“kecha va kunduz” romani qahramonlarining ta‟riflarini qo„llashda ijodkor mahorati va qo„llangan antroponimik birliklar ahamiyati



Yüklə 76,83 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix23.12.2023
ölçüsü76,83 Kb.
#155140
  1   2   3   4   5   6   7   8
628d2239d671b422554784



Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-409-415 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
409
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
“KECHA VA KUNDUZ” ROMANI QAHRAMONLARINING TA‟RIFLARINI 
QO„LLASHDA IJODKOR MAHORATI VA QO„LLANGAN 
ANTROPONIMIK BIRLIKLAR AHAMIYATI 
 
Mashhuraxon Ulug„bek qizi Axmedova 
Mo'nisaxon Umidbek qizi Oxunova
Farg‗ona davlat universiteti talabalari 
 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada Abdulhamid Cho‗lponning qalamiga mansub ―Kecha va 
kunduz‖ romanida keltirilgan antroponimlar tadqiq ostiga olingan bo‗lib, undan 
bakalavr ta‘lim bosqichi talabalari va o‗qituvchilar foydalanishlari mumkin. 
Kalit so„zlar: 
adabiyot, Abdulhamid Sulaymon o‗g‗li Cho‗lpon,‖Kecha va 
kunduz‖, roman, onomastika, antroponimika, laqab. 
KIRISH 
Adabiyot insonning ruhiy olamini, ma‘naviyatini shakllanishida beqiyos 
ahamiyatga ega. Cho‗lpon ta‘biri bilan aytganda ―Adabiyot chin ma‘nosi ila o‗lgan, 
so‗ngan, … , o‗chgan, ,majruh, yarador ko‗ngilga ruh bermak uchun, faqat 
vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydurgan, 
o‗tkir yurak kirlarini yuvadurgan toza ma‘rifat suvi, chang va tuproqlar to‗lgan 
ko‗zlarimizni artib, tozalaydiga buloq suvi bo‗lg‗onlikdan bizga g‗oyat kerakdir‖. 
Adabiyot mudroq qalblarni hushyorlik suvi bilan sug‗orib, hayot ilmini 
uqmoqlikka ko‗maklashadi.O‗tmishdan sado beradi, ma‘naviy kemtikliklarni 
to‗ldiradi. Insonda odob-axloq, mehr-muhabbat, vafo, sadoqat, ezgulik hislatlarini 
mustahkamlaydi, ilmsiz, bemehr, tarbiyasiz odamlarga nisbatan nafrat tuyg‗usini 
uyg‗otadi. Badiiy asarni o‗qish davomida o‗quvchi qalbida his-tuyg‗ular charxlanib, 
sayqallanib boradi. Shu boisdan ham adabiyotga oshno ko‗ngildan hech qachon 
yomonlik chiqmaydi.Ulug‗ mutafakkirlar har qachon avlodlarni o‗qimaklikka, ilmli 
bo‗lmaklikka chorlab kelgan. Misol tariqasida, Abdulhamid Sulaymon o‗g‗li 
Cho‗lponning quyidagi so‗zlarini keltirishimiz mumkin: 
―Endi, ey, qardoshlar! Adabiyot o‗quylik. Adiblar yetishdirayluk, «adabiyot 
kechalari» yasayluk. Ruh, his-tuyg‗u, fikr, ong va o‗y olayluk, bilayluk. Agarda 
«bayoz» va bema‘ni bir-ikki dona kitoblar ila qolsak, mahvu 
inqiroziy bo‗lurmiz. Yuragimiz kundan-kun toshdan ham qattig‗ 
bo‗lur. Yurakni eritayluk, ruh berayluk, inqiroz bo‗lmayluk...‖ 



Yüklə 76,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə