Tuproqning mineralogik tarkibi


Gidroslyuda-illit minerallari



Yüklə 404,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/14
tarix23.09.2023
ölçüsü404,28 Kb.
#122901
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kitob 2285 uzsmart.uz

Gidroslyuda-illit minerallari
guruhiga glaukonit, seritsit, gidromuskovit 
kiradi. Bu mineral 1-2 mk tuproq mayda zarrachalarida to‘plangan bo‘lib, 
muskovitga yaqin, ammo kaliy kationi ko‘proq uchragan hisoblanadi. Tuzilish 


jihatdan illitlar smektitga o‘xshaydi, ammo kremniyga nisbatan, alyuminiy tetraedr 
qatlamida hissasi ko‘proq bo‘ladi. Illitlar smektitlar bilan birikib aralashma 
minerallar hosil qiladi. Bu minerallarning singdirish sig‘imi 10-30 mg.ekv/100 gr 
bo‘lib, tuproqni kaliy bilan boyitadigan manbalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu 
toifadagi minerallar O‘zbekiston sug‘oriladigan va lalmikor tuproqlarida, uni hosil 
qiluvchi soz va sozsimon yotqiziqlarda ko‘p miqdorda uchraydi. 
3. To‘rt qavatli silikatlar. Xloritlar guruhi
. To‘rt qavatli xloritlar guruhiga 
magniy, temir, alyuminiyning suvli silikatlari kiradi. Xloritlarning kimyoviy 
formulasi (AlMgFe
3
)F(OH)
2
) [(Al,Si)O
10
]Mg
3
(OH)
6
slyuda va brusit tuzilishidan 
iborat bo‘lib, o‘lchami 14 . Singdirish sig‘imi 10-40 mg. ekv/100 gr bo‘lib 
tarkibida SiO
2
, Al
2
O
3
, MgO – 25-27 % ni tashkil qilib, har biriga 8 % ga yaqin 
FeO to‘g‘ri keladi. Xlorit minerallari magniy, temirga boy ishqoriy tuproq va tog‘ 
jinslarining yotqiziqlarida hosil bo‘ladi. 
4. Zanjir va lentasimon shakldagi minerallar
. Ular asosan kam 
o‘rganilgan paligorskit, attapulgit va sepiolit minerallar guruhiga kiradi. Magniy, 
alyuminiy, temir silikatlar ipsimon tuzilishidagi mineral agregatlarni hosil qiladi 
Mineral panjara ikki zanjir kanalsimon suv bilan to‘ldirilgan holatda bo‘ladi. Bu 
guruhga amorf mineral paligorskit – CaSiO
3
·nH
2
O, vollastonit - CaSiO
3
, kserolit – 
MgSiO
3
va sepiolit – Mg
3
(Si
4
O)H
2
O·nH
2
O kiritilgan. Ular ishqoriy muhitli 
karbonatli, gipsga boy tuproq va cho‘kindi jinslar tarkibida uchraydi. 

Yüklə 404,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə