Reja: Po’lat ishlab chiqarish



Yüklə 51,32 Kb.
səhifə1/6
tarix30.12.2023
ölçüsü51,32 Kb.
#165921
  1   2   3   4   5   6

Mavzu: Po’lat ishlab chiqarish

Reja:


  1. Po’lat ishlab chiqarish

  2. Konvertorning sxemasi

  3. Po’lat quyish texnologiyasi

Foydalanilgan adabiyotlar.
Po’latning temir bilan uglerod qotishmasi ekanligi va uning tarkibida 2,14% gacha uglerod bo’lishi yuqorida aytib o’tilgan edi. Po’lat hozirgi zamon texnikasining barcha sohalarida xilma-xil detallar, mashinalar va konstruksiyalar tayyorlash uchun ishlatiladigan asosiy materialdir. Texnikada ishlatiladigan po’lat tarkibida, ugleroddan tashqari, boshqa elementlar, kremniy, marganes, fosfor, oltingugurt va boshqa elementlar ham bo’ladi va asosan, cho’yandan olinadi. Po’latning cho’yandan farqi shuki, po’lat tarkibida uglerod ham, boshqa elementlar ham cho’yandagiga qaraganda kam bo’ladi.
Demak, cho’yandan po’lat olish jarayoni cho’yan tarkibidagi uglerod va boshqa elementlar miqdorini kamaytirishdan iborat. Hozirgi vaqtda po’lat olishning uchta usuli mavjud. Bular:

  • Konvertor usuli.

  • Marten usuli.

  • Elektr usuli.

Po’lat olishning ana shu usullari bilan qisqacha tanishib o’tamiz.
Konvertor usuli faqat suyuq cho’yandangina po’lat olishda qo’llaniladi. Konvertor usulining mohiyati shundan iboratki, suyuq cho’yan konvertor (ba’zan, konverter) deb ataladigan va oldindan qattiq qizdirib olingan idishga solinadi va cho’yan orqali havo haydaladi.

Konvertorning tuzilish sxemasi
Haydaladigan havo tarkibidagi kislorod cho’yandagi uglerodni va qo’shimcha elementlarni oksidlaydi (yondirib yuboradi), natijada cho’yan tarkibidagi uglerod bilan qo’shimchalar miqdori kamayadi va po’lat hosil bo’ladi. Konvertor 15-25 mm qalinlikdagi po’lat list 1 dan nok shaklida yasalgan idish bo’lib, uning ichki devori o’tga chidamli g’ishtdan terilgan. Ichki devorining qalinligi, konvertorning sig’imiga qarab, 75 dan 400 mm gacha bo’ladi. Konvertor o’rta qismining sirtiga po’lat halqa (belbog’) qilingan. Bu halqaga ikkita sapfa (3 va 4) mahkamlangan. Sapfalar fundamental o’rnatilgan kolonnalarga tayanib turadi. Konvertorga haydaladigan havo kovak sapfa 3 orqali havo qutisi 7 ga va undan furmalar 9 orqali konvertor ichiga kirib, suyuq cho’yandan o’tadi. Yaxlit sapfa 4 ning uchiga tishli g’ildirak 5 o’tqazilgan, tishli g’ildirak esa tishli reyka 6 bilan tishlashtirilgan. Tishli reyka harakatlantirilganda tishli g’ildirakni va u bilan biriktirilgan konvertorni zarur burchakka buradi, tishli reykani esa elektr dvigateli yoki gidravlik yuritma harakatga keltiradi.
Konvertorning pastki qismida almashtiriladigan tub 8 bor, bu tub o’tga chidamli materialdan yasalgan bo’lib, undagi kanallarga maxsus trubalar – furmalar 9 tig’iz qilib o’tkazilgan. Konvertor ichida havo ana shu furmalar orqali kiradi.
Konvertor usulida cho’yandan po’lat olish uchun tishli reyka harakatlantirilib, konvertor gorizontal vaziyatga keltiriladi (2-rasm) va unga furmalar sathidan sal pastroqqacha suyuq cho’yan quyiladi.
Shundan keyin konvertorga havo hayday boshlanadi va ayni vaqtda konvertor sekin-asta vertikal vaziyatga keltiriladi. Konvertorni gorizontal vaziyatga keltirish bilan bir vaqtda haydalayotgan havo bosimi oshirib boriladi. Konvertor vertikal vaziyatga kelganda havo bosimi 2,5 atm (0,25 MN/m2) ga yetkaziladi.
Konvertorga haydalgan havo suyuq cho’yan orqali o’tayotganda uning kislorodni cho’yan tarkibidagi uglerodning ma’lum qismini va qo’shimchalarni oksidlaydi, natijada cho’yan po’latga aylanadi.


Yüklə 51,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə