0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

Sug'urta obyekti 
- shaxsiy sug'urtada fuqarolaming hayoti, sog'ligi, mchnat 
qobilivati bilan bog'liq manfaati; mulkiy sug'urtada binolar, qurilmalar, transport 
vositalari uy-joy mulki, tashiladigan vuklar va boshqa moddiy boyliklarni saqiashga 
bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslaming manfaati; jismoniy yoki yuridik shaxsning 
o'z xatti-harakati bilan uning shaxsga zarar keltirish fuqarolik mas’uliyati -
mas’uliyatni sug'urtalashda sug'urta obyektlari bo'lib hisoblanadi. Riskni baholash 
maqsadida sug'urta obyekti sug'urta kompaniyasining mutaxassislari tomonidan 
ekspertiza qilinishi mumkin.
Sug'urta shartnomasi 
- ikki yoki undan ortiq tomonlar o'rtasida tuziladigan 
yozma ravishdagi bitim bo'lib, bunda sug'urta kompaniyasi sug'urta hodisasi tufavli 
zarar ko'rilganda sug'urtalanuvchiga sug'urta qoplamasi yoki sug'urta summasini 
to'lash majburiyatini, sug'urtalanuvchi esa belgilangan muddatlarda sug'urta 
mukofotini to'lash majburiyatini oladi. Sug'urta shartnomasi tuzilganlik faktini 
tasdiqlash uchun sug'urtalovchi sug'urtalanuvchiga sug'urta polisi beradi. Sug'urta 
shartnomasini 
tuzishdagi 
asosiy, 
oddiy 
va 
qo'shimcha 
shartlar 
sug'urta 
shartnomasining mazmunini tashkil etadi.
Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni sug'urta qilish 
- boshqa 
shaxslaming hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi oqibatida vuzaga 
keladigan majburiyatlar yuzasidan javobgarlik xavfini sug'urta qilish shartnomasi 
bo'yicha sug'urta qildiruvchining o'zining yoki bunday javobgarlik yuklanishi 
mumkin bo'lgan boshqa shaxsning javobgarlik xavfi sug'urtasi.
34


Sug'urta zaxiralari 
- sug'urta summalarini toiashni kafolatlash maqsadida 
sug'urta kompaniyalari tashkil etgan fondlar. Agar, m a’lum bir vaqtda sug'urta 
qoplamalarini to'lash uchun joriy sug'urta mukofotlari yetmasa, sug'urta kompanivasi 
zaxira fondlaridan foydalanishi mumkin. Sug'urta zaxiralariga quyidagilar kiradi: 
hayotni sug'urtasi bo'yicha zaxira fondlari. ro'y bergan. ammo arz qilmagan 
zararlami qoplash zaxiralari va boshqalar. Ushbu zaxira fondlarining mablag'lari 
vaqtincha bo'sh bo'lgani uchun investitsiya maqsadlarida foydalanilishi mumkin. 
Buning natijasida sug'urta kompaniyasi qo'shimcha daromad oladi.
Zaxira fondi 
- joriy yilda kelib tushgan sug'urta mukofotlari hisobidan 
sug’urta qoplamasini to'lash imkoniyati bo'lmaganda, ushbu sug'urta qoplamasini 
to'lash uchun foydalaniladigan pul mablag'lari fondi. M a'lumki, sug'urta hodisalari 
tufavli ko'rilgan yo'qotishlar va zararlar miqdori har vili har-xil bo'ladi. Ayrim yillari 
sug'urta hodisalari kam, boshqa vili esa ko'proq bo'lishi mumkin. Agar sug'urta 
hodisalari soni ko'p bo'lib, ko'rilgan zarar miqdori joriy yilda kelib tushgan sug'urta 
mukofotlaridan bir necha rnarta ko'p bo'Isa. ulaming farqi zaxira fondi hisobidan 
qoplanadi.
Naf oluvchi 
— sug'urta shartnomasida sug'urtalangan shaxsning yozrna 
ravishdagi roziligi bilan sug'urta tovonini oluvchi sifatida ko'rsatilgan jismoniy yoki 
yuridik shaxs.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə