0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti


5.2. Sug'urtaning paydo bo'lish tarixi"



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

42


5.2. Sug'urtaning paydo bo'lish tarixi"
Sug'urtaning tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. uning aniq yuzaga kelish 
sanasini aytish judayam qiyin.
O'tmish tamaddunlaridan qolgan binolar qoldiqlari. san’at asarlari va boshqa 
moddiy alomatlami topish nisbatan oson bo'lsa. ilk shaharlar aholisi iqtisodiyot 
sohasidagi xizmatlami qanday tashkil qilganligini tiklash qiyindir. Biroq miloddan 
avvalgi. qadimgi. o'rta asrlarga oid va ilk yangi davr tamaddunlariga oid bino va 
inshootlar qoldiqlari orasida odamlar oziq-ovqat mahsulotlarining tegib bo'lmaydigan 
zaxiralarini saqlagan omborlar aniqlangan. Misr shohi, Fir'avn tushlariga ta'bir 
bergan Yusuf haqidagi Bibliva tarixida zaxiralaming ular bo'yicha tashkil qilinishi va 
ulardan foydalanish tamoyillari namoyish etiladi.
Tajribaning ko'rsatishicha, vaqti-vaqti bilan hosilsizlik voki dushmanlar hujumi 
ro‘y bergan boiib, bunda shaharliklar yaqin-atrofda yetishtirilgan bosildan 
foydalanish imkoni bo'lmagan. Har bir shaharlikka bunday vaziyatlarda o'zini 
ta’minlash topshirilishi mumkin edi. lekin eng qadimiy shaliarlar aliolisi ham umumiy 
zaxira shakllantirish samaraliroq ekanligini tushunib yetgan.
Hosildorlik yuqori bo'lgan, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari past bo'lgan 
yillarda imkoniyati bo'lgan har bir kishidan kichik miqdorda soliq olish mumkin 
bo‘lgan. Uzoq vaqt saqlanishi mumkin bo'lgan ekinlar. masalan. bug'doyni zaxira 
uchun pulga sotib olish mumkin bo'lgan: zaxira uchun oziq-ovqat mahsulotlarini 
markazlashtirilgan tarzda xarid qilish amalga oshirilmagan hollarda fermerlar ular 
sotgan 
miqdordan 
ko'proq 
miqdorda (va qimmatroqqa) 
mahsulot 
sotish 
imkoniyatidan albatta xursand bo'lgan bo'lardi.
Agar hosilsizlik kuzatiladigan yoki shaliar qamal qilinadigan bo'lsa. zaxira 
qilingan oziq-ovqat mahsulotlari shahar alilini qutqarish uchun foydalanilishi mumkin 
bo'lgan. Shu sababli umumiy fond tushunchasi (ushbu holatda oziq-ovqat 
mahsulotlari) insonivat ongidan mustahkam o'rin olgan. G'oya o'z samaradorligi 
yuqori ekanligini ko'rsatdi, ayniqsa, risk tushunchasining joriy qilinishi bilan.
XII asming oxirlarida Yevropaliklar Osiyo va Amerikaga yirik savohatlami 
amalga oshira boshlagan paytda «shahar inqilobi» (sanoat inqilobidan oldin kelgan) 
ro'y berdi, «risk» va «umumiy fond» tushunchalari birlashib ketdi.
Agar kichik kemalardan iborat bo'lgan kichik bir flotiliya Yevropadan aytayliq, 
Indoneziyaga savdo qilish va u yerdan qimmatbaho va noyob ekzotik yuklar bilan 
qaytish uchun chiqishning uddasidan chiqqan bo'lsa, kemalaming hammasi ham 
safardan qaytib kelmasli riski bo'lgan. Dengiz shtormi kemalami cho'ktirib yuborishi, 
kemalarda oziq-ovqat zaxirasi tugab qolishi (yoki kemajamoasi bironta epidemiyadan
*’ Insuranse: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insuranse Institut, Great 
Britain, 1993. 24 p
43


halok bo'lishi), ayrim kemalar adashib qolishi. boshqa kemalar orliqcha yuk yuklab 
yuborilganligi yoki te.xnik nosozliklar tufayli cho;kib ketishi mumkin boigan. 
Bunday riskli faoliyatga pul tikkan kishilar investorlardan birontasi uning kemasi 
safardan qaytib kelmagan yagona kema ekanligi sababli bor pulini yo'qotmasligi 
uchun riskni o'zaro taqsimlash maqsadga muvofiq boigan. Buning uchun ikkita usul 
ishlab chiqilgan.
Birinchi usul qo'shma korxona tashkil qilishdan iborat boiib, u orqali 
investorlar barcha risklar va olish mumkin boigan foydani o'zaro taqsimlagan holda 
umumiy yuk bilan bir nechta kemaga pul kiritgan.
Ikkinchi y o i bu - sug'urta boiib. bunda kcma va (yoki) yuk cgasi (vakka 
tartibdagi shaxs yoki kompaniya) agarda kema mazkur reysda muvaffaqiyatsizlikka 
uchraydigan boisa, unga yo'qotishlaming o'rnini toidirishga rozi boigan odamlarga 
pul mablagiari taklif qiladi. Shunday qilib, qo'shma korxonalar (aksiyadorlik 
jamiyatlari) va sug‘urta bir-biri bilan raqobatda rivojlanmasdan. bir-birini to'ldira 
boshladi. Odamlar guruhi yoki kompaniyalar kema yo'qotilgan taqdirda kema egasiga 
tovon (indemnity-) toiash evaziga pul mukofotlari (premium) to'play boshladi. Bunda 
sug'urta qiluvchilar risk holati ro‘y berganda sug'urta qildiruvchilarga toiovlar uchun 
foydalanishni va’da qilgan umumiy fond tashkil qilingan.
Bu jarayonning ilk bosqichlarida, agarda risk ro'v beradigan boisa, sug'urta 
qiluvchi u sug‘urta qildiruvchiga toiashi lozim boigan toiovni amalga oshirish 
uchun bironta mulkni sotishga (yoki bankdagi hisobraqamidan pul olishga) majbur 
boigan. Bu tamoyil hozirgacha xuddi shu toio v va’dasi shartnomaning asosini 
tashkil qiladigan Lloyd korporatsiyasi tomonidan qoilanib kelmoqda. «Llovd 
a'zolari» maqomiga ega boigan kishilar «imzoIangan» (underwritten) risk ro‘y 
bergan holatda o'zining shaxsiy mablagiaridan pul toiashga majbur boiadi. 
«Imzolash» (ingl. to underwrite) atamasi qanday yangraydigan boisa, aynan shuni 
anglatadi: riskni (sug'urta predmeti, sug'urta qilingan muddat va shartlar) belgilab 
beradigan hujjat tuziladi va uni sug‘urta qiladigan shaxs (yoki uning vakili) 
qog'ozning pastki qismiga u toiashga tayyor boigan risk uiushini yozadi.
Ayrim ishbilarmonlaming ko‘plab jamiyat a'zolai'i Llovd korporatsiyasida 
qabul qilingani kabi individual asosda katta risklami qabul qilish istagida emasligini 
tushunishga ko'p vaqt talab qilinmadi. SHu sababli aksiyadorlik jamiyati konsepsiyasi 
vangi 
shartlarda qoilana boshladi. 
Odamlarga sug'urta kompaniyalarining 
aksiyalarini xarid qilish taklif etildi. Kompaniya riskni qabul qiluvchi mutaxassislar -
anderrayterlami ishga yolladi va agarda risk ro'y beradigan boisa, u investitsiyalar 
kabi tasarruf qilinadigan umumiy fonddan sug'urta qildiruvchiga pul to'lagan. Fond 
kompanivaning o'z aksiyalarini sotishidan tushgan mablag', fond mablagiarini 
investitsiya qilishdan olingan daromad va sug'urta qildiruvchilardan to'plangan 
m ablagiar hisobiga shakllantirilgan.
Ko'zda tutilganki, professional anderrayterlar, qaysi risk uiushini va qanday 
mukofot evaziga qabul qilishni belgilagan holda, fondga doimo risk ro'y bergan
44


hollarda sug'urta qildiruvchilarga pul to'lashga, shuningdek. aksiyadorlarga ulaming 
kiritgan mablagiardan kutadigan natijani oqlaydigan darajada jalb etuvchan 
dividendlar to'lashga qodir bo'lishga imkon beradi.
Yong'indan sug'urta qildirish sug'urta kompaniyalari faoliyat yurita boshlagan 
ilk soha bo'ldi. XVII asrda aholi gavjum bo'lgan shaharlarda aksariyat uylar 
yog'ochdan qurilgan cdi. Uylami isitish va ovqat tayvorlashni uchun olov, uyni 
yoritish uchun esa shamlardan foydalanilgan. SHu sababli shahar uylarida yong'in 
riski juda yuqori bo'lgan. Urbanizatsiyadan chetda qolgan qishloq joylarda hamma 
qo'shnilar yong'inga uchragan uyni tiklashga yordam berish uchun to'planishgan.
U yerda o'zaro yordam tamoyili amal qilgan. Bundan farqli ravishda. shahar 
ko'chalarida masalan, to'qimachilar, etikdo'zlar. klerklar yoki baliqchilar yong'in 
oqibatida uvsiz qolgan kishilaming qo'shnisi bo'lishi mumkin bo'lib. ularda 
qo'shnilarga uyini tiklashga yordam berish uchun vaqti ham bo'lmaydi, amaliy 
jihatdan yordam ham ko'rsata olmaydi. Buning o'rniga ular ikkita narsa - yong'inga 
qarshi kurash jamoasi xizmatlarini taqdim etish (ya’ni yong'inning qo'shni binolarga 
o'tib ketishining oldini olish va yangi yong'inlami minimallashtirish) va sug'urta 
qildirgan shaxsga zarur mutaxassislar (quruvchi, duradgor va h.k.) vollash uchun 
vctarli miqdorda pul to'lashni va'da qilgan sug'urta kompaniyasiga sug'urta mukofoti 
to'lashga tayyor bo'lgan.
Mulkni va javobgarlikni sug'urta qilishda u sug'urta qildiruvchiga risk ro'y 
bermaganda kuzatilgandagi bilan bir xilda, undan ko'p ham ernas, kam ham emas 
darajada moliyaviy holat ta'minlashni anglatadi. Maqsad vaziyatni go'yoki risk ro'y 
bennagan kabi tiklash hisoblanadi. Buning uchun sug'urta qiluvchida pul 
to'lovlaridan boshqa imkoniyatlar ham bor. Yong'indan sug'urta qilish bilan bir 
paytda havotni sug'urta qildirish bo'yicha fondlar ham vujudga kelgan. Hayotni 
sug'urta qildirish haqida shartnoma tovon to'lash haqida shartnoma hisoblanmagan.
Ushbu shartnomadan maqsad - shartnomada ko'rsatilgan holatlar ro'y 
berganda belgilangan miqdordagi pul mablag'lari bilan ta’minlashdir. O'lim muqarrar 
ekanligiga hech qanday shubha yo'q: bir kun kelib baribir hammamiz o'lamiz. Lekin 
har bir alohida olingan kishi qanchalik uzoq umr ko'rishi borasida katta noaniqlik 
mavjud. Har vili qanchadir miqdorda odamlar o'ladi va o'limi holati yangi tug'ilgan 
chaqaloqlardan tortib yuz yoshdan oshgan qariyalargacha kuzatiladi (garchi 
ko'pchilik 80 yoshgacha yashasada). XVII asming o'rtalariga kelib, hayotni sug'urta 
qildirish bilan shug'ullangan o'zaro yordam jamiyatlari va sug'urta kompaniyalari 
vujudga keldi.
Hayomi sug'urta qildirish shartnomasi o'mini to'ldirish tamoyiliga asoslanishi 
mumkin emas, chunki moddiy dunyo mavjudligi nuqtai nazaridan inson havoti 
bebahodir, buning ustiga, hayotni vo'qotishga «teng baholi» pul miqdorini 
belgilaydigan odam yoki tashkilotni tasavvur qilish ham qiyin. Shu sababli hayotni 
sug'urta qildirish har qanday miqdordagi kelishilgan summalarga tuzilgan.
45


Havoti sug‘urta qildirilgan kishi (yoki bundan qonuniy manfaatga cga bo'lgan 
shaxs, masalan, er-xotindan bin) o'z daromadining bir qismini sug‘urta qiluvchiga 
to'laydi va yoki uning merosi u o‘lgan holatda belgilangan miqdorga oshiriladi. yoki. 
agar shartnoma imzolangan paytdan boshlab belgilangan muddat o'tgach, tirik bo'lsa. 
uning o‘zi shu pullami oladi. Havotni sug'urta qildirish bu -yoki sug'urta qildiruvchi 
shaxs va uning qarindoshlari uchun, yoki ishbilarmon hamkorlar uchun mablagiar 
to'plash usulidir.
Klassik sug;urta turlari - dengiz sug'urtasi, yong'indan sug'urta qildirish va 
hayotni sug'urta qildirishdan hamda ko‘p sonli va xilma-xil sug'urta turlaridan kelib 
chiqqan.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə