Tuproqning mineralogik tarkibi



Yüklə 404,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix23.09.2023
ölçüsü404,28 Kb.
#122901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kitob 2285 uzsmart.uz

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


II.3 Birlamchi minerallar
magmatik tog‘ jinslarining nurashi va 
yemirilishi natijasida hosil bo‘lib tuproqqa meros bo‘lib o‘tadi. Birlamchi 
minerallar tuproqda yirik qum va shag‘al zarrachalari sifatida uchraydi. Bu 
minerallar panjarasi juda ham turg‘un bo‘lib kristallangan suvni kam qabul qilib, 
deyarli namlanmaydi, fizika-kimyoviy yutish qobiliyati sust bo‘lib, bo‘kish 
qobiliyatiga ega emasdirlar. Birlamchi minerallar tuproq hosil bo‘lish jarayonida, 
ya’ni tirik organizm, iqlim sharoitlari va suv eritmalari ta’sirida ma’lum darajada 
o‘zgaradi.. Tuproq tarkibidagi minerallar silikat va alyumosilikatlar guruhiga 
kiradigan birikmalardan iborat bo‘lib, kristallografik tuzilishi, mustahkamligi, 
turg‘unligi bilan bir-biridan Tuproq tarkibida turg‘un, hali yemirilmagan minerallar 
miqdori ko‘p bo‘lsa, bu tuproqlar ancha yosh hisoblanadi. Tuproq hosil bo‘lish 
jarayonida birlamchi minerallar suvda erib, o‘simlikka kerak bo‘lgan oziqa 
moddalari fosfor, kaliy, oltingugurt, kalsiy, magniy va mikroelementlar bilan 
ta’minlaydiajralib turadi. Kristallik va amorf holatda bo‘lib, ularni yemirish uchun 
katta energiya talab qilinadi. Birlamchi minerallar tuproqning yirik zarrachalari, 
ya’ni > 0,001 mm dan katta bo‘lgan chang, qum, shag‘allarda to‘plangan bo‘lib, 
loyli ikkilamchi minerallar esa < 0,001 mm dan kichik bo‘lgan loyda dispers 
zarrachalarda to‘planadi. Birlamchi minerallar tuproqning qum zarrachalarida 90-
98 %, changlarda 50-80 %, loy qismida esa 10-12 % uchraydi. Birlamchi
minerallar kristallografik tuzilishi va kristallokimyoviy tarkibiga binoan 
yemirilishga bardoshligi va turg‘unligi bilan ajralib turadi. Eng bardosh 
minerallarga kvars, anataz, granat, ilmenit, magnetit, monatsit, muskovit, rutil, 
stavrolit, sfen, turmalin, shpinel, sirkon kiritilgan. O‘rtacha tezlik bilan 
yemiriladigan minerallar qatoriga olivin, rombik piroksen, plagioklazlar kiradi. 
Dala shpati, slyuda, karbonatlar esa tez yemiriladigan minerallar hisoblanadi. 
Silikatli minerallarning kristallik panjarasi kremniy va kislorod anionidan 
tuzilgan bo‘lib, kremniy-kislorodli tetraedrni (SiO
4
)
4
tashkil qilib, manfiy 
zaryadlangan. Tetraedrlar alohida yoki zanjirsimon tuzilgan bo‘lishi mumkin. 
Masalan, ortosilikatlar kremniy-kislorodli tetraedrlar alohida, kvars kabi 
minerallarda esa ketma-ket zanjir sifatida tuzilgan. Shuning uchun tetraedrning 
to‘rtta kislorodli ionlari boshqa tetraedrlar uchun ham umumiy bo‘lib, kvars 
panjarasi mustahkam, yemirilish jarayonida turg‘un hisoblanadi. Biroq tabiatda 
kremniy-kislorodli tetraedrlar (AlO
4
)
5-
bilan almashinish jarayonlari keng 
tarqalgan. 
Dala shpatlari tarkibida xuddi shunday jarayonlar ro‘y berib, shuning uchun 
uning kristallik panjarasida natriy, kaliy yoki kalsiyning miqdori ko‘p bo‘ladi. Dala 
shpatlari uchta kremniy-kislorodli va alyumo-kislorodli tetraedrlardan tuzilgan 
bo‘lib, kvarsga nisbatan bo‘shroq panjarani tashkil qiladi va tez yemiriladi. Biroq 
Al va ON boshqa oktaedr (Al(OH)
6
)
3-
tuzilishdagi mahkam birikmani hosil qilib 
kremniy-kislorodli tetraedr bilan birgalikda slyuda va boshqa loy minerallarida 
mustahkam kristallik panjarani hosil qiladi. 
Alyumo-gidrooksidli oktaedrlar alohida polimer panjaralar hosil qilishi 
mumkin. Bunga misol qilib gidrargillit mineralini keltirsak bo‘ladi. Tabiatda 
kremniy-kislorodli tetraedrlar zanjir, lenta, yaproqsimon shaklda alyumo-
gidrooksil oktaedrlari bilan birikib birlamchi va ikkilamchi minerallarning 


kristalloximik birikmalarini vujudga keltiradi. Oktaedrlar tarkibidagi alyuminiy, 
magniy, ikki valentli temir va boshqa kationlari bilan almashinib turli toifadagi 
mineral birikmalarini hosil qilishi mumkin. 

Yüklə 404,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə