Mundarija: Kirish I -bob. Umumiy qism Transport mashinalari haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 69,26 Kb.
səhifə1/16
tarix11.12.2023
ölçüsü69,26 Kb.
#144780
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Mundarija Kirish I -bob. Umumiy qism Transport mashinalari haqi-fayllar.org


Mundarija: Kirish I -bob. Umumiy qism Transport mashinalari haqida umumiy ma’lumot


Mundarija:

Kirish

I -Bob. Umumiy qism

1. Transport mashinalari haqida umumiy ma’lumot. ……………….

2. Temir yo’l transporti haqida umumiy ma’lumot …………................

II Bob. Maxsus qisim

Temir yo’l transportini hisoblash


  1. Ekskavator turini tanlash va uning sonini aniqlash……………….


  2. Lokomotiv turini tanlash va sostavdagi vagonlar sonini aniqlash


  3. Qabul qilingan sostav og’irligini tormozlash sharti bo’yicha tekshirish ……………………


  4. Sostav og’irligini dvigatellari qizishi bo’yicha tekshirish ….


  5. Elektrovozlar elektr energiyasi sarfini aniqlash ……………


III Bob. Texnika xavsizligi

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish; ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.
Farmon bilan 2017−2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Milliy komissiya, shuningdek ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etildi. Milliy komissiyaga Prezidentning o‘zi boshchilik qiladi.
Hujjatda harakatlar strategiyasini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo‘nalishi hisoblanishi belgilangan.
Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda xalqning davlat hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish topshirildi.
Farmonda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda byurokratik to‘siq va g‘ovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini kampaniyabozlikka aylanishiga yo‘l qo‘ymasligi qayd etildi. Bundan tashqari, davlat dasturi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishini ta’minlash belgilangan.
Ishlab chiqarish sanoati orqali mamlakatni rivojlantirish uchun kon sanoati tarmog’ini yanada takomillashtirish va rivojlantirish maqsadida bir qator islohotlar va yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Kon sanoati tarmog’ida faoliyat olib boruvchi yetuk kadrlarni tayyorlash hamda ularni har tomonlama yetuk mutahasislar sifatida bilimini oshirish davlatning asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko’rilmoqda. Konchilik sanoatida tashish transport vositalarini to’g’ri tanlash va ulardan oqilona foydalanish katta iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun imkoniyat yaratadi.
Konchilik ishlarida qo’llaniladigan transport vositalarini asosiy ikki katta guruhga ajratishimiz mumkin. Bo’lar uzluksiz hamda uzlukli tashuvchi transport mashinalari. Uzluksiz tashuvchi transport vositalari sirasiga konveyer transporti, kanatli tashish vositalarini kirgazishimiz mumkin. Uzlukli tashish transport vositalariga esa avtomobil hamda temir yo’l transport vositalarini misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Transport mashinalarini kon sharoitida ishlatishda ularni bir qator parametrlarini inobatga olgan holda tanlash talab etiladi. Har bir transport turi o’zining bir qator avzallik va kamchiliklariga ega, kon sharoitidan kelib chiqib ularni tanlash transport vositasidan foydalanish samaradorligining katta bo’lishiga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.



Yüklə 69,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə