• Основные стратегические варианты



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169
Strategik marketing (1)

 
4.2. Birlamchi talab tarkibi 
Talabni tahlil qilish va uning determinanti bozorning jalb qiluvchanligini 
o‘rganishning asosini tashkil qiladi. Tahlildan maqsad bozor salohiyatini va birlamchi 
talabning amaldagi darajasini miqdoriy baholash bo‘lib, busiz hech qanday iqtisodiy 
tahlil o‘tkazish mumkin emas. Birlamchi talab tuzilmasi talabning iste’mol tovarlari 
yoki sanoat tovarlariga hamda uzoq yoki qisqa muddat foydalaniladigan tovar yoki 
xizmatlar toifasiga kirishiga ham jiddiy ravishda bog‘liqdir. 
Iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab. 
Baholashning turli usullari aslida ikki 
omildan: iste’mol qilinadigan birliklar miqdori 
(n)
va bir birlik tomonidan iste’mol 
qilinadigan tovarlar miqdoridan 
(q)
kelib chiqadi. Buning umumiy ko‘rinishi 
quyidagichadir: 
Q = n
x
 q

Bu erda 
Q
- birlamchi talab (donalarda). Birlamchi talab pul ko‘rinishida mos 
ravishda quyidagicha ifodalanadi: 
R = n 
x
 q 
x
 p , 
bu erda, 
R -
umumiy tovar aylanmasi, 
r
- tovar birligining o‘rtacha narxidir. 
Bu asosiy tamoyillarning turli tovar toifalariga nisbatan o‘zgarishini ketma-ket 


83 
ko‘rib chiqamiz.
Iste’mol bozori - uy xo‘jaliklari va individual xaridorlarning o‘z ehtiyojlari 
uchun sotib oladigan barcha tovarlar va xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Iste’mol bozori 
ko‘lamini o‘rganishda uni bir qancha belgilariga ko‘ra turkumlash mumkin. Xususan, 
tovarlarni iste’mol qilish davriyligiga ko‘ra ularni: 

uzoq muddatli iste’mol tovarlari; 

qisqa muddatli iste’mol tovarlari; 

xizmat turlariga ajratish mumkin. 
Iste’mol tovarlari bilan savdo qilish xususiyatiga ko‘ra esa ularni: 

kundalik iste’mol tovarlari; 

dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar; 

alohida talabga ega bo‘lgan tovarlar; 

passiv talabdagi tovarlarga bo‘lish mumkin. 
Ushbu turkumlash belgisi va tegishli guruhlarga kiruvchi tovarlar xususida 
batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 
Ko‘pgina hollarda kundalik iste’mol tovarlari guruhiga faqat oziq-ovqat 
mahsulotlarini kiritish bizning mamlakatimiz aholisi uchun ko‘nikma bo‘lib qolgan. 
Chunki dastlabki ma’muriy iqtisodiyot tizimidagi keng ko‘lamdagi ixtisoslashuv 
bevosita iste’mol bozorida ham takrorlanar edi. Hozirgi vaqtda esa ko‘pgina firmalar 
va savdo shaxobchalari xorijiy tajriba va savdo qilishdagi mahalliy ko‘nikmani 
nazarda tutib, kundalik iste’mol tovarlarini bir muncha to‘g‘ri shakllantirishga 
yondashmoqdalar. 
Kundalik iste’mol tovarlariga kundalik turmush uchun zaruriy oziq-ovqatlar
kir yuvish va tozalash vositalari, uy xo‘jaligi uchun zaruriy mayda tovarlar, ayrim 
kanselyariya tovarlari, kundalik ro‘znomalar, ommabop jurnallar va hokazolarni 
kiritish mumkin. 
Kundalik iste’mol tovarlarini iste’mol qilish jadalligiga ko‘ra ularni o‘z 
navbatida yana 3 ta quyi guruhga ajratish mumkin: 
a) doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar; 
b) impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar; 


84 
v) favqulodda holatlar uchun xarid qilinadigan tovarlar. 
Doimiy ehtiyojdagi asosiy tovarlar - xaridorlar tomonidan dastlabki 
ko‘nikmaga, odatga ko‘ra tanlovsiz, qiyoslashsiz sotib olinadi. Masalan, oila uchun 
ko‘nikmadagi non mahsuloti turi, xo‘jalik sovuni, o‘simlik yog‘i va hokazolar. 
Impulsiv tarzda sotib olinadigan tovarlar guruhiga esa xaridor doim ular haqida 
o‘ylamaydigan, lekin uchrashi bilan xarid qilinadigan tovarlar kiradi. Masalan, 
saqichlar, shokolad batonlari, televizion ko‘rsatuvlar dasturi bo‘lgan jurnal, ro‘znoma 
va shu kabilar. 
Favqulodda holatlar uchun xarid odatda retseptsiz sotiladigan dori-darmonlar, 
uy hashoratlariga qarshi dorilar, zontlar va unga o‘xshash xaridor duch kelgan 
sharoitdagina zarur bo‘lgan tovarlardan tashkil topadi. 
Dastlabki tanlov asosida olinadigan tovarlar safiga: mebellar, kiyim-kechaklar, 
uy-ro‘zg‘or uchun elektr jihozlari kiradi va u xaridorlarni qiyoslashni, narx, moda, 
dizayn jihatidan tanlovda bir muncha mulohaza yuritishni talab qiladi. Ushbu tovarlar 
o‘xshash (sifat jihatidan bir-biriga yaqin, lekin dizayni va narxi jihatidan 
farqlanadigan) hamda alohida ko‘rinishdagi (rangi, fasoni, navi jihatidan) xaridor didi 
va holatiga mos bo‘lgan tovarlarga bo‘linadi. 
Iste’mol tovarlari turkumi 
Kundalik 
iste’mol 
tovarlari: 
a) doimiy talabdagi asosiy 
tovarlar; 
b) impulsiv tarzda sotib 
olinadigan tovarlar; 
v) 
favqulodda 
holatlar 
uchun tovarlar 
Dastlabki 
tanlov 
asosida 
olinadigan tovarlar: 
a) o‘xshash tovarlar; 
b) 
alohida 
ko‘rinishdagi 
tovarlar. 
Alohida 
talabdagi 
tovarlar 
Passiv 
talabdagi 
talablar 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə