Tuproqning mineralogik tarkibi



Yüklə 404,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix23.09.2023
ölçüsü404,28 Kb.
#122901
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kitob 2285 uzsmart.uz



Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта 
махсус таълим вазрлиги 
 
Қарши давлат университети 
 
Табиий фанлар факультети
 
Тупроқшунослик таълим йўналиши
2- курс талабаси 
Эргашев Фаррухнинг 
 
 Тупроқнинг минералогик таркиби
мавзусида ёзган
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Қарши-2016 


 
 
TUPROQNING MINERALOGIK TARKIBI 
 

REJA. 
 
 KIRISH 
 
II.ASOSIY QISIM 
 
II.1.MAGMATIK, CHO’KINDI VA METAMORFIK TOG’ JINSLARI 
 
II.2.TUPROQ MINIRAL TARKIBI 
 
II.3.TUPROQ TARKIBIDAGI BIRLAMCHI MINIRALLAR 
 
II.4.TUPROQ TARKIBIDAGI IKKILAMCHI MINIRALLAR
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
КIRISH 
 
Tuproqshunoslik qishloq xo‘jalik fanlarning negizi bo‘lib, tuganmas boylik 
va kerakli xom Ashe yetishtiradigan manba-tuproq haqidagi fandir.Qishloq 
xo‘jalik ishlab chiqarishning asosiy vositasi-yer, tuproq bioqatlamining 
barqarorligi va ekologik holatini saqlab turishda ham kata rol o‘ynaydi. Bo‘lajak 
agronom-tuproqshunos va agrokimyo mutaxassisligi uchun ishlayotgan xo‘jalik 
tuproqlarini batafsil o‘rganishi va unumdorligini oshirish tadbirlarini yaxshi 
bilishi kerak.Tuproqshunoslik-tuproq haqidagi Fan bo‘lib tabiiy jism va ishlab 
chiqarish vositasi hisoblangan tuproqning kelib chiqishi, tuzilishi, tarkibi va 
xossalari, unumdorligi va geografik tarqalishi qonunlari o‘rganadi.Tuproq va 
uning xossalari haqidagi dastlabki tushunchalar qadimgi davrlardan boshlab, 
dehqonchilik talablari asosida yuzaga kela boshladi. Bu Fan XIX asr oxirlarida rus 
olimlaridan V.V.Dokuchayev, P.A.Kostichev, N.N.Sibirsev, V.P.Vilyams 
g‘oyalari tufayli shakllandi va rivojlandi. 
V.V.Dokuchayev birinchi bo‘lib tuproqning paydo bo‘lish omillari 
to‘g‘risidagi ilmiy nazariyani yaratdi va tuproq tushunchasiga ta’rif berib, tuproq 
deganda, suv, havo hamda tirik va o‘lik organizmlar ta’sirida tabiiy ravishda tog‘ 
jinslarining yuzasining tashqi gorizontlariga aytiladi.Tuproq o‘zining kelib chiqishi 
Bilan boshqa tabiiy jismlardan farq qiladi. V.V.Dokuchayev ko‘rsatilishicha, yer 
yuzidagi barcha tuproqlar mahalliy iqlim o‘simlik va hayvonot organizmlari, ona 
tog‘ jinslarining tarkibi va tuzilishi maydonning relef iva biologik yoshi 
kabilarning murakkab ta’siri natijasida paydo bo‘lgan. Tuproqshunoslik fanining 
asoschilaridan 
biri 
N.M.Sibirsev, 
V.V.Dokuchayevning 
tuproq 
haqidagi 
g‘oyalarini rivojlantirib tuproq haqidagi tushunchaga o‘zining ayrim fikrlarini 
kiritdi. Uning tuproqqa bergan ta’siri «Tabiiy tuproqlar deganda, qit’alarning yuza 
qismi hosillari yoki tog‘ jinslarining shunday tashqi gorizontlariga aytiladiki, 
undagi ekodinamik hodisalar, shu qatlamgacha kirib borpayotgan organizmlarning 
ta’siri yoki biosferaning tarkibiy qismlaridan yuzaga kelgan jarayonlarning o‘zaro 
birgalikdagi ta’siri tufayli kechadi. 
P.A.Kostyachev tuproqning hosil bo‘lishida biologik omillar, ayniqsa 
o‘simliklar olami roliga alohida e’tibor beradi va «Tuproq deb, o‘simliklarning 
ildizlari chuqur kirib boradigan yer yuzasining ustki qatlamini tushunish kerak». 
Tuproqshunoslik Fani tabiiy ilmiy Fan sifatida geologiya, mineralogiya, fizika, 
Kime, mikrobiologiya kabi fanlar Bilan bog‘liq holda tuproqni o‘rganadi va 
rivojlanadi. Tuproqning qattiq fazasi mineral va organik moddalardan tashkil topgan. 
Tuproqning mineral qismi uning massasiga nisbatan 80-90 % ni tashkil etib, torfli 
tuproqlarda esa 1-10 % dan iboratdir. Tuproqning mineral qismi quruqlikning yuza 
qatlamidagi tog‘ jinslarining nurashidan hosil bo‘ladi.Litosferadagi yerning qattiq 
qobig‘i – magmatik, metamorfik va cho‘kindi jinslardan tashkil topgan. Litosferadagi 
erigan magma chuqur qatlamlarda yuqori bosim natijasida intruziv (granitlar, 
silvinitlar, dioritlar va boshqa) jinslarga hamda yer yuziga oqib chiqqan magmaning 
odatdagi atmosfera bosimi sharoitida qotishi natijasida effuziv (bazaltlar, porfiritlar, 
tuflar) kabi jinslarni tashkil qiladi. 



Yüklə 404,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə