Tuproqning mineralogik tarkibi


Limonit, gematit, magnetit



Yüklə 404,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix23.09.2023
ölçüsü404,28 Kb.
#122901
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kitob 2285 uzsmart.uz

Limonit, gematit, magnetit
. Limonit tuproq, yemirilish po‘stlog‘i va 
yotqiziqlarda temirning suvli minerali Fe
2
O
3
· H
2
O nH
2
O sifatida uchraydi. 
Temirning suvli gidrooksidi tuproqqa qo‘ng‘ir, qora-qo‘ng‘ir, jigarrang, qizg‘ish 
va qizil ranglarni berib konkretsiya, plita sifatida va qattiq po‘stloq tuzilishdagi 
marganets bilan birgalikda hosil bo‘ladi. Tuproqda bu toifadagi birikmalar asosan 
amorf holatdagi temir gidrooksidi Fe(OH)
2
va Fe(OH)
3
hisoblanadi. U temir 
sulfatli kolloidlar FeS · nH
2
O, birikib torf, loy qatlamlar, sho‘rxok yerlarda rangni 
hosil qiladi. Biroq bu moddalar o‘z tarkibidagi suvni yo‘qotib limonit, magnetit 
(Fe
2
SO
4
) va gematitni (Fe
2
SO
3
) vujudga keltiradi. Temir oksidlari sernam 
tuproqlarda uning unumdorligini oshiradi hamda subtropik tuproqlarda fosfor va 
organik kislotasini yutishda faol qatnashadi. 
Alyumosilikatli minerallar yemirilishi natijasida tuproq eritmasi va 
kolloidlarda alyuminiyning amorf birikmalarini hosil qiladi. Alyuminiy 
gidrooksidining minerallari subtropik, tropik va botqoqlik tuproqlarda to‘planadi. 
Gibbsit (gidrargillit) 
– Al(OH)
3
yoki Al
2
O
3
·3H
2
O tropik tuproqlarda 
kolloid yoki soxtakristallik holatda bo‘lib konkretsiya, oqmalar, po‘stloq va 
agregat shaklida oq rangda uchraydi. 
Alyuminiy gidrooksidning gibbsitga o‘xshagan, bayerit minerali ham tuproq 
tarkibida uchrashi mumkin. 
Bemit
- Al
2
O
3
·3H
2
O tropik va subtropik tuproqlarda oq yoki sariq rangda 
amorf va soxtakristallik boksitlar sifatida uchraydi. 
Diaspor
- Al
2
O
3
·3H
2
O paleozoy davri boksitlarida alyuminiy monogidrati 
sifatida amorf va kristallik holatda tarqalgan. 
Korund
- Al
2
O

boksitlar tarkibidagi kristallik loylarning yuqori harakat va 
bosimda o‘zgartirib suvini yo‘qotgan mineralidir. 
Yuqorida aytib o‘tilgan amorf va kristallik tuzilishidagi gidratlar, tuproq 
donadorligi, yuvilish sharoitini yaxshilaydi, anion va kationlarning asosan fosfor 
kislotalarining singdirilishini kamaytirib yuboradi. 

Yüklə 404,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə