Mundarija: Kirish I. Bob. Bolalarda ekologik tarbiyani shakllantirish



Yüklə 46,14 Kb.
səhifə1/11
tarix11.12.2023
ölçüsü46,14 Kb.
#148107
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bolalarda ekologik tarbiyani shakllantirish


Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………3
I.Bob. Bolalarda ekologik tarbiyani shakllantirish…………………………….6
1.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotda rivojlanish markazlarini samarali tashkil etish…………………………………………………………………………9
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ekologik ta'lim tarbiya berish….14
II.Bob. Ekologik bilimlarni rivojlantirish zarurati
2.1. Ekologik ta’lim tarbiyaning maqsad va vazifalari.................................20
2.2. Ekologik bilimlarning metodologik asoslari…………………………..22
2.3. Insonni ekologik jihatdan tarbiyalash umumiy ta'lim-tarbiyaning
tarkibiy qismi ekanligi……………………………………………………..24
2.4. Ekologik tarbiya - tarbiya nazariyasining yangi shakli……………….27
Xulosa………………………………………………………………………….…31
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….…..33

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston prezidentining qarori: Ta’lim – tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni (keyingi o‘rinlarda — Farmon) ijrosini ta’minlash maqsadida:
So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda.
O’zbekiston Respublikasini siyosiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, uning ekologik va biologik barqarorligini ta‘minlash davrimizning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim-tarbiya masalalariga katta e’tibor qaratib, «oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi», deb ta’kidladi.
Komil inson tarbiyasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti sifatida qaraladi. Ma’lumki, pedagogika va psixologiya fanlari yetuk mutaxassislarning shakllanishida ta’lim-tarbiyaning inson rivoji, shaxs kamoli va ta’lim tizimi o‘z ichiga olmaydigan etnik, tarixiylik, mustaqillik, tabiiy-ekologik, ruhiy-hissiy bilish, rivojlanish hamda komillik omillariga suyanadi. Bundan tashqari, ushbu fanlar oldiga yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, milliy mafkuraning keng qamrovli sifatlarini shakllantirish vazifalari ham qo‘yildi.
Inson paydo bo’lganidan beri ekologiya bilan shug’ulanadi. Hayot tabiat dialektikasi asosida rivojlanishiga tarix guvohdir. Shuning uchun ham jamiyat va tabiat birligini noto’g’ri baholash unga nisbatan zid harakatlar qilish jamiyatda tuzatib bo’lmas hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu jarayonni to’g’ri tushunish uchun ekologiya fanini o’rganish lozim. Ingliz olimi Djulian Xaksli (1972) ma‘lumotlariga ko’ra, Yerda hayot 2700 000000 yil oldin paydo bo’lgan bo’lsada, insonning tabiatga faol ta‘siri Kichik Osiyoda 10000 yil oldin boshlangan yoki boshqacha qilib aytganda, neolit, ya‘ni yangi tosh asri davridan (Piter Farb, 1971) oldin boshlangan. Chex olimi Ya.Yelinek (1982) ma‘lumotlari bo’yicha Yaqin sharqda eramizgacha bo’lgan 8-7 ming yillarda shaharlar mavjud bo’lib, suyakka ishlov berish texnikasi mavjud edi. V.S.Altunin va A.S.SHulyak (1991) kabilarga ko’ra, insonning tabiiy muhitga faol ta‘siri mezolit (eramizgacha 10-5 ming y.) davridan boshlangan, Yaqin Sharqda meziolit madaniyati 10500 yillarda ancha rivojlangan.
Amudaryo va Zarafshon daryolari oqimi hozirgiga nisbatan 2,5 marta ko’p bo’lgan. Antropogen omilning atrof muhitga ta‘siri eramizgacha bo’lgan birinchi ming yillikgacha kuchayib borgan. Eramizgacha bo’lgan VII asrda tabiat o’zgarishi shu darajaga yetganki, uni muhofaza qilish bo’yicha «Inson-havo, suv va zaminning pokligini ta‘minlashi, tabiatni asrab avaylashi, o’zini doimo ozoda tutishi lozim» (Avesto) degan chaqiriqlar paydo bo’la boshladi. Yer, suv, havo ekologiyada fundamental tushuncha bo’lgan «biogeotsenoz»ning tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu davrdan boshlab atrof muhitda salbiy hodisalar kuzatilib ekologik va biologik qonuniyatlarni o’rganish zaruriyati paydo bo’ldi.

Yüklə 46,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə