Kirish Fortopiono o’rgatishda innovatsion texnologiyalar



Yüklə 290,5 Kb.
səhifə1/7
tarix10.04.2023
ölçüsü290,5 Kb.
#104981
  1   2   3   4   5   6   7
FORTEPIANO


REJA:

  1. Kirish

  1. Fortopiono o’rgatishda innovatsion texnologiyalar

  2. Fortopiono o’rgatishning sinflar kesimidagi dasturi

  1. Asosiy qism

I-BOB FORTEPIANO TA’LIMINING MAZMUNI

    1. Boshlang’ich fortepiano ta’limi va fortepiano chalishning dastlabki bosqichi.

    2. Fortepiano ijrochilikni o’rgatishning mazmun mohiyati

II BOB. FORTEPIANO CHOLG’U IJROCHILIGIDA FORTEPIANO O’RGATISHNING PRINTSIPI VA TEXNOLOGIYALARI

    1. Boshlang’ich sinflarda fortepiano o’rgatish texnologiyasi o’quvchilarda musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror matni O‘zAda e’lon qilindi. So‘nggi yillarda madaniyat va san’at sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, madaniyat va san’at muassasalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda. "Bir haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak: mamlakatimizda madaniyat va sanʼat taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Xalqimizning rivojlanish darajasi avvalo milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu maʼnoda, madaniyat — bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz Oʻzbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni avvalo milliy madaniyatimizni rivojlantirishimizdan boshlashimiz lozim", — deb taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.
San’at sohasining fortepiano cholg’u asbobi tarixiga bir nazar solsak, hozirgi davr cholg’u asboblari haqida keng qo’llaniladigan cholg’u asboblardan biri fortepiano cholg’u asbobi g’arbu - sharqda birdek qo’llanila boshladi. Fortepiano cholg’u asbobining qay tarzda paydo bo’lganligi haqidagi ma’lumotlarni bilish shu sohaning mutaxasisi bo’lmagan musiqa tinglovchilari uchun ham qiziq bo’lsa kerak.
Fortepiano qattiq- sekin ma’nosini bildirib, torli klavishli cholg’u asbobi, Italiyada Kristofori Bartalameo (1709-1711 yillarda) urib chalinadigan mexanizmni o’ylab topib, yasagan. Aslida bu cholg’u asbobning tarixi juda qadim zamonlarga, ya’ni, qadimgi Yunonistonga borib taqaladi. Ko’paytirish nazariyasining asoschisi Pifagor yashagan davrda monoxord deb nomlanuvchi cholg’u asbobi mavjud bo’lgan. Bu cholg’u asbobi ustiga tor tortilgan uzun ingichka quttidan iborat edi. Bu qutti maxsus daraxt yog’ochidan yasalgani uchun undan chiqadigan tovush baland va o’z tembr xususiyatiga ega bo’gan. Tor quttichaga siljitilmaydigan xarrak bilan qotirilgan, undan tashqari yana bir harakatlantiriluvchi xarrak bo’lib, u torda harakatlantirilib musiqiy tovushni pasaytirish yoki balandlatish uchun xizmat qilgan. Vaqt o’tgan sari bitta tor yoniga boshqa torlar qo’shib borilgan. Bu cholg’u asbobda maxsus noxun (mediator) bilan, ba’zida esa torlarga maxsus tayoqcha, bolg’acha bilan urib ijro etilgan.
Klavikord cholg’u asbobi XII asrda paydo bo’lib, besh asr davomida bir qancha davlatlarda yashaydigan ustalar uni takomillashtirishga harakat qilishgan. Musiqa tovushlari kuchli, qattiq chiqishi uchun har bir klavishga bir necha tor qo’shilgan va quttining hajmi kattalashgan. Vaqt o’tishi bilan klavikordda bir nechta klaviatura jovlashtirilgan, har bir klaviatura cholg’u asbobi ovoz diapazonini kengaytirishga hamda kuchaytirishga xizmat qilgan. Bu harakatlar ham cholg’u asbobi ovozini kuchaytirishga xizmat qila olmadi. Klavikord qimmatbaho yog’ochdan, bezakli qilib yasalgani uchun boy-badavlat kishilarning mehmonxonalarini ham bezashga xizmat qilgan.XVII asr oxirida Fransiyada pastgi oq klaviaturalar qora daraxtdan qora rangda, yuqoridagilari oq rangda bo’lib fil suyagidan ishlangan. Bunday qilib yasalishining sababi u davrlarda klavishli cholg’u asboblarda ko’proq xotin – qizlar ijro etishgan bo’lib, qora klaviaturalar ustida oppoq qo’lli klavikord chalayotgan xonimlarning jozibali qo’l harakatidan zavqlanish uchun bo’lgan. Ammo bunaqa qora klaviaturalar orasidagi oraliq chiziqlar qorishib ketib, ko’rinmas va cholg’uchiga qiyinchilik tug’dirar edi. XVIII asrga kelib klaviaturalar rangi hozirgi fortepianodagidek joylashtirila boshlagan.
Klavikord bilan bir vaqtda unga o’xshash yana bir klavishli cholg’u asbobi taraqqiy eta boshlab, u har xil: klavitsimbal, chembalo, virdjinel, klavesin kabi nomlar bilan atalar edi. Oxirgisi juda keng tarqalib boshqa har xil ko’rinishdagi shunaqa cholg’u asboblarni bir umumiy nom bilan atalishiga olib keldi.


Yüklə 290,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə