Ii-mavzu: moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjetlar ijrosi hisobini tashkil etish asoslari reja



Yüklə 477,5 Kb.
səhifə1/16
tarix04.05.2023
ölçüsü477,5 Kb.
#108348
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2-мавзу


II-MAVZU:MOLIYA ORGANLARI, G’AZNACHILIK VA UNING XUDUDIY BO’LINMALARI, DAVLAT MAQSADLI JAMG’ARMALARNI TAQSIMLOVCHI ORGANLARDA BYUDJETLAR IJROSI HISOBINI TASHKIL ETISH ASOSLARI
REJA:
2.1.Moliya organlari, g’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjet hisobini tashkil etishning uslubiy va me’yoriy-xuquqiy asoslari.
2.2.Moliya organlari, g’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjet hisobida qo’llaniladigan hisob xujjatlari va registrlari.
2.3.Moliya organlari, g’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjet hisobida qo’llaniladigan hisobvaraqlar va buxgalteriya balansining tuzilishi.
2.4.Moliya organlari, g’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjet hisobining axborot tizimlari va ulardan foydalanish.


2.1.Moliya organlari, g’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjet hisobini tashkil etishning uslubiy va me’yoriy-xuquqiy asoslari.
Moliya organlari, g’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjet hisobini tashkil etishning uslubiy va me’yoriy-xuquqiy asoslari bo’lib O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 10 aprelda 1560-son bilan ro’yxatga olingan “Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha yo’riqnoma”ga asosan yuritiladi.
Moliya organlarining bosh buxgalterlari buxgalteriya hisobini tashkil qilish, uni yuritish tartibi va metodikasi (uslubi) bo’yicha, quyi moliya organlarida, byudjet mablag’lari va Jamg’arma mablag’larini oluvchilarda va markazlashtirilgan buxgalteriyalarda hisobot tuzish masalalari yuzasidan ko’rsatmalar beradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Moliya organi buxgalteriyasining xarajatlar smetalari va mahalliy byudjet va Jamg’arma byudjetining ijro etilishi to’g’risidagi hisob va hisobotni yuritilishi ustidan nazorat olinadigan davriy va yillik hisobotlarni ko’rib chiqish, topshiriladigan hisobotlarda xatolar aniqlangan hollarda, joylarda tekshirishlar va kuzatishlarni olib borish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Mansabga tayinlanishda va mansabdan ozod etilishda moliya organining bosh buxgalteri qabul qilish-topshirish kunida hisob, hisobot va arxivning holatini ko’rsatgan holda buxgalteriya ishlarini topshirish-qabul qilish to’g’risidagi dalolatnomani tuzishi shart.
Hududiy moliya organlarida ishlarni topshirish va qabul qilish yuqori moliya organining bosh buxgalteri ishtirokida amalga oshiriladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligida, Toshkent shahar Bosh moliya boshqarmasida va viloyatlarning moliya boshqarmalarida bosh buxgalter tomonidan ishlarni topshirish va qabul qilish ushbu moliya organining rahbari ishtirokida, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining vakilini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
Bosh buxgalterga uning hisob va hisobot bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri vazifalarini bajarish bilan bog’liq bo’lmagan (taalluqli bo’lmagan) topshiriqlarni berish mumkin emas (berilmaydi). Bosh buxgalterga pul mablag’lari va moddiy qimmatliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni yuklash mumkin emas. Unga bank muassasalari va boshqa tashkilotlardan bevosita pul mablag’larini olish ta’qiqlanadi.
Agarda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning belgilangan tartibiga yoki amaldagi qonunchilikka zid bo’lgan farmoyish olgan holatda, bu haqda bosh buxgalter yuqori moliya organining rahbariga ma’lum qilishi shart.
Bosh buxgalterga yuklatilgan vazifalarni (majburiyatlarni) amalga oshirish uchun unga buxgalteriya hisobi va nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlar:

  1. byudjetning daromadlari va xarajatlarining choraklar bo’yicha taqsimlangan yillik yoyilmasi yoki undan ko’chirma,

  2. moliyalashtirish rejalari,

  3. buyruqlar,

  4. farmoyishlar,

  5. moliyalashtirish hajmlarining o’zgarganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma-bildirishnomalar va ma’lumotnoma-xabarnomalar,

  6. mahalliy byudjet va Jamg’arma byudjetining ijro etilishi bilan bog’liq bo’lgan boshqa materlallar va hujjatlar o’z vaqtida berib turilishi kerak.

Byudjet daromadlari va xarajatlarining choraklar bo’yicha taqsimlangan yillik yoyilmasi va moliyalashtirish rejasi ular tuzilgandan so’ng 3 kun mobaynida buxgalteriyaga berilishi kerak.
Byudjet bo’limi (inspektsiyasi) aybi bilan mahalliy byudjet daromadlari va xarajatlarining yoyilmasi va yillik moliyalashtirish rejasini taqdim qilish kechiksa, u holda byudjetdan moliyalashtirish amalga oshirilmaydi va moliyalashtirish amalga oshirilmaganligi uchun javobgarlik byudjet bo’limiga (inspektsiyasiga) yuklatiladi.
Maktab ta’limi sektori xodimining aybi bilan Jamg’arma byudjeti daromadlari va xarajatlarining parametrlarini taqdim qilish kechiksa, u holda moliyalashtirish amalga oshirilmaydi va moliyalashtirish amalga oshirilmaganligi uchun javobgarlik maktab ta’limi sektori xodimiga yuklatiladi (sektor bo’lmaganda esa Jamg’arma byudeti ijrosining hisobiga doir ishlar yuklatilgan byudjet bo’limi (inspektsiyasi) xodimiga yuklatiladi).
Bosh buxgalterning buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi bo’yicha beradigan farmoyishlari moliya organining barcha ishchilari uchun majburiy hisoblanadi.
Buxgalteriya ishchilari o’rtasida majburiyatlarni taqsimlash bosh buxgalter tomonidan belgilanadi va moliya organi boshlig’i tomonidan tasdiqlanadi.


2.2.Moliya organlari, g’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjet hisobida qo’llaniladigan hisob xujjatlari va registrlari.

Yüklə 477,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə