• Основные стратегические варианты


O‘sish imkoniyatlarini qidirish



Yüklə 3,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/169
tarix28.11.2023
ölçüsü3,1 Mb.
#138043
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   169
Strategik marketing (1)

O‘sish imkoniyatlarini qidirish.
Birlamchi talabning joriy va mutlaq 
darajalari o‘rtasidagi farq bozorning rivojlanganligi yoki rivojlanmaganligini 
ko‘rsatadi. Bu farq qanchalik katta bo‘lsa, global talabning o‘sish potensiali 
shunchalik yuqori bo‘ladi va aksincha, bu farq qanchalik kichik bo‘lsa, to‘yinish 
darajasiga shunchalik yaqin bo‘ladi. 
 


91 
4.3. Tovarning hayotiylik davri modeli 
Bozorning salohiyati shu tovar bozori ega bo‘lgan iqtisodiy imkoniyatlarning 
ko‘lamini belgilaydi. Bu jalb qiluvchanlikning birinchi va mohiyat jihatdan miqdoriy 
o‘lchovi bo‘lib, unga dinamik baho qo‘shimcha qilinishi mumkin. Ushbu dinamik 
baho uning davomiyligini, ya’ni potensial talabning vaqt davomidagi evolyusiyasini 
tavsiflaydi. Odatda, bu evolyusiyani tavsiflash uchun tovarning hayotiylik davri 
(THD) modeliga murojaat qilinadi, u S-simon logistik egri chiziqdir. Bu hayotiylik 
davri modelida to‘rt asosiy bosqich mavjud: tovarning bozorga kiritish, o‘sish-
turbulentlik, etuklik-to‘yinish va tushish bosqichidir. 
Tovarning hayotiylik davri determinantlari.
Tovarning hayotiylik davrini 
muhokama qilishdan avval hayotiylik davrini qaysi tovarlarga nisbatan tahlil qilish 
kerakligini tushunib olish muhimdir - masalan, tovarlarning toifasigami (yozuv 
mashinkasi), toifa tarkibidagi ma’lum bir turdagi tovargami (elektron yozuv 
mashinkalari), maxsus modellargami (portativ elektron yozuv mashinkalari), 
muayyan markagami (“Canon” markasi). 
Marketingga oid adabiyotlarda bu mavzuda anchagina chalkashliklar bor 
bo‘lib, tovarlarning ushbu turli darajalariga har qanday tovar vaqti o‘tishi bilan u yoki 
bu shaklda o‘zgaradi, degan nuqtai nazardan qaraladi. Hayotiylik davri modelini 
qo‘llash mumkin bo‘lgan boshqa sohalarni inkor qilmagan holda, tovarning 
hayotiylik davri modeli tovar bozorining hayotiylik davrini tahlil qilishda eng ko‘p 
foyda beradi. YUqorida ko‘rib o‘tilganidek, tahlilning aynan mana shu darajasi 
xaridorlarning real xulq-atvoriga eng aniq mos keladi. SHu yo‘sinda, tovarning har 
bir bozori ma’lum bir hayotiylik davriga mos keladi. Bunday yondashuvda hayotiylik 
davri nafaqat tovarning evolyusiyasini, balki u mo‘ljallangan bozorning 
evolyusiyasini ham aks ettiradi. Tovarning evolyusiyasi texnologiya bilan, bozorning 
evolyusiyasi global talab va uning determinantlari bilan ifodalanadi. 
Tahlil ob’ektini - tovar bozorlarining sinfini - aniqlashda yana bir muammo 
tug‘iladi: hayotiylik davrini nazorat qilinmaydigan omillar bilan belgilanadigan 
mustaqil o‘zgaruvchi deb qarash kerakmi, yoki kompaniyaning marketing faoliyatiga 


92 
bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchimi. Bu muhim masaladir. Birinchi holda hayotiylik 
davrining har bir bosqichida qaysi strategiyasini qabul qilishni aynan tovarning 
hayotiylik davri belgilaydi; ikkinchi holda esa, aksincha, tanlangan strategiyalar 
tovarning hayotiylik davrini belgilaydi. 

Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə