Tuproqning mineralogik tarkibi


Kremniyning amorf birikmalari va kvars



Yüklə 404,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix23.09.2023
ölçüsü404,28 Kb.
#122901
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kitob 2285 uzsmart.uz

2. Kremniyning amorf birikmalari va kvars
. Tuproq, tog‘ jinsi va 
ularning nurashidan hosil bo‘lgan mahsulot tarkibida amorf va yashirin kristallik 
tuzilishga ega bo‘lgan kremniy oksidlari uchrab turadi. Tabiiy suvlar tarkibida 
SiO
2
10-200 mg/l miqdorni tashkil qiladi. Kremniy birikmalari tuproq tarkibida 


muhitning o‘zgarishi bilan eritmalarda cho‘kma va kolloid holatlarga o‘tishi 
mumkin. 
Kremniyning quyqasimon gidrogeli
mSiO
2
·nH
2
O sho‘r Kalaxari, Namib, 
Markaziy Avstraliya ko‘llarining loyqalari tarkibida uchragan bo‘lib, ishqorli 
tuproqlarda kolloid eritmalar hosil qilishi mumkin. Harakatchan kremniy va uning 
natriyli birikmalari tuproq namlanganda qovushqoqligini oshirib yuboradi, 
quriganda esa sementlashib zarang holatga o‘tadi. 
Opal
- mSiO
2
·nH
2
O. Bu mineral tuproq eritmalarida kremniy oksidlarining 
cho‘kishi natijasida hosil bo‘lib, amorf tuzilishda, tiniq oq rangda, solishtirma 
og‘irligi 1,9-2,3 tengdir. Tuproq tarkibida opal mayda donachalar chang yoki qum 
zarrachalari, shag‘al va chag‘ir tosh yoriqlarida oqmalar holatida uchraydi. Tog‘ 
jinslarida opal birikmalari degidratatsiyaga uchrab qattiq holatdagi kremniy yoki 
xalsedon mineralini hosil qiladi. 
Xalsedon
- SiO
2
mikrokristallik tuzilishida bo‘lib, solishtirma og‘irligi 
2,59-2,6 magmatik va cho‘kindi tog‘ jinslarining kovak va yoriqlarida konkretsiya, 
oqmalar, sferolit agregatlarni hosil qiladi. Opal va xalsedon tabiiy sharoitda va 
bosim o‘zgarish bilan agat, yashma, kvarsin kabi qattiq holatdagi minerallarni hosil 
qiladi. 
3. Allofanoidlar
. Tuproq va uni hosil qiluvchi ona jins eritmalarida 
alyuminiy va kremniyning amorf minerallarini hosil qiladi. Uning formulasi 
(nSiO
2
·mAl
2
O
3
) · xH
2
O. Tuproq muhiti, eritmalar konsentratsiyasining o‘zgarishi 
tufayli SiO

:Al
2
O
3
nisbati 2:1 o‘zgaradi. Allofanoidlar temir va alyuminiyli 
birikmalardan iborat bo‘lib oq yoki kulrang yosh tuproqlarda muhitning o‘zgarishi 
bilan kristallanib ikkilamchi minerallarni vujudga keltiradi. 

Yüklə 404,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə