Tuproqning mineralogik tarkibi



Yüklə 404,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix23.09.2023
ölçüsü404,28 Kb.
#122901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kitob 2285 uzsmart.uz

 
Dala shpatlari
tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, otqindi va cho‘kindi tog‘ 
jinslarining 50-60 % ni tashkil qilib, anchagina mustahkam mineral guruhini 
tashkil qiladi. Minerallarning rangi oq, sariq, qizg‘ish-qizil bo‘lib, singan qirralari 
yarqirab ko‘rinadi. Dala shpatlari alyumo-kislorodli va kremniy-kislorodli 
tetraedrlar natriy, kaliy va kalsiy kationlari bilan uch qavatli pog‘onaga ega 
bo‘lgan kristallik panjarani hosil qiladi.
Dala shpatlarining eng keng tarqalgan turi ortoklaz – KAlSi
3
O
8
bo‘lib, 
donalari qizil, och qizil bo‘lib o‘tkir burchakli shakllarni tashkil qiladi. Ortoklaz 
ancha turg‘un mineral hisoblanib uning yemirilishidan kaliy ajralib chiqadi.
Tuproq va uni hosil qiluvchi yotqiziqlarda ortoklaz mineralidan tashqari 
albit (NaAl Si
3
O
8
) va anortit (CaAl
2
Si
2
O
8
) uchraydi. Ular o‘zaro birikib, 
almashinib natriy, kalsiyli (plpgioklaz) va kaliy-natriyli (mikroklin, ortoklaz) dala 
shpatlarini hosil qiladi. Dala shpatlari tuproqning yirik zarrachalari tarkibida 10-15 
% to‘planib, yemirilishi jarayonida gidroslyudalar, loy minerallari, alyuminiy va 
kremniy gidrooksidlari, silikatlar va karbonatli ishqoriy elementlar va ishqoriy 
tuproqlarni hosil qilishi mumkin. 
 
Slyudalar (illitlar)
. Bu toifadagi uch qavatli minerallar guruhiga muskavit – 
KH
2
Al
3
(SiO
4
)
3
, biotit KH
2
(MgFe)
3
Al(SO
4
)

kirib, ikki qavatli kremniy-kislorodli 
tetraedr, bir qavatli alyuminiy-gidrooksil oktaedr, kaliy, natriy, litiy, magniy, temir 
ionlari, kaliy elementi yordamida izomorf bog‘lanishli panjarani hosil qiladi. 
Slyudalar yemirilib o‘simlikning kaliy bilan ta’minlaydi hamda kaolinit, illit, 
opalsimon kremniy minerallarini tashkil qiladi. Biotit yemirilish jarayonida xlorid 
minerallarini vujudga keltiradi. 

Yüklə 404,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə