2
Kirish
Hindistonning
bepoyon hududi, iqlim sharoitlari, re'lefi, joyi va tuprog`i
jihatdan bir necha zonaga bo’linadi. Shimoliy-g`arbiy viloyatlar qadimda qalin
o’rmonlar bilan qoplangan. Hind vodiysining tuprog`i juda hosildor. Shu yerda
eramizdan avvalgi III ming yillikda janubiy
Osiyoda eng qadimgi shahar
sivilizatsiyasi shakllandi. Hindiston shimoldan va shimoliy-sharqdan Osiyoning
boshqa qismidan Himolay tog`lari bilan ajratilgan. Err. avv. II ming yillikda bu
yerdan hind-yevropa qabilalari yo’li o’tgan.
Hind-Gang tekisligining markaziy qismi qadimda «oriy» larning «muqaddas yeri»
(Ar'yavarta) deb atalgan. Ikki buyuk daryoning oralig`ida va Gangning yuqori
qismida er. avv. I ming yillikning birinchi yarmida veda sivilizatsiyasi shakllandi.
Gang daryosining shimoliy-sharqiy havzasida namlik
darajasi juda yuqori va boy
tropik o’simliklarga ega. Er. avv. I ming yillik o’rtalarida bu hududda keng
miqyosda dehqonchilik ishlari boshlanadi. Er. avv. I ming yillikning ikkinchi
yarmida bu yerda Qadimgi Hindistonning eng muhim siyosiy va madaniy markazlari
vujudga keldi.
Hind-gang tekisligining Dekan (qadimgi hind tilida «Danishna» - janub) yarim
orolidan yassi tog`lar ajratib turadi. Dekan yarim
orolida faqat eramizning
boshlarida yirik davlatlar paydo bo’ldi. Orolning markaziy qismida Shri-Lanka
(Seylon) o’rmonli tog`lik hudud. Orolning geografik o’rnini janubiy Hindiston
qirg`og`i bilan muntazam aloqalar shartlab keladi.
Janubiy Osiyoning hozirgi aholisining katta qismi asosiy yevropoid irqiga mansub.
Faqat yarim orolnig janubiy qismi va Shri-Lankaning aholisi irqiy belgilariga qarab
(badani, sochining qora rangi va boshqalar) avstroloidlarga yaqin turadi. Shimoliy
sharqning qator qabilalari janubiy mongoloid irqiga mansub.
Shimolda Hind-Yevropa tillari (hind, bengal va boshqalar), janubda dravid (masalan,
tamil.) Dekan va shimoliy sharqiy Hindistonning qator tillari Janubiy –Sharqiy
Osiyo, Tibetda va Xitoyda tibet-birma va mund tillari bilan yaqin turadi. Shri-Lanka
aholisining ko’pchilik qismi hind-yevropa (singal ) tilida ozchilik qismi dravid
(tamil) tilida so`zlashadi.
Ma'lumki, hind-yevropa tillarida so’zlashuvchi oriylar Hindistonga er.avv. II ming
yillikda kirib kelganlar. Singallar materikdan Shri-Lankada er.avv. I ming yillikda
paydo bo’lganlar.
Janubiy Osiyning qadimgi tarixi quyidagi davrlarga bo’linadi:
1. Eng qadimgi hind sivilizasiyasi. Taxminan er. avv.
XXIII-XVIII asrlar bilan
belgilanadi. (ilk shaharlar, davlatlarning paydo bo’lishi)
3
2. Er. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida oriylarning paydo bo’lishi. Er. avv.
II ming yillikning oxiridan er.avv. VII asrgacha «Veda» davri. Bu davrda yaratilgan
muqaddas kitoblar «vedalar» nomi bilan mashhur.
3. «Budda davri». Er. avv. VI-III asrlar. Budda dinining paydo bo’lishi va tarqalishi
davri. Bu davrda iqtisodiyotning yuqori taraqqiyoti, shaharlarni shakllanishi-yirik
davlatlar Mauriylar Umum Hind davlatining tashkil topishi.
4. Er. avv. II asrdan eramizning V asrigacha . «Klassik davr» janubiy Osiyo
mamlakatlarining iqtisodiyoti va madaniyatini gullab-yashnagan davri.
Janubiy Osiyoga xos jihat taraqqiyotning merosiyligi va davomiyligidir. Qadimgi va
o’rta asrlarda bu yerda keskin etnik o’zgarishlar yuz bermadi.
Ijtimoiy
munosabatlarda kasta tuzumi va madaniy an'analarning barqarorligi ko`rinib turadi.
Qadimgi Hindistonning ko’pgina asarlari hozirgacha hinduizm va buddizmning
muqaddas kitoblari hisoblanadi. Yozma manbalar bizgacha juda ko’plab yetib
kelgan. Sanskrit tilini o’rganish qadimgi til grammatik asarlariga,
asosan Panini
grammatikasiga (er. avv. IV asr) asoslanadi. Adabiyot asosan diniy madhiyalar
(rigveda va boshqa vedalar) ritual sharxlar, nasihatlar to’plamidan iborat
Ijtimoiy munosabatlarni o`rganish uchun asosiy manba bo’lib, diniy-ahloqiy
majburiyat draxmalar («Manu qonunlari») siyosat san'ati to’grisidagi (Artxashastra),
muhabbat to’g`risidagi (Kamasutra) maxsus traktatlardan foydalaniladi. Bu
manbalarda fikrlar sxolastik, an'anaviy
ruhda bayon qilingan, shu bilan birga bu
asarlar qachon va qayerda tuzilganligini aniqlash mumkin emas. Tarixiy voqealar
adabiyotda kam tilga olinadi. U ko’p hollarda yarim afsonaviy kissalarda aks etadi.
Yilnomalar eramizning I asrlarida Seylondagi budda monastirlarida tuzilgan va
boshqa asosan budda ta'limotiga oid siyosiy-xo’jalik hujjatlari bo’lgan.
Davlat va
xususiy arxivlar yetib kelmagan. Hujjatlar palma daraxti barglari, po`stloq yoki mato
parchasi kabi murt asosda yozilgani uchun saqlanmagan.
Bizgacha faqat eramizdan avvalgi III-II ming yilliklarga oid o’qish qiyin bo’lgan
Hind sivilizatsiyasiga oid muhrlardagi qisqa yozuvlar va Ashoki davri (er. avv. III
asr) yozuvlarigina yetib kelgan.