Tuproqning mineralogik tarkibi


Ikki qatlamli silikatlar guruhi kaolinitlar guruhiga



Yüklə 404,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix23.09.2023
ölçüsü404,28 Kb.
#122901
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kitob 2285 uzsmart.uz

1.
Ikki qatlamli silikatlar guruhi kaolinitlar guruhiga
asosan kaolinit, 
dikkit va nakrit Al
4
(OH)
8
[Si
4
O
12
] kiritilgan. Ularning tarkibida kremniy 45-46 %, 
alyuminiy 38-40 %, qolgan 13 % suv tashkil qiladi. Tog‘ jinslarida kaolinit 
guruhiga kiruvchi minerallar oq yupqa pardali, rombik tuzilishidagi mahsulot 
bo‘lib, kristallografik panjarasining o‘lchami 7 , mustahkam tuzilishga ega. 
Kation va aniaonlarni, suvni juda kam miqdorda singdiradi 5-15 mg·ekv/100 gr. 
Kaolinit minerali magmatik tog‘ jinslarining postmagmatik jarayonida hamda 
birlamchi minerallarning ellyuvial sharoitda yemirilishidan hosil bo‘ladi. Kaolinit 
nordon kislotali, nam sovuq subtropik va tropik o‘rmonlar tagidagi tuproqlarda 
tog‘ jinslari tarkibidagi alyuminiy va kremniy birikmalarining sintezidan hosil 
bo‘lishi mumkin. 
Gallauzit guruhidagi
minerallar kaolinitga yaqin bo‘lib faqat oktaedr va 
tetraedr orasiga suv kirgan bo‘ladi. Gallauzitlar oq, kulrang va kulrang sariq rangda 
bo‘lib, ninasimon uzunchoq, plastinka shaklida, 10,1 A o‘lchamiga ega bo‘lgan 
mineraldir. Gallauzitlarning temiri turlari bo‘lib (AlFe)
2
O
3
2SiO
2
·nH
2
O formulani 
tashkil qiladi. Bu toifadagi minerallar qadimdan paydo bo‘lgan yer qobig‘ida 
shakllanib ortshteyn va ortzand qatlamli tropik va subtropik tuproqlarda keng 
tarqalgan. 
2. Uch qavatli silikat minerallari

Smektitlar guruhi
. Tuproq va uni hosil qiluvchi yotqiziqlarda keng 
tarqalgan bo‘lib, tarkibida SiO
2
-51%, Al
2
O
3
-19-20%, 15-16% suv, magniy va 
kalsiy tashkil qilib, formulasi Al
2
(OH)
2
[Si
4
O
10
]*nH
2
O. 
Smektit mineralining tuzilishida ikki kavat kremne-kislorodli tetraedr va 
alyumogidrooksidli oktaedr ishtirok etadi. Suv yoki boshqa moddalar oktaedr va 
tetraedrlar orasida joylashishi mumkin. Mineral tarkibidagi kremniy o‘rnini 
alyuminiy, temir va magniy, alyuminiyni almashuvchi holatdagi kalsiy va magniy 
esa natriy, kaliy, vodorod ionlari bilan o‘rnini almashuvi mumkin. Smektit 
guruhiga beydellit Al
2
(OH)

[AlSi
3
O
10
]·nH
2
O. Nontronit (AlFe)
2
(OH)
2
[Si
4
O
10

minerallari ham kiritilgan bo‘lib, ularning rangi to‘q qo‘ng‘ir, qo‘ng‘ir va qora, 
shakli bulutsimon, sig‘imi 70-150 mg.ekv/100 gr ni tashkil qiladi. Kristallik 
panjarasining o‘lchami 18-19 gacha kengayishi mumkin. Smektit guruhidagi 
minerallar kashtan, qora, sho‘rhok tuproqlarda, tropik mintaqasining qora hamda 
qoramtir gipslangan yerlarda iontronit va boshqa toifalari uchraydi. 
Vermikulit
– uch qavatli mineral bo‘lib, cho‘kindi yotqiziqlarda hamda 
tuproqlarda tarqalgan bo‘lib, kristalloximik tuzilishi montmorillonitga o‘xshash, 
ammo panjaraning kengayishi unga nisbatan kamroqdir. Singdirish sig‘imi 100 – 
140 mg.ekv/100gr bo‘lib, ishqoriy muhit, magniy va temir moddalari serob 
bo‘lgan tuproqlarda hosil bo‘ladi. 

Yüklə 404,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə