Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “boshlang’ich ta’lim” fakulteti 5111700- boshlang’ich ta’lim yo’nalishi



Yüklə 126,95 Kb.
səhifə1/8
tarix22.12.2023
ölçüsü126,95 Kb.
#154376
  1   2   3   4   5   6   7   8
2 5402341922268264138


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

BOSHLANG’ICH TA’LIM” fakulteti
5111700- Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
5 yillik sirtqi IV kurs 403 guruh talabasi
Sayidova Dilfuzaning
Ona tili o’qitish meodikasi” fanidan


KURS ISHI


MAVZU: “2 -sinfda tekshiruv diktanti va uni tashkil etish”


Ilmiy rahbar: _____________________________________


Toshkent 2023
Mundarija
I. Kirish………………………………………………………..............3
II. Asosiy qism

1.Diktant va uning turlari.,..............................................................6


2.Tekshiruv diktantlar tashkil etish va bajarilish metodikasi......................................11
3. Boshlang'ich sinflarda diktantni tahlil qilish va diktantlarni baholashda foydalaniladigan me’yorlar.................15.

III. Xulosa .............20
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ..........................................................23
V. Ilovalar........................................................................25

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish. . Yangi asr o`qituvchisini tayyorlashda uning pеdagogik-psixologik va intеllеktual salohiyat bo`yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta'lim bo`yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta'lim tеxnologiyalari, ta'limning intеrfaol usullari va ilg`or samarali mеtodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali usullaridan xabardor bo`lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’limning quyi bosqichida bolalarni o'qish, yozishga o'rgatish, nutqini o‘stirishga, tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga alohida e ’tibor berish zarur.
Bolalarning eshitish, ko'rish qobiliyatlarini rivojlantirishda ularni diktant yozishga o'rgatish foydalidir. Ish avval doskadan yoki kitobdan ko'chirib yozishga o'rgatishdan boshlanadi. So‘ng bo'g'in, so'z va gaplarni eshitib yozish, to'g'ri yozilganligini o'qib tekshirish vazifasi beriladi. Birinchi sinf o'quvchilari bir nechta tovushlarni o'rganib olganlaridan so'ng, dastlab ular ikki yoki uch tovushdan iborat so'zlarni eshitib yozishga o'rgatiladi. Imloni o'rgatishda diktant yozdirib turish — o'quvchilarning savodxonligini oshirishga yordam beradi. Yozuv mashqlari bolalarning ruhiy holatlari bilan bog'liq bo'lib, bu murakkab ishni tezda amalga oshirish qiyin kechadi. Tovushlarni yozganda harfga aylantirib yozish jarayonida bolalarda turg'unlik alomatlari seziladi. Jumladan, ular bosma harflarda o'qiganlarini xotirlab, ularni yozmacha qilib yozish mashaqqatini boshdan kechiradilar. O'quvchida diktant yozishda paydo bo'lgan malaka keyinchalik bayon, insho yozishga zamin hozirlaydi. Diktant uchun tanlanadigan so'z, gap va matnlar sodda, tushunarli bo'lishi bilan birga ta’limiy ahamiyatga ega bo'lib, bolaning qiziqishlarini oshirishga xizmat qilishi lozim. Diktant yozishda bola husnixat qoidalariga ham to'la rioya qilishi kerak.Mazkur vazifalar muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi ya’ni uzluksiz ta’lim tizimni xodimlari, pedagog o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalar mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishda, shuningdek ta’lim jarayonida tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bo‘lajak o‘qituvchi-pedagoglarining xususiy fanlari asoslarini o‘qitishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar jarayonini noan’anviy shakllarda tashkil etish, ta`lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalarda oqilona foydalana bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi ta`lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o`zlashtirilishi, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarning hosil bo`lishini kafolati bo‘la oladi.
Ta’limning asosiy vazifalaridan biri insoniyat hozirgacha erishgan ilmiy bilimlar va fan-texnikaning yutuqlari bilan yosh avlodni qurollantirishdir. Yosh avlodda shunday bilimlar tizimini yaratish lozimki, bu bilimlar ularning keyingi rivoji uchun asos bo‘lib xizmat qilsin. Hozirgi kunda bilimlar hajmi, axborotlar hajmi tobora oshib borayotgan bir davrda ta'lim tizimi talabalarga berishili kerak bo'lgan bilimlar, malaka va ko‘nikmalar hajmini belgilash hamda bu jarayonda qaysi omillarni hisobga olish kerak degan masalalarni yechimini topish ustida bosh qotirmoqda. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko’p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo’llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.
Aynan shu avlodning fidokorona mehnati tufayli o‘z paytida mamlakatimizdagi yirik industriya komplekslari barpo etildi va modernizatsiya qilindi. Ularning aqlzakovati va sa’y-harakatlari bilan sanoatning yangi, yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlari tashkil etildi, noyob infratuzilma obyektlari qurildi, fermerlik harakati shakllantirildi, shahar va qishloqlarimizning qiyofasi tubdan o‘zgardi. Aynan ana shunday tabarruk insonlaming Vatanimizga bo‘lgan buyuk mehr-muhabbati va jonkuyarligi tufayli mustaqil O‘zbekiston davlatining mustahkam zamini yaratildi. Bugungi imkoniyatdan foydalanib, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi fidokorona xizmatlari uchun muhtaram nuroniylarimizga, qadrli mehnat faxriylariga o‘zimning yuksak hurmat-ehtiromim va samimiy tilaklarimni bildirishga, ularning barchasiga uzoq umr, mustahkam sog‘lik, baxt-u saodat va farovonlik tilashga ruxsat bergaysizlar. Shu borada bir fikrga alohida urg‘u berib ta’- kidlamoqchiman: yoshi ulug‘ insonlar, katta avlod vakillariga e’tibor va amaliy g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, ularning pensiyalarini oshirish, tibbiy xizmat va ijtimoiy-maishiy ta’minotini yaxshilash bundan buyon ham Prezident uchun, Hukumatimiz va barcha hokimliklar uchun eng muhim ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: Boshlangich sinflarda ona tili fanlarida diktant turlari va ularning baholanishi diktanlarni tahlil qilish.Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida imloviy bilimlarni yanada takomillashtirish uchun har jihatdan samarali bo‘lgan dars uslublarini ishlab chiqish, ish faoliyatida ko‘proq samarali deb baholangan usullarni tatbiq qilish, mazkur ish alohida, alohida turgan eng muhim maqsaddir. Bunday usullar jumlasiga grammatik o‘yinlar, testlar, diktant turlari, ta’limiy diktantlar, boshqotirmalar mansub bo‘lib, ulardan ona tili darslari uchun maqsadga muvofiqlarini tanlab olish lozim. Kurs ishining obyekti: Umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang`ich sinf ona tili darslaridagi o’qitish jarayoni.Umumta’lim maktablarining boshlang`ich sinflarida ona tili darslarida diktant yozish haqidagi tushunchalarni shakllantirish mazmuni, usullari, metodlari va samarali vositalari.Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatlaridan foydalanish,ilovalar.


Yüklə 126,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə