu vaqtda diniy mifologik dunyoqarash ustivorlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo’lishini o’ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o’z ta’sirini o’tkazgan Xitoy mifologiyalarida butun koinot - osmon, yer va tabiat hodisalari ilohiylashtirilgan bo’lib, inson hayot kechirish muhitini tashkil qiladi. Aynan shu afsonalashtirilgan muhitdan narsalar, hodisalar mavjudligini ta’minlaydigan, ularni boshqarib turadigan oliy bir tamoyil keltirib chiqariladi. Bu tamoyil ko’pincha oliy hukmdor (shandi), ba’zan esa oddiy osmon (tyan) sifatida ishlatib kelingan 2 . Qadimgi Xitoy fasafasi konservativ sivilizatsiyaning bir qismi bo’lib u diniy matnlar madaniyatiga tayanardi. Hindistonda bo’lgani kabi, ozod bo’lish yoki xalos bo’lishga nisbatan qiziqish unchalik kuchli bo’lmagan. Aksincha, u ko’proq amaliy va pragmatik yo’nalishga ega edi. Xitoy faylasuflari asosan kambag’al a’yonlarga mansub bo’lgan. Ular ko’pincha g’oyat ulkan imperatorlik saroylari qoshida amal qilgan ma’muriy tizim sektorlarida faoliyat yuritishgan. Ko’pgina buyuk xitoy mutafakkirlari ana shu ijtimoiy muhitning samarasi sifatida dunyoga kelgan.



Yüklə 59,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə