Ish haqi to’g’risidagi turli XIL nazariyalar



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/19
tarix05.08.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#120360
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
64-variant




Ish haqi to’g’risidagi turli xil nazariyalar 
Reja: 
Kirish 
I-bob. Ish haqi tushunchasining mazmun-mohiyati 
1.1. Ish haqini tashkil etish shakllari va ularni tavsiflash 
II-bob. Ish haqini to’lash tartibi. Rag’batlantiruvchi to’lovlar 
2.1.Ish haqini tashkil etish bilan bog’liq turli yondashuvlar 
2.2.O’zbekistonda mehnatni tashkil etish bilan bog’liq munosabatlar tahlili 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
.
 
Jamiyatda yoki alohida olingan mamlakatda yaratilgan mahsulotning 
taqsimlanish tamoyillari, shakllari, usullari muhim muammo bo’lib, iqtisodchilar 
e’tiborini jalb etib hamda ular o’rtasida turli tortishuvlarga sabab bo’lib keladi. 
Shunga ko’ra, kishilarning hayot kechirishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi 
daromadlarning asosiy turi bo’lgan ish haqini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o’tgan davrdan to hozirga 
qadar xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida muhim o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. 
Korxonalarda, tashkilotlar va idoralarda mehnatni tashkil etish va uning 
samaradorligini oshirish yo’llari muhim muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Xalq 
turmush farovonligini oshirish Respublikamiz Prezidenti tomonidan belgilab 
berilgan iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadidir. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal 
etish juda keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yechimini topishni taqazo 
qiladi. Ma’lumki, xalq xo’jaligi ishlab chiqarishida, turli sohalar va jamiyat 
qatlamlarida, ish joylarida korxonalar ishini to’g’ri yo’lga qo’yish, tashkil etish, 
moddiy texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarga ijtimoiy adolat prinsiplari 
asosida ish haqi to’lashni tashkillashtirish taraqqiyotni ta’minlashda muhim rol 
o’ynaydi. 
Ish haqi - tashkilot xodimlarining asosiy daromad manbai, uning yordami bilan 
mehnat va iste'mol o'lchovi nazorat qilinadi. Ish haqi iqtisodiyotni boshqarishning 
eng muhim vositasidir, shuning uchun davlat mehnatni tashkil qilish va ish haqining 
huquqiy asoslariga alohida e'tibor beradi. 
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi 
ham aholining daromadlarini, jumladan ish haqlari miqdorini oshirish hisoblanadi. 
Bu to’g’risida prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ham quyidagi fikrlarni bildirganlar: 
“Aholi daromadlarini oshirish, qo’shimcha ish o’rinlari yaratish, mahsulot ishlab 
chiqarishni ko’paytirish uchun bizga yangi-yangi bozorlar kerak. Buning uchun 
bozor iqtisodiyoti va davr talablariga mos ko’plab qonun va qarorlarni 


qabul qilayapmiz. Lekin, afsuski, ulami ijro qiladigan ko’pgina amaldorlar hali 
ham eskicha ish uslubi, rasmiyatchilik va befarqlikdan qutulgani yo’q”
1

Mazkur bildirilgan fikrlar mazkur kurs ishining naqadar dolzarb ahamiyat kasb 
etishini asoslab beradi. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə