V. V. Bartold rahbarligida Turkiston havaskor-arxeologlar to‘garagi 1895-1917 yillarda faoliyat ko‘rsatgan



Yüklə 47,38 Kb.
səhifə1/13
tarix11.12.2023
ölçüsü47,38 Kb.
#145158
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
археология маълумот


V.V. Bartold rahbarligida Turkiston havaskor-arxeologlar to‘garagi 1895-1917 yillarda faoliyat ko‘rsatgan.
• 1896 yilda Toshkentda arxeologik muzeyi ochildi.
• 0 ‘rta Osiyo arxeologiyasini 0‘rganish uchun 5 ta ekspeditsiya tashkil etildi.
• 1970 yilda 0 ‘zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshida Arxeologiya instituti tashkil qilindi.
• 0 ‘zbekiston hududida 2115 ta arxeologik yodgorliklar qayd etilgan.
• 0 ‘zbekistonda arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun 2009 yil 16 iyunda qabul qilingan.
Ilk paleolit davriga oid Abbevil yodgorligi Fransiyaning Sena daryosi qirg‘oqlaridan topilgan. U erda 1835 yilda M. Pikar dastlabki tosh qurollarini topgan. Keyinchalik Bushe de Pert tadqiqot ishlarini olib borgan. 1932 yildan F.Breyl Fransiyaning ilk paleolit davrini Abbevil davri deb nomlagan. Bugungi kunda Evropada ilk paleolit davri shell
emas, balki abbevil deb ataladi.
Obirahmat g‘or makoni Toshkent shahridan 100 km shimoli—sharqda, G‘arbiy Tvan— Shanning Chotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori sohilida joylashgan. G‘or yoysimon shaklda bo‘lib. eni 20 metrdan ortiqroq, janubga qaragan, sathi keng, quruq va yorug1. G‘or-makon 1966-1972 yillarda R.X.Sulaymonov tomonidan o'rganilgan. U mustening rivojlangan va so‘nggi bosqichlariga oid. Unda 10 m qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlam aniqlangan. Ulardan 30 mingdan ortiq ohaktoshli chaqmoqtoshdan yasalgan turli
mehnat qurollari- nukleuslar, paraqalar, o‘tkir uchli sixchalar, qirg‘ichlar, pichoqlar va kurrakchalar topilgan. Ular o‘ziga xos prizma shaklidagi yorma texnika, qisman levallua tipidagi texnika asosida ishlangan. Bu erda odamlar 120—40 ming yil muqaddam istiqomat qilganligi aniqlangan. Ular ovchilik va termachilik bilan shug'ullanganlar. Keyingi yillarda Obirahmat makonini qayta o'rganish natijasida u erdan so'nggi paleolit davri mehnat qurolarini va 16- qatlamdan 70 ming yil oldin yashagan odam suyaklari (6 ta tish va kalla suyagining bo'laklari ) topildi. Mazkur topilma bo'yicha 2004 yilda halqaro simpozium o'tkazildi. Unda Obiraxmat odamida neandertal va xomo sapines (zamonaviy odam) odamidagi xususiyatlar omuxtalashganligi va uning olamshumul ahamiyati qayd etildi.

Yüklə 47,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə