Tuproqning mineralogik tarkibi


II.1 Magmatik tog‘ jinslari



Yüklə 404,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix23.09.2023
ölçüsü404,28 Kb.
#122901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kitob 2285 uzsmart.uz

 
II.1 Magmatik tog‘ jinslari
yuqori harorat, bosim, suv yetishmovchiligi 
sharoitida hosil bo‘lib, o‘zining yuqori zichligi, kristallik tuzilishi, barqarorligi
kimyoviy va mineral tarkibi bilan ajralib turadi. Magmatik tog‘ jinslari yer yuzida past 
bosimda barqaror bo‘lib yemiriladi va o‘z shaklini o‘zgartirib, yer ustki qatlamining 
termodinamik sharoitiga chidamli yangi tog‘ jinslarini hosil qilishi mumkin. 
Cho‘kindi tog‘ jinslari
magmatik jinslarining atmosfera agentlarining, ya’ni 
haroratning o‘zgarishi, yog‘in-sochin, suv, shamol, muzlash ta’sirida mexanik 
yemirilishdan hosil bo‘ladi. Soz, sozsimon, qum, qumtosh, konglomerat, slanetslar 
hamda dengiz yotqiziqlari gips, dolomit, toshtuz, ohaktosh, marmar yoki kolloid 
cho‘kindilar, kristall yoyinki amorf holatda ham hosil bo‘lishi mumkin. Dengiz 
cho‘kindilari, hayvonot skeletlari va o‘simlik qoldiqlari organogen yoki biolitli jinslar, 
ohaktosh, bo‘r, toshko‘mir va neft kabi mahsulotlarini hosil qiladi. Cho‘kindi tog‘ 
jinslari dunyodagi quruqlikning (materikning) 75 % maydonini tashkil qilib, dengiz 
va kontinental yotqiziqlarga bo‘linadi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, dengiz 
yotqiziqlariga ohaktoshlar, sozlar, slanetslar, qumtoshlar va quruqlikda paydo bo‘lgan 
muzlik, daryo, ko‘l, shamol yotqiziqlariga ajratiladi. 
Metamorfik tog‘ jinslari
,
ya’ni gneys, slanets, marmar va boshqalar yerning 
chuqur qatlamlarida yuqori harorat va bosim ostida cho‘kindi va magmatik jinslarning 
qayta kristallanishidan hosil bo‘lgan mahsulotdir. 
Tog‘ jinslari uch mingdan ortiq minerallardan tashkil topgan. Cho‘kindi, 
magmatik, metamorfik jinslarning tarkibiga kiradigan minerallar bir necha o‘ntadan 
oshmaydi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 404,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə