EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research
Support Center
UIF =
8.1 |
SJIF =
5.685
www.in-academy.uz
Volume 3 Issue 8, August 2023 ISSN 2181-2020
Page 30
VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQBUZARLIGI
PROFILAKTIKASINING AYRIM MASALALARI
Kalandarov Djalaladdin Davronovich
Xorazm viloyati prokurorining katta yerdamchisi
https://www.doi.org/10.5281/zenodo.8232635
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 03
th
August 2023
Accepted: 09
th
August 2023
Online: 10
th
August 2023
Mazkur maqolada voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi
profilaktikasining ayrim masalalari tahlil etilgan.
Shuningdek, maqolada voyaga yetmaganlar o‘rtasida
nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir
masalalar tahlil etish jarayonida “Voyaga yetmaganlar
o‘rtasida
nazoratsizlik
va
huquqbuzarliklarning
profilaktikasi
to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni ma’zmun va mohiyati ham ochib
berilgan.
KEY WORDS
Ayb, voyaga yetmagan, jinoyat,
javobgarlik,
jazo,
huquqbuzarlik,
ijtimoiy
xavflilik,
xulq-atvor,
profilaktika.
Bizga ma’lumki, kriminologiyada jinoyatlarning oldini olish deganda, jinoyat va boshqa
huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkoniyat yaratuvchi sabablar
va omillarni bartaraf etish
yoki ularni neytrallashtirishga qaratilgan davlat va jamiyat chora-tadbirlari majmuini
tushunishni nazarda tutadi
1
.
Ko‘pgina kriminologlar jinoyat va boshqa huquqbuzarliklarning
umumiy va maxsus
profilaktikasini farqlaydilar, shuningdek kriminologik profilaktikaning turli vazifalari va
darajalarini
qayd etadilar
2
.
Mustaqillik yillarida respublikada huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka
qarshi kurashish borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilib,
mamlakatda huquq-
tartibotni ta’minlashda ijobiy natijalarga hamda kriminogen vaziyatni sezilarli darajada
yaxshilashga erishildi.
Shu bilan birga, mazkur sohadagi ayrim kamchiliklardan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Xususan,
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi davlat organlarining ish shakli va
uslublari, eng avvalo axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan
yetarli darajada
foydalanilmayotganligi;
davlat idoralari aksariyat hollarda huquqbuzarliklar profilaktikasini faqatgina huquqni
muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholab, oqibatda
ushbu faoliyatga lozim
darajada e’tibor qaratmayotgani;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi chora-
tadbirlarning aniq manzilga yo‘naltirilmaganligi va ularga kompleks yondashilmayotganligi,
shuningdek huquqbuzarliklarning tizimli ravishda sodir etilishiga
doir sabab va shart-
1
Криминология. – М., 1996. – 203-204-б.
2
Игошев К.Е. Социальный контроль и профилактика преступлений. – Горький, 1976. – 39-40-б.