Tuproqning mineralogik tarkibi


Kristallik tuzilishidagi ikkilamchi minerallar



Yüklə 404,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix23.09.2023
ölçüsü404,28 Kb.
#122901
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kitob 2285 uzsmart.uz

Kristallik tuzilishidagi ikkilamchi minerallar
. Loy minerallari kristallik 
suvli va alyumosilikatli zanjir, qavat-qavat shakldagi, kremniy-kislorodli 
tetraedrlardan, geksogonal tuzilishidagi taxlangan birikmalardir. Mineral qatlami 
yuzasidagi kremniy, alyuminiy, magniy, temir kationlar va ularning har biri to‘rtta 
kislorod va oltita gidroksil ionlari (tetraedr yoki oktaedr) bilan o‘ralgan bo‘ladi. 
Silikatli ikkilamchi minerallar kristalloximik tuzilishga binoan, ya’ni oktaedr 
va tetraedr nisbatiga qarab ikki qatlamli va uch qatlamli guruhlarga ajratiladi. Ikki 
qavatli (1:1) mineral tarkibida bitta kremne-kislorodli tetraedrga bitta alyuminiy
magniy yoki temirdan iborat oktaedr panjarasi to‘g‘ri keladi. Bu toifadagi guruhga 
kaolinit, galluazit, 7
xlorit minerallari kiradi. 
Uch qatlamli (2:1) minerallar guruhida ikkita kremne-kislorodli tetraedr 
o‘rtasiga bitta alyumo-gidrooksidli oktaedr to‘g‘ri kelib, ularga smektit, illit va 
vermikulitlar kiritilgan. Bundan tashqari, to‘rt qatlamli 14 xloritlarga o‘xshagan 
minerallar guruhi ajratilgan. Ularning kristallik panjarasida ikkita kremne-
kislorodli tetraedr, ikkita magniy va temirli oktaedr qatlami bilan almashinib 
keladi. 
Loy minerallarining kimyoviy xususiyatlari juda o‘zgaruvchan bo‘lib, 
masalan panjaradagi alyuminiy-kislorodli tetraedr hosil qilib, kremniy-kislorodli 
tetraedrlar o‘rnini almashib turishi mumkin. 
Bundan tashqari, temir bilan magniy gidrooksidlar bilan oktaedrni hosil qila 
turib, oktaedr tarkibidagi alyuminiy o‘rnini egallashi mumkin. Mineral 


panjarasining tuzilishi va o‘z qiyofasini o‘zgartira olish xususiyati suv, kation va 
anionlarni o‘ziga sorbsiya qilish qobiliyatini oshiradi. Shuning uchun, 
montmorillonit guruhiga kiritilgan minerallar o‘z panjarasini kengaytirish yoki 
toraytirishi mumkin. 

Yüklə 404,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə