Va natijadorligini oshirish



Yüklə 172,26 Kb.
səhifə1/9
tarix27.12.2023
ölçüsü172,26 Kb.
#162083
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
budjet ijrosi


4.1. BYUDJET MABLAG‘LARI SAMARADORLIGI
VA NATIJADORLIGINI OSHIRISH
Dasturiy byudjetlashtirish tizimiga о‘tish islohotlari.
Byudjetni rejalashtirishning amaldagi tizimida strategik
yondashuvning mavjud emasligi byudjet mablag‘larini soliq-byudjet
siyosatining ustuvor yо‘nalishlari va О‘zbekiston Respublikasi Davlat
byudjetining moliyaviy salohiyatidan kelib chiqqan holda taqsimlash
imkoniyatini cheklaydi.
2020 – 2024 yillarda О‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini
boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasiga asosan soliq-byudjet
siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida о‘rta muddatli byudjet
asoslarini ishlab chiqish hamda yillik byudjetni shakllantirishning yangi
Natijaga yо‘naltirilgan byudjetlashtirish” (Dasturiy
byudjetlashtirish) tizimini joriy etish belgilandi.
Dasturiy byudjetlashtirish tizimi - bu О‘zbekiston Respublikasi
siyosatining ustuvor yо‘nalishlarini va byudjet mablag‘laridan
foydalanishning natijalarini hisobga olgan holda strategik maqsadlar
asosida ishlab chiqilgan dasturlarni amalga oshirish natijalari bilan
О‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarini
taqsimlash jarayonining о‘zaro bog‘liqligini ta’minlaydigan byudjet
ijrosini rejalashtirish, bajarish va nazorat qilish tizimidir.
Dasturiy byudjetlashtirish tizimiga о‘tishning asosiy maqsadlari
quyidagilardan iborat:
byudjet sohasidagi qonunchilik sifatini oshirish, byudjet
xarajatlarining samaradorligini oshirish, jamoat va hukumat nazoratini
kuchaytirish hamda fuqarolarning hukumatga bо‘lgan ishonchini yanada
mustahkamlash;
vazirliklar va idoralarning ustuvor vazifalari asosida belgilangan
maqsadlarga erishishi va ularning ijrosi yuzasidan javobgarligini
kuchaytirish;
vazirlik va idoralarga Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘larning
samaradorligi va natijadorligini ta’minlashga, shuningdek ajratilgan
mablag‘lar hisobidan erishilgan natijalarni (maqsadli indikatorlarni)
baholash imkoniyati yaratiladi;
markaziy va mahalliy darajalarda davlat boshqaruvini
takomillashtirish;
dasturiy maqsadlarni ishlab chiqish, dasturlarni amalga oshirishning
ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini baholash, ularni amalga oshirish
bо‘yicha hisobotlar tartiblarini takomillashtirish.

Mazkur tizimda vazirlik va idoralarning byudjet xarajatlari


dasturlar kesimida tasdiqlanadi va u о‘z ichiga sohaning sifat va miqdor
kо‘rsatkichlarni (maqsadli indikatorni) oladi.
Xorijiy tajribadan kelib chiqib, ushbu tizimga о‘tish bosqichma-bosqich
amalga oshirilishini inobatga olib, 2021-2022 yillarda vazirlik va
idoralarning byudjet xarajatlari va rivojlantirish dasturlarining
maqsadli indikatorlari tasdiqlandi.

Yüklə 172,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə