Mundarija kirish I bob. Alisher navoiyning pedagogik qarashlari



Yüklə 84,67 Kb.
səhifə1/9
tarix29.11.2023
ölçüsü84,67 Kb.
#139954
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari



MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB. ALISHER NAVOIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI

    1. Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari………..5 

    2. Alisher Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo‘shgan hissasi………10

I bob bo‘yicha xulosa…………………………………………………………….16
II BOB. ALISHER NAVOIYNING O‘QITUVCHI (MUDARRIS) TO‘G‘RISIDAGI FIKRLARI 
2.1. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va taffakkuri……………………………..17
2.2. Alisher Navoiy merosini va ilm-ma’rifatini o‘rganish……………………….23
II bob bo‘yicha xulosa…………………………………………………………...25
UMUMIY XULOSA….………………………………………………………….26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………..28


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‘tmishdagi buyuk mutafakkirlarning dono fikrlari, o‘gitlari, tafakkur mevalari, ijodiy yutuqlarini o‘rganish xalqimizning ma’naviy dunyosini kengaytirish bilan bir qatorda, yosh avlodning barkamol inson bo‘lib yetishishida muhim vositalardan biri sanaladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Sharq murafakkirlaridan biri, o‘zbek adabiyotining zabardast siymosi, komil inson kuylovchisi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosini o‘rganish, undan ta’lim tarbiya jarayonida foydalanish har bir pedagogning vazifasi hisoblanadi. Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha`n –u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z sa`natkoridir. Ta`bir joiz bo‘lsa, olamda turkey va forsiy tilde so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki , u Navoiy sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa, “Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak , mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultoni”, I.A.Karimov Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo‘lsa ham, o‘zining bu haqidagi fikrlarini deyarli barcha ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan.
Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’limtarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g‘oyalari bosh o‘rinda turadi. Uning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina hisoblanadi. U o‘z asarlarida har bir so‘zdan unumli va o‘rinli foydalana olgan. Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har tomonlama namuna bo‘ladi. Ulug‘ shoir o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qo‘shdi, umuminsoniy fazilatlar to‘g‘risidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham muhimdir.

Yüklə 84,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə