Lizosomalar



Yüklə 62,9 Kb.
səhifə1/7
tarix27.12.2023
ölçüsü62,9 Kb.
#163604
  1   2   3   4   5   6   7
Lizosomlar


Lizosomlar


Reja:

1. Golji kompleksi haqida tushuncha


2. Lizosomaning umumiy ta’rifi va ochilish tarixi
3. Lizosoma turlari
4. Lizosomaning biokimyoviy xususiyatlari
5. Birlamchi va ikkilamchi lizososmalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1. Golji kompleksi haqida tushuncha
Golji kompleksi, Golji appaati, plastinkasimon apparat — hamma eukariot hujayralar uchun xos organoid. GOLJI KOMPLEKSI ni Golji (1898) nerv hujayralarida kashf qilgan. Strukturaviy va funksional birligi — diktiosoma. Hujayra sitoplazmasida birbiri bilan umumiy toʻr orqali bogʻlangan 20 ga yaqin diktiosomalar boʻladi. Golji kompleksi koʻpincha sentriollarni oʻrab turadi, hujayraning Golji kompleksi joylashgan qismida ribosomalar deyarli boʻlmaydi. Sekretor hujayralarda Golji kompleksi hujayraning apikal qismida joylashadi. Funksiyasi — oqsillarni modifikatsiyalash (glyukozalash, sulfatlash, fosforlash, qisman polipeptid zanjirni parchalash va b.), ajratiladigan mahsulotlarni granulalar holida taxlash, ayrim polisaharidlarni sintezlash, hujayra membranasini hosil qilish, lizosomalarni sintezlash. Oqsillar membranali pufakchalar ichida endoplazmatik toʻrdan Golji kompleksi ga oʻtadi. Golji kompleksida ulardan murakkab oqsillar (lipoproteidlar, mukoproteidlar, mukopolisaharidlar) hosil boʻladi. Tayyor mahsulotlar pufakchalarda toʻplanadi. Pufakchalar diktiosomalar uchidagi xaltachalardan sitoplazmaga chiqib, u yerda toʻplanadi yoki mikronaychalar orqali hujayradan tashqariga chiqariladi. Oʻsimlik hujayralarida Golji kompleksi hujayra devori tarkibiga kiradigan gemitsellyuloza va pektinni sintezlaydi, polisaharidli shilimshiq modda sintezida ishtirok etadi. Bir hujayrali hayvonlarda Golji kompleksi elementlari qisqaruvchi vakuollar hosil qiladi. Golji kompleksi granulotsitlar uchun granulalarni va spermiylar akrosomalarini shakllantiradi.
Hujayra boʻlinishida Golji kompleksi alohida diktiosomalarga ajralib ketib, yangidan hosil boʻladigan hujayralar oʻrtasida tasodifan taqsimlanadi.

G. K. ni Golji & Golji kompleksi.

Golji kompleksini tirik hujayrada o`rganish qiyin. Chunki Golji kompleksining nur sindirish ko`rsatkichi sitoplazmanikiga yaqin turadi. Shu tufayli uzoq yillar davomida bir-biriga zid bo`lgan ilmiy ishlar paydo bo`lib, ularning ko`pchiligi hozirgi vaqtda deyarli eskirib qoldi.
Elektron mikroskopni qo`llash Golji plastinkasimon kompleksining tuzilishi to`g`risida aniqroq tushuncha hosil qildi. Golji kompleksi asosan hujayra ichidagi membranalardan iborat bo`lib, sitoplazmatik vakuolalar sistemasini differen-tsiallashgan qismidir. Golji kompleksining tuzilishi o`zgaruvchan. Birinchi marta yadro atrofida yotuvchi murakkab to`r sifatida ta’riflangan bu tuzilma ba’zan yadro atrofida yotuvchi tasma yoki yadro ustida yotuvchi qalpoqcha holida ko`rinadi. Hamma hollarda ham Golji kompleksi to`rsimon tuzilmadir. Golji kompleksining bunday joylashishi va tuzilishi organellaning birdan-bir va tipik belgisi deb hisoblanadi. Keyingi yillarda Golji kompleksini yuqorida qayd qilingan joylashishidan tashqari, doira, o`roqsimon va tayoqchasimon (diktiosomalar yoki Golji tanachalari) shaklida joylashishi aniqlangan. Golji kompleksining shakli turli hujayralarda farqlanishdan tashqari, bir hujayraning funktsional holatiga qarab ham o`zgarib turadi. To`rsimon struktura kattalashishi yoki kichiklashishi mumkin.

1- rasm. Golji kompleksi. A - ganglioz nerv hujayralari. Golji usuli bilan bo`yalgan. b. 40, ok. 10. B - Golji kompleksining elektron mikrofotogrammasi. X 30.000
V.-Golji kompleksi (sxema).

Elektron mikroskopik tadqiqotlar Golji kompleksi uch xil qismdan tashkil topganligini ko`rsatadi (1-rasm, b, v).


1. Ya s s i s i s t e r n a l a r s i s t e m a s i - silliq membranalar (lamella) bilan chegaralangan. Yassi sisternalar ko`pincha 5-8 ta bo`lib, bir-biriga yaqin yotadi.
Sisternaning soni, uzunligi va ularning o`zaro masofasi turli hujayralarda bir-biridan farq qiladi. Yaqin sisternalar orasidagi masofa 14-15 nm dan ko`p emas. Har bir sisterna ichidagi bo`shliq esa 9-25 nm va undan ko`pdir. Membranalarning qalinligi 7-8 nm.
2. M a y d a m i k r o p u f a k c h a l a r - sisternalar oxirida joylashadi. Mikropufakchalarning diametri 30-50 nm dan katta emas.
3. Y i r i k v a k u o l a l a r. Bular ham sisternalar va mikropufakchalar singari membranalar bilan o`ralgan. Vakuolalar kattaligi 0,2-0,8 mkm va ko`pincha ular yassi sisterna bog`lamlarining o`rta qismida yotadi.
Golji kompleksi membranalari ham boshqa organellalar va hujayra membranalari singari oddiy biologik membranadan iborat. Golji kompleksining har xil qismlari o`zaro bog`liq. bo`lib, bir-biridan hosil bo`lishi mumkin. Masalan, yirik vakuolalar sisternalarning kengaymalaridan hosil bo`lgan.
Umurtqali hayvonlarning turli hujayralarida Golji kompleksi bir xil taraqqiy etmaydi. Golji kompleksi ko`pincha ishlamayotgan, differensiallashmagan hujayralarda kuchsiz rivojlangan. Golji kompleksining ayrim qismlari assit o`simta hujayralarida reduktsiyaga uchraydi. Golji kompleksi hujayraning funktsional holatiga qarab o`zgarishiga uchrab turadi,
Golji kompleksining joylashishi har xil hujayralarda o`ziga xos bo`ladi. U yadro atrofida yoki hujayra markazi atrofida joylashadi. Qutbli differentsiyalashgan epiteliy hujayralarida Golji kompleksi yadro ustida, ba’zan esa ba’zal qismda yotadi.
Golji kompleksini differensial sentrifugalash orqali ajratib olish qiyin bo`lganligi uchun uning bioximiyaviy tarkibi yaxshn o`rganilmagan. Umurtqali hayvonlar Golji kompleksida ko`p miqdorda yog`, lipoproteid, fosfolipid bor. Golji kompleksida tiamin pirofosfatazaning yuqori aktivligi mavjud. Undan tashqari, kislotali va ishqoriy fosfataza, nukleotiddifosfataza fermentlari borligi aniqlangan.
Ko`pgina tadqiqotlar natijasida Golji kompleksi faoliyatining sekretsiya jarayoni bilan bog`liqlngi aniqlangan. Klassik sitologiya usulpari bilan tekshirilganda sekret granulalari Golji kompleksi zonasida joylashishi ma’lum bo`ldi. Sekretor granulalarning Golji kompleksi bilan bog`liqligi qadahsimon hujayralarda, me’da osti bezining atsinar hujayralarida va shilliq ishlovchi hujayralarda yaqqol tasdiqlangan. Hujayradagi birlamchi sekret mahsuloti birinchi galda Golji kompleksining sisterna mikropufakchalariga, so`ng esa vakuolalarga o`tadi. Golji kompleksining vakuolalari hujayra yuzasnga qarab harakat qiladi va vakuola pardasi hujayra membranasi bilan birlashib, sekret tashqariga quyiladi. Me’da osti bezining atsinar hujayralari pilokarpin yoki ovqat berish yo`li bilan stimullashtirilganda Golji kompleksining vakuolyar komponentlari va zimogen granulalari hosil bo`lishi tezlashadi.


2- rasm. A – H3 glyukozaning qadahsimon hujayra Golji kompleksi sohasida va sekretor donachalarda joylashishi. Elektron mikroskopik avtoradiografiya. X 10.000.
1-Golji kompleksi; 2-sekretor donachalar: 3 – H3 - glyukoza (treklar). B.Golji kompleksiking lipidning transport qilinuvchi shakllarini (xilomikronni) hosil kilishda ishtiroki. Och ichak vorsinkasining prizmatik hujayrasi. Elektron mikrofotogramma - X20.000.
1-Golji kompleksi; 2-lipid donachalar; 3-xilomikron; 4-mitoxondriya.
Oxirgi vaqtlarda Golji kompleksining glikoproteidlar sintezida ishtirok etishi to`g`risida ma’lumotlar bor. Glikoproteidlar hosil bo`lishida qatnashadigan H3 - glyukoza Golji kompleksiga yig`iladi (2-rasm, a). Ribosomalarda sintez bo`lgan oqsil ham shu yerga kelib karbonsuvlar bilan qo`shiladi va glikoproteid hosil bo`ladi.
Golji kompleksining yog` s o` r i l i sh i d a ishtiroki to`g`risida ham dalillar bor. Hayvonga yog` berilgandan so`ng 40-75 min. o`tgach, ko`pgina mayda lipoid tomchilari ichak prizmatik epiteliysi Golji kompleksining kengaygan sisternalarida va va kuolalarida yig`iladi (2-rasm, b). Shunday qilib, bu organella yog` so`rilishida ham ishtirok etadi.

Yüklə 62,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə