• Основные стратегические варианты


-rasm. Iste’mol tovarlari turkumini tashkil etuvchi tovarlar tarkibi



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   169
Strategik marketing (1)

 
4.4-rasm. Iste’mol tovarlari turkumini tashkil etuvchi tovarlar tarkibi 
Alohida talabdagi tovarlar - xaridor uchun o‘ta qadrli sanalayotgan, o‘ta 
nufuzli, mashhur firmalar tovari bo‘lib, ular uchun xaridor tayinli vaqt va harakatlarni 
ayamaydi. 
Masalan, xususiy uylar uchun maxsus mebellar, jihozlar yoki bo‘lmasa,
Mersedes-bens, BMV, Volvo avtomobillarining ayrim turlari bo‘yicha ishtiyoqli 


85 
xaridorlar talabi bunga yorqin misol bo‘la oladi. 
Passiv talabdagi tovarlar - xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam 
o‘ylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Masalan, yaqin o‘n yil ichida mamlakatimiz 
aholisi uchun mikroto‘lqinli pechlar, idish yuvish mashinalari notanish edi. Ushbu 
tovarlarning reklamasi, sotuvda ko‘p tarqalishi natijasida u keng xaridorlar ommasiga 
etib bordi. Bundan tashqari, dafn marosimi uchun anjomlar, hayot sug‘urtasi kabi 
passiv talabdagi tovarlar ham aynan shu guruhga kiradi. 
F. Kotler iste’mol tovarlari turkumiga ushbu yuqorida qayd etilgan 4 katta 
guruhga bo‘lib o‘rganishni va ular bilan savdo qilishda sezilarli natijalar berishini 
asoslaydi. 
Tez sarflanadigan iste’mol tovarlariga bo‘lgan talab.
Uzoq muddat 
foydalaniladigan tovarlarga bog‘liq bo‘lmagan iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabni 
quyidagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda aniqlash mumkin: 
-potensial iste’mol qiluvchi birliklar soni; 
-real foydalanuvchilarning potensial iste’mol qiluvchi birliklar ichidagi ulushi 
(qamrov darajasi); 
-bitta real xaridorga to‘g‘ri keladigan birlik iste’mol darajasi (kirib borish 
darajasi). 
“Qamrov darajasi” bilan “kirib borish darajasi” o‘rtasidagi farq bozorga ta’sir 
ko‘rsatishning ustuvor maqsadlarini aniqlab olish uchun muhimdir: maqsad yo 
foydalanuvchilar sonini oshirish yoki bir foydalanuvchiga to‘g‘ri keladigan iste’mol 
hajmini oshirishdir. 
Bozorning mutlaq salohiyati qamrov darajasi 100 %ga teng, kirib borish 
darajasi esa har bir foydalanish holati uchun maqbul deb olingan holda aniqlanadi. 
Talabning joriy darajasi xarid paytidagi barqaror ko‘nikmalarni kuzatish orqali 
aniqlanishi mumkin. Zarur ma’lumotlarni ba’zan professional uyushmalardan yoki 
rasmiy statistika axborotlaridan ham olish mumkin. Biroq, ko‘pincha, iste’molchilar 
komissiyalaridan («panellaridan») olingan dastlabki ma’lumotlarni chetlab o‘tib 
bo‘lmaydi. 
Agar iste’mol tovari uzoq muddat foydalaniladigan tovar bilan bog‘liq bo‘lsa 


86 
(masalan, kir yuvish kukuni va kir yuvish mashinasi), iste’molchilarning qamrov 
darajasi uzoq muddat foydalaniladigan shu tovarning qamrov darajasi bilan 
almashtiriladi. Bu erda qo‘shimcha ko‘rsatkichni tovarga qilinadigan murojaatlar 
orasidagi vaqtni ham kiritish zarurdir. Natijada biz quyidagi ko‘rsatkichlar to‘plamiga 
ega bo‘lamiz: 
- sarflanayotgan tovar birligining potensial miqdori; 
- uzoq muddat foydalaniladigan tovarning qamrov darajasi; 
- uzoq muddat foydalaniladigan tovarga murojaatlar tezligi; 
- sarflanayotgan tovarning uzoq muddat foydalaniladigan tovarga nisbatan 
birlik murojaatga to‘g‘ri keladigan iste’mol hajmi (texnik koeffitsient). 
Sarflanayotgan 
tovarlarning 
potensial 
iste’moli 
ular 
bajarayotgan 
funksiyalardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Qolgan zarur ma’lumotlar so‘rovlar 
yoki kuzatishlar orqali olinishi lozim, bunga bir murojaatdagi sarf hajmi kirmaydi, 
chunki u texnik sabablar bilan belgilanadi. 
- uzoq muddat foydalaniladigan tovarga bo‘lgan talab. 
Bu holda birlamchi talab bilan almashuvga bo‘lgan talab o‘rtasidagi muhim 
farqni ajratib olish zarur. Uzoq muddat foydalaniladigan tovarga bo‘lgan birlamchi 
talab quyidagi ko‘rsatkichlar asosida aniqlanadi: 
-
aniq iste’mol qiluvchi birliklar soni va ularning uzoq muddat foydalaniladigan 
tovarlari bilan jihozlanganlik darajasining ortishi; 
-
yangi iste’mol qiluvchi birliklar soni va ularning uzoq muddat 
foydalaniladigan tovarlari bilan jihozlanganlik darajasining ortishi. 
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarning maqsadli xaridorlar orasida 
diffuziyalanish tezligi ham muhim ko‘rsatkichdir. Uni aniqlash uchun o‘xshash 
tovarlarning avvalgi davrlarda bozorga kirib borish egri chiziqlari juda foydalidir. 
Almashtirishga bo‘lgan talabni baholash birmuncha qiyinroqdir; buning uchun 
quyidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi: 
-uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarning mavjud miqdori; 
-ularning xizmat qilish muddati bo‘yicha taqsimlanishi; 
-tovarning xizmat qilish muddati bo‘yicha taqsimlanishi (jismoniy, iqtisodiy 


87 
yoki ma’naviy eskirish); 
-tovarni almashtirish tezligi; 
-almashtiriladigan yangi muqobil tovarlarning (yangi texnologiyalar) paydo 
bo‘lish samarasi; 
-iste’mol qiluvchi birliklarning yo‘qolish samarasi. 
Almashtirishga bo‘lgan talab uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarning 
miqdori va xizmat qilish muddatiga bevosita bog‘liqdir. Almashtirish tezligi xizmat 
muddatining tugash tezligi bilan mos kelishi shart emas, bunda iste’moldan chiqib 
ketadigan uzoq muddat foydalaniluvchi tovarlarning ulushi tushuniladi. Har bir narsa 
eskirishi mumkin, chunki uning iqtisodiy ko‘rsatkichlari qoniqarsiz bo‘lib qoladi yoki 
foydalanuvchilarning fikricha, u modadan qolgan bo‘ladi. 
Umuman olganda, xizmat muddatining tugash tezligi bu muddatning 
uzoqligiga teskari proporsionaldir. Masalan, o‘rtacha xizmat muddati 12 yilga teng 
bo‘lsa, bu muddatning o‘rtacha tugash tezligi 8,3 %ni tashkil qiladi. 
Xizmat muddatining yana davom ettirilishi birlamchi talabga taalluqli bo‘lgan 
baholarga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. 
Masalan, Fransiyada avtomobillarning real xizmat muddati 10-11 yilni tashkil 
qiladi. Agar bu muddat 12,5 yilga etsa, xizmat muddatining tugash tezligi taxminan 8 
%ga teng bo‘ladi, bu esa 1,7 mln.ga yaqin mashinani almashtirishga bo‘lgan talabga 
to‘g‘ri keladi. Agar, aksincha, o‘rtacha xizmat muddati 9 yildan oshmaydi, deb faraz 
qilsak, xizmat muddatining tugashi taxminan 11,1 %ni tashkil qiladi, bu esa 2,1 mln. 
mashinani almashtirishga bo‘lgan talab, demakdir. 
Avtomobil bozorida texnologik xizmat muddati uzluksiz ortib boradi. 
Shvetsiyada 
o‘tkazilgan 
tadqiqotlarning 
ko‘rsatishicha, 
ba’zi 
rusumdagi 
avtomobillarning xizmat muddati 1965 yildan buyon 65 %ga uzaygan. 
Talabni baholash uchun zarur bo‘lgan ba’zi ma’lumotlar, masalan, mavjud 
tovarlar miqdori va ularning muddatlar bo‘yicha taqsimlanishi haqidagi 
ma’lumotlarni o‘tgan yillardagi savdo faoliyatini tahlil qilish natijasida olish 
mumkin. Masalan, xizmat muddati bo‘yicha taqsimlanishning bahosi o‘zlaridagi 
buyumni almashtirish bilan band bo‘lgan tovar egalarini tanlab olish yo‘li bilan 


88 
aniqlanishi mumkin. Bunday yo‘l bilan aniqlangan almashtirish tezligi eskirishning 
tovarni almashtirishga sabab bo‘ladigan turli turlarini farqlashga imkon bermasligi 
tabiiydir. Texnik jihatdan yaroqli bo‘lgan tovar iqtisodiy (masalan, agar yangi 
tovarlarning ekspluatasiya xarajatlari keskin kamaygan bo‘lsa) yoki hissiy (masalan, 
agar foydalanuvchi yangi modellarning estetik xususiyatlariga katta ahamiyat bersa) 
sabablarga ko‘ra almashtirilishi mumkin. Undan tashqari, almashtirish paytida 
foydalanuvchi shu funksiyani bajaruvchi, biroq boshqa texnologiyaga asoslangan 
tovarga murojaat qilishi mumkinligini ham esdan chiqarmaslik kerak. 
Tejamliroq “past haroratli” qozonlar ishlab chiqilishi natijasida markaziy isitish 
sohasida katta taraqqiyotga erishildi, bu esa iqtisodiy sabablarga ko‘ra almashtirish 
sur’atlarining tezlashishiga olib keldi. Ayni paytda boshqa texnologiyalar, masalan, 
issiqlik nasoslari ham rivojlandi va ular ko‘p hollarda ba’zi maxsus sohalarda 
mazutda ishlaydigan qurilmalarning o‘rnini egalladi. 
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar sektoridagi savdo hajmlarining katta 
qismi almashtirishga bo‘lgan talabga to‘g‘ri keladi, bu ayniqsa, uy xo‘jaliklarining 
bunday tovarlar bilan jihozlanish darajasi juda yuqori bo‘lgan hamda aholi sonining 
o‘sish darajasi past bo‘lgan g‘arb mamlakatlarida kuzatiladi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə