0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

47


6-MAVZU.
O'ZBEKISTONDA SUG‘URTANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI
6.1. O'zbekistonda sug‘urta xizmatlarini tashkil topishi
va rivojlanish bosqichlari.
O'zbekiston sug'urta bozori 
rivojlanishida davlat 
miqyosida ijtimoiy 
rivojlanishning asosiy omillaridan biri sifatida qaralgan boiib. mavjud shart- 
sharoitlar, milliy sug'urta an'analari va madanivati hisobga olingan holda isloh etilgan 
va milliy sug'urta bozori tashkil topishi va shakllanishi sckin astalik hilan tubdan 
o'zgarib borgan va bir nechta bosqichlami bosib o 'tgan'9.
Respublikamiz sug'urta bozorining isloh etilishini birinchi bosqichi (1991-1996 
yillar) sug'urta bozoriga xususiy sug'urta kompaniyalarini kirib kclishi va Davlat 
sug'urtasi (Gosstrax)ni transformatsivasi jarayoni boshlanishi bilan bog'liq bo'lib, 
shakllanayotgan tadbirkorlikning huquqiy bazasi bilan qo'llab quvvatlangan. 1991 
yilning 
o'zida 
milliy 
iqtisodiyotimizni 
isloh 
qilinishining 
qonuniy 
rasmiylashtirilishiga asos solgan 
"O'zbekiston 
Respublikasidagi 
tadbirkorlik 
haqida'’gi. "O'zbekiston Respublikasidagi korxonalar to'g ‘risida"gi kabi o'sha 
davming progressiv qonunlari qabul qilingan. "O'zbekiston Respublikasi I'uqarolik 
kodeksi” (kodeksning 52-bobi sug'urta masalalariga bag'ishlangan) amalga 
kiritilguniga qadar (mart 1997 yil) “O'zbekiston Respublikasidagi korxonalar 
to'g'risida“gi qonun xo'jalik yurituvchilar tomonidan Respublikamizning o'ziga xos 
iqtisodiy konstitutsiyasi sifatida qaralgan.
1992 yil 31 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Vazirlar 
Mahkamasining 605-sonli qarori bilan O'zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979 
yil 9 oktyabrdagi "O'zbekiston SSR davlat tckshirish organlari to'g'risidagi Nizomni 
tasdiqlash haqida”gi 700-sonli qarori bekor qilinib, "O'zbekiston davlat sug'urta 
organlari to'g'risida”gi Nizom tasdiqlangan.
Ushbu Nizomga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
O'zbekiston Respublikasi Davlat sug'urta bosh boshqarmasi (“O'zdavsug'urta”) va 
unga bo'ysunuvchi davlat sug'urta boshqarmalari va nazorat muassasalari 
O'zbekiston Respublikasi davlat sug'urta organlari hisoblangan. "O'zdavsug'urta” 
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida bo'lib. to'la mustaqil xo'jalik 
sifatida ish olib borgan va davlat sug'urta organlarining yagona tizimini tashkil 
etganJ°
Bu davrda nodavlat sug'urta kompaniyalari faoliyat yuritgan bo'lsalarda. 
sug'urta sohasida Davlat sug'urta organlari ustun kelgan. Chunki, "O'zdavsug'urta" 
butun Respublika bo'yicha tarqalgan keng tarmoqli va barqaror davlat strukturasi 
imidjiga ega bo'lgan.
Qolaversa. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 23 
dekabrdagi qarorlari bilan amalga kiritilgan. fuqarolarga qarashli mol-mulkining 
davlat majburiy sug'urtasi va qishloq xo'jaligi korxonalari mol-mulkining davlat *
0
29 VMapoB C.A. CTaHOBJieHHe 
h
pa3Btrrae puHKa cTpaxoBbrx ycjiyr 
b
V'36eKncTaHe. 
H
CTpaxoBoe ae.io, T.: 2007 
Ksl C. 32-35.
i0. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaron. O 'zbekiston davlat sug'urta organlari to'g'risida 
O'zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to'plam i T., 1992. 12-son, 40-modda.
48


majburiv 
sug'urtasi 
kabi 
va 
boshqa 
sug'urtaga 
oid 
qonun 
hujjatlari 
“O lzdavsug'urta"ga majburiv sug'urtani amalga oshirishga ustunlik bergan. 3
1
31 O 'z b e k isto n R espublikasi M oliva vazirligim ng iHtp/.’w w w m f uz internet sallifast m a lum otlan asosida inualliflar 
jam o asi to m o n id an tayyorlangan.
49


Bozor iqtisodiyotiga o‘tish, erkin raqobatni talab qilinishi va O'zbekiston 
Respublikasida sekin astalik bilan Davlat sug‘urta tashkiloti o'mida yangi sug'urta 
tashkilotlarini tuzish zaruriyati tug'ilganligi sababli, 1993 yil 6 mayda tijorat 
sug'urtasi amalga oshirilishiga, sug'urta faolivati davlat nazoratiga va milliy sug'urta 
bozorida chet el sug'urtalovchilaming faoliyat yuritishlariga huquqiy asos solgan 
hamda ‘'0'zdavsug‘urta’?ning yakka hokimligini bartaraf etilishiga manba bo'lib 
hizmat qilgan “Sug'urta to'g‘risida"gi qonun amalga kiritildi.
Lekin, 1997 yilga qadar barcha nodavlat sug'urta kompaniyalari xissasiga 
umumiy sug'urta mukofotlari tushumining bir foizidan ham kam bo'lgan ulush to'g'ri 
kelgan3".
O'zbekiston sug'urta bozorining rivojlanish dinamikasi 7.1-rasmda keltilgan. 
O'zbekiston Respublikasining “Sug'urta to 'g’risida": gi qonuni amalga kiritilganidan 
so'ng. 1994 yil aprelda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“O'zbekiston Respublikasida investitsiyalaming sug'urta himoyasini ta’minlashga oid 
chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi 206-sonli qaroriga asosan “O'zbekinvest" milliy 
sug'urta kompaniyasi tashkil etildi.
Shu yilning o'zida MDX davlatlari ichida birinchi bo'lib. ustav sarmoyasi 100 
million AQSH dollari bo'lgan O'zbekiston Respublikasiga yo'naltirilayotgan xususiy 
chet el investitsivalarini siyosiy tavakkalchiliklardan sug'urtaviy ta'minlaydigan 
“O'zbekinvest Intemeshnl” kompaniyasi tashkil etildi va London shahrida (Buyuk 
Britaniya) da ro'yxatdan o'tkazildi.
Bundan tashqari Respublikamiz hududida “Uz-AIG" va “Uzbeksug'urta-AON- 
Lixu" qo'shma sug'urta kompaniyalari. "Umid’\ “Yo'lovchi” kabi xususiy 
kompaniyalar va boshqa 60 taga yaqin davlat va xususiy sug'urta kompaniyalari 
faoliyat yuritgan.*
33
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 26 iyuldagi “Xususiy 
tadbirkorlik va kichik biznesni sug'urta yo'li bilan himoya qiluvchi agentlikni tashkil 
qilish to 'g ‘risida”gi farmoni bilan tadbirkorlikni va kichik biznesni jadal 
rivojlantirish, tadbirkorlik harakati davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishini hamda 
kreditorlarga qarz kapitali evaziga kafolatlar berilishini ko'zda tutuvchi dasturlami 
ro'yobga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar vujudga keltirilishi maqsadida 10.0 
million so'm ustav jamg'armasi bilan “Madad” sug'urta agentligi tashkil etildi.
1993 yil 7 mayda qabul qilingan “Umumiy foydalanishdagi havo. temir yo'l. 
ichki suv va avtomobil transport yo'lovchilarining majburiy shaxsiy sug'urtasi 
to'g'risida'gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1994 yil 26 yanvardagi “Harbiy xizmatchilar va harbiy majburivatli 
shaxslaming, oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslaming davlat 
majburiy shaxsiy sug'urtasi to‘g'risida"gi, 1994 yil 16 iyuldagi "Ko'mir, neft, gaz 
qazib olish va geologiya razvedka ishlari tizimi xodimlarining majburiy davlat 
sug'urtasi to‘g ‘risida”gi hamda 1994 yil 30 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasida 
transport vositalari va boshqa o'zi yurar mashina hamda mexanizmlar egalari 
fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtasi to‘g ‘risida”gi qarorlari ayrim sohalarda
’2
MupcazibiKOB M.A. 3Tam>i peijjopMHpoBatfHfl cTpaxoBoro pbiHKa pecnySnraai KaK BaacHefiinero 
3
ncMenra 
4)HHaHCOBOH KH(|)pacTp>Tcr),pbi cipaHbi. 0 ‘zbekiston Respublikasi bank va moliya tizim larida islohotlarm 
chuqurlashtirish muammolari (Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya). T.: Moliya, 2005. 125-b.
33 B. A HaceH va boshqalar. Bozor qonuniyati asoslari. T.: Toshpoligrafkombinat, 1996. 385-386-b.
50


risklarni kamaytirishga, ushbu sug'urta turlarini amalga oshiruvchi sug'urta 
kompaniyalari stmkturasini rivojlanishiga xizmat qilib, sharoit yaratgan holda 
sug'urta sohasidagi shu davming sug'urta sohasini rivojlanishi uchun sharoit yaratib 
bergan muhim qonun hujjatlari bo'ldi.
Ikkinchi boskich (1997-2002 yillar) ni bugungi kunda peshqadam bo'lgan 
sug'urta bozorining asosiy ishtirokchilari shakllangan bosqich deb atasak mubolag'a 
bo'lmaydi.
Bu bosqichda. hukumatimiz rahnamoligida bozor iqtisodiyoti sharoitiga xos 
yirik sug'urta kompaniyalari tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 
1997 yil 18 fevraldagi ''O'zbekinvest" eksport-import milliv sug'urta kompaniyasini 
tashkil etish to'g'risida” gi farmoniga muvofiq "O'zbekinvest" milliv sug'urta 
kompaniyasi 
"O'zbekinvest" 
eksport-import 
milliy 
sug'urta 
kompaniyasiga 
aylantirildi.
Konipaniyaning ustav sarmoyasi 60 million AQSH dollariga tenglashtirildi va 
daromaddan olinadigan soliqdan hamda mulk solig'idan besh yil muddatga ozod 
qilinib, soliq solishdan ozod qilingan barcha mablag'lar kompaniyaning ustav 
sarmoyasini 
hamda uning sug'urta zaxiralari jamg'armasini 
ko'paytirishga 
yo'naltirilishi belgilandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25 fevraldagi PF-1713-sonli 
farmoni bilan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi Davlat sug'urta 
Bosh Boshqarmasi negizida ochik aksivadorlik jamiyati shaklida 2000.0 million so'm 
ustav jamg'armasi bilan "O'zagrosug'urta” Davlat-aksiyadorlik sug'urta kompaniyasi 
tashkil etildi va shu bilan sug'urta sohasidagi davlat monopoliyasiga barham berildi'4. 
"O'zagrosug'urta” Davlat-aksiyadorlik sug'urta kompaniyasi ham daromad solig'i va 
mulk solig'i to'lashdan besh yil muddatga ozod qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25 fevraldagi PF-1713-sonli 
farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 martdagi «0'zagrosug‘urta» Davlat-aksiyadorlik 
sug'urta kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to'g'risida” gi qarori bilan 
qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari. korxonalar va qishloq joylarida yashovchi 
aholi mulkiy manfaatlarining sug'urta himoyasi kompaniya faoliyatining ustuvor 
yo'nalishi etib belgilandi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 31 dekabrdagi 
“O'zbekiston Respublikasi davlat sug'urta organlari to'g'risidagi nizomni tasdiqlash 
haqida” gi va 1993 yil 23 dekabrdagi “Jamoa. davlat xo'jaliklari va boshqa davlat 
qishloq xo'jalik korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sug'urtasi to'g'risida"’ gi 
qarorlari bekor qilindi.
Ko'p o'tmay, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 14 
martdagi 144-sonli qarori bilan “Kafolat” Davlat aksivadorlik sug'urta kompaniyasi 
tashkil etildi va Respublika shaharlarida joylashgan vuridik va jismoniv shaxslarga 
sug'urta xizmatlai'ini ko'rsatish "Kafolat” Davlat aksivadorlik sug'urta kompaniyasi 3
4
34 MupcanbiKOB M.A. 3"raribi pe(J)opMHpoBaHHH CTpaxoBoro pbiraca pecnyojiHKH KaK Ba^cHemuero 3.ieMeHTa 
(JjnHaHcoBOH HH(j)pacTpyKT>'pbi cTpaHbi. 0 ‘zbekiston Respublikasi bank va m oliya tizimlarida islohotlarni 
chuqurlashtirish muammolari (Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya). - T.: Moliya, 2005. - S. 125.
51


faoliyatining ustuvor sohasi etib belgilandi. Shuningdek. mazkur sug'urta 
kompaniyasi sug'urtaning majburiy davlat turlarini o'tkazishga vakil qilindi’5.
Shu tariqa. bu davrda sug'urta bozori boiindi, ixtisoslashdi. ’’O’zbek invest” 
eksport-import milliv sug‘urta kompaniyasi tashqi iqtisodiy faoliyat va chet el 
investitsiyalari sohasida. ’’O'zagrosug'urta” Davlat aksiyadorlik sug’urta kompaniyasi 
qishloq xo'jaligi risklarini sug'urtalashda va qishloq joylarida transport egalari 
fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtasini amalga oshirishda, “Kafolaf Davlat 
aksiyadorlik sug'urta kompaniyasi shahar joylarida transport egalari fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug'urtasini va boshqa majburiy davlat sug'urtasi turlarini 
amalga oshirishda hamda shaharlarda joylashgan yuridik hamda jismoniy shaxslami 
sug’urtalashda. “Madad” sug'urta agentligi esa tadbirkorlik va kichik biznesni 
sug'urtalashda faoliyat ko'rsatib, mashg'ul bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (mart 1997 yil) amalga 
kiritilishi bilan sug’urta bozorining asosiy va muhim bo'lgan qonun hujjatlari 
shakllanishi o'z nihoyasiga yetdi. O'zbekiston Respublikasining 1997 yil 26 
dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgaitirish va 
qo'shimchalar kiritish to’g'risida'gi Qonuniga muvofiq O'zbekiston Respublikasining 
“Sug'urta to‘g'risida"gi Qonuniga kiritilgan o'zgartirish va qo’shimchalar. sug'urtani 
majburiy turlarini amalga oshirishdagi Davlat sug’urta tashkilotlarining yakka 
hokimligini bartaraf etdi va bu holat nodavlat sug'urta tashkilotlari rivojlanishining 
rag'batlantiruvchi omili bo'lib xizmat qildi.
Bu bosqichni O'zbekistonda sug'urta faoliyatini Davlat tomonidan nazorat 
qilishni shakllanishi bosqichi deb ham atash mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 8 iyuldagi 
“Sug'urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 
qarori bilan sug'urta faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish funksiyalari 
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklatildi. Vazirlikning 
markaziy apparatida sug'urta nazorati davlat inspeksiyasi tashkil etildi3
5
36.
Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori 
bilan Respublikada 
faoliyat 
vuritayotgan sug'urta tashkilotlari zimmasiga O'zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligida qayta ro'yxatdan o'tish majburiyati yuklatildi.
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-vil 14-avgustda 
tasdiqlangan 
“O'zbekiston 
Respublikasida 
faoliyat 
vuritayotgan 
sug'urta 
tashkilotlarini qayta ro'yxatga olish to'g'risidagi vaqtinchalik nizom” ga muvofiq 
qayta ro'yxatdan o'tkazilgan sug'urta tashkilotlariga berilgan qayta ro'yxatdan 
o’tkazilganligi to'g’risidagi guvohnoma o'ziga xos litsenziyani ifoda etgan37.
Bu davrda, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O'zbekiston 
Respublikasi hududida o'z faoliyatini amalga oshirayotgan sug'urta tashkilotlarining 
aktivlariga doir majburiyatlarini me'yoriy nisbatlariga alohida talablar qo'yildi,
35 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. “Kafolat” Davlat aksiyadorlik sug'urta kompaniyasini 
tashkil etish to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to'plami. T., 1997. 144-son. 56-modda.
36
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining httn/M-ww.rof.uz internet sahifasi ma'lum otlari asosida mualliflar 
jamoasi tomonidan tayyorlangan.
37 O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nizomi. O 'zbekiston Respublikasida faoliyat vuritayotgan 
sug'urta tashkilotlarini qayta ro'yxatga olish to'g'risida. O 'zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to'plam i, T., 
1998 JVk5 40-modda.
52


sug'urta nazorati davlat inspeksiyasi tomonidan sug'urta tashkilotlari faoliyatini 
tekshirish tartibi to'g'risida yo'riqnoma tasdiqlandi. davlat mablag'lari va hukumat 
kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etilayotgan qurilishlardagi tavakkalchiliklari 
majburiy sug'urtasi joriy etildi. sug'una tashkilotlari mansabdor sh&xslarini 
attestatsiyadan o'tkazishni, sug‘urta agentlari faoliyatini38. sug'urta tashkilotlari 
tomonidan sug'urta rezervlarini joylashtirilishini hamda hayot sug'urtasidan tashqari 
sug'urta turlari bo'yicha sug'uita rezervlarini shakllantirishni tartibga soluvchi 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
O'zbckiston sug'urta bozori shakllanib, rivojlanishining uchinchi bosqichi 2002 
yil boshida "Sug'urta faoliyati to'g'risida” gi qonun qabul qilinishi bilan boshlanib 
bugungi kunda ham davom etmoqda39.
O'zbckiston Respublikasining "Sug'urta faoliyati to 'g ‘risida"gi qonuni sug'urta 
munosabatlari ishtirokchilarining aniq huquq chegaralarini. sug'urta faoliyati 
ishtirokchilari tarkibini belgilab berdi. Sug'urta ikkita sohaga. hayotni sug'urta qilish 
(jismoniy shaxslaming hayoti. sog'lig'i, mehnat qobiliyati va pul ta'minoti bilan 
bog'liq manfaatlarini sug'urta qilish) va umumiy sug'urta (shaxsiv, mulkiy sug'urta, 
javobgarlikni sug'urta qilish hamda hayotni sug'urta qilish sohasiga taalluqli 
bo'lmagan boshqa sug'urta turlari) sohalariga bo'linadi. Sug'urta sohalari esa sug'urta 
tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog'liq majburiyatlaming 
umumiy xususiyatlariga muvofiq sug'urta turlari(klasslari)ga bo'lindi.
Sug'urta xizmatlari sohasidagi erkinlashtirish jarayonini yanada rivojlantirish 
va iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish, respublikada sug'urta bozorini taraqqiv 
ettirishning iqtisodiy omillarini kuchaytirish. sug'urta tashkilotlarining rnoddiy texnik 
bazasini mustahkamlash hamda ulaming moliyaviy barqarorligini ta'minlanishi 
maqsadida 
O'zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2002-yil 
31 -vanvardagi
farmoniga muvofiq mulkchilik shakllaridan qat’iyy nazar, sug'urta tashkilotlari 3 yil 
muddatga daromad (fovda) solig'i to'lashdan ozod qilindi va buning natijasida 
bo'shaydigan mablag'lar aniq maqsad, ya'ni mazkur tashkilotlaming moddiy-texnik 
bazasini rivojlantirishga, mintaqalarda keng tarmoqli agentlik shahobchalarini tashkil 
etishga, kadrlami tayyorlash va qavta tayyorlashga, shu jumladan. chet ellarda 
tavyorlash va qavta tayyorlashga vo'naltirildi. Shuningdek, yuridik shaxslaming 
ixtiyoriy sug'urta turlari bo'yicha sarf-xarajatlari daromad (foyda) solig'ini hisob- 
kitob qilish chog'ida belgilangan m e’yorlar doirasida soliqqa tortiladigan baza 
hisobidan chegirib tashlanishi joriy etildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 
413-sonli qarori40 O'zbekiston sug'urta bozorida keskin burilish vasadi. Ilk bor 
sug'urtalovchilar ustav kapitalining eng kam miqdorlariga qat'iyy talablar belgilandi. 
Sug'urtalovchilar va sug'urta brokerlarining sug'urta faoliyatini litsenziyalash 
to'g'risida nizom, sug'urta faoliyati klassifikatori tasdiqlandi. Sug'urta faoliyatida
,s O 'zbekiston Respublikasi Moliva vazirhgimng Nizomi Sug'urta agentlari to 'g'risida. O 'zbekiston Respublikasi 
Hukumati qarorlari to'plam i, T., 2003. K®19. 15-raodda.
39 MHpcanbiKOB M.A. 3Tam>i petjjopMHpoBaHHH CTpaxoBoro pbiraca pecnyoimKH KaK Ba>KHemnero 3JieMeHTa 
(J)HHaHcoBOH HHc|)pacTpyKT>T)bi CTpaHbi. 0 ‘zbekiston Respublikasi bank va moliya tizim larida islohotlami 
chuqurlashtirish muammolari (Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya). T.: Moliya, 2005. S. 125.-126 b.
40 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M ahkamasining Sug'urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora- 
tadbirlari to 'g 'risid a qarori. O 'zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to'plam i. T.. 2002. 27 noyabrdagi 413-
son.
53


O'zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlari o 'z kuchini yo'qotdi. 
ayrimlariga sug‘urta faoliyatini, jumladan majburiy sug'urta turlarini erkinlashtirish
sug'urta bozorida raqobatni shakllantirish borasida o'zgartirish va qo'shimchalar 
kiritildi.
Bu bosqichda bir qator sug'urta agentlari faoliyatini, sug'urtalovchilaming 
aktivlari va majburiyatlarini tartibga soluvchi, sug'urtalovchining rahbariga va bosh 
buxgalterlariga bo'lgan malaka talablari me’yorlari, sug'urta tashkilotlari tomonidan 
xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarini shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari 
borasidagi, sug'urtalovchilaming alohida sug'urta tavakkalchiliklari bo'yicha 
majburiyatlari, jami majburiyatlaming vo'l qo'yiladigan eng ko'p hajmi va to'lov 
qobiliyati me’yorlarini aniqlashni tartibga soluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar qavta 
ishlandi vayangilari qabul qilindi.
Davlat tomonidan sug'urta xizmatlari bozori rivojlanishiga sharoit varatuvchi 
hujjatlardan biri bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17- 
apreldagi -'O'zbekiston Respublikasida 2006-2010-yillarda xizmat ko'rsatish va servis 
sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risi" gi Qarori bo'ldi. 
Mazkur qaror bilan sug'urta bo'yicha xizmatlar ko'rsatayotgan yuridik shaxslar 2006- 
yil 1-apreldan boshlab uch vil muddatga daromad (foyda) solig'i va yagona soliq 
to'Iovi to'lashdan ozod etildi.
Sug'urta xizmatlarining raqobat bozorini yanada shakllantirish, sug'urta 
faoliyatining 
zamonaviy 
turlarini 
rivojlantirish 
va 
sifatini 
oshirish, 
sug'urtalovchilaming kapitallashuv darajasini ko'paytirish, moliyaviy barqarorligini 
ta'minlash, ulaming mintaqaviy tarmoqlarini kengavtirish, shuningdek sug'urtalashni 
tartibga solish usullarini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O'zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli "Sug'urta xizmatlari 
bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori41 
bilan 2007-2010-yillarda O'zbekiston Respublikasi sug'urta bozorini isloh qilish va 
rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Dasturda sug'urtalash, sug'urta faoliyati va sug'urta nazoratining qonunchilik 
va normativ-huquqiy bazasini xalqaro amaliyotga muvofiq yanada takomillashtirish, 
ko'rsatilayotgan sug'urta xizmatlari, ayniqsa tadbirkorlik faoliyatini, import-eksport 
operatsiyalarini sug'urtalash, hayotni uzoq muddatga sug'urtalash, shu jumladan, 
sug'urtaning jamg'arma turlari sohasida sug'urta xizmatlari hajmini, ko'lamini 
kengavtirish va sifatini oshirish, respublika sug'urta bozorini xalqaro sug'urta 
bozorlariga integratsiyalash, sug'urta sohasi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash 
va ulaming malakasini oshirish tizimini takomillashtirishni nazarda tutuvchi chora- 
tadbirlar belgilandi.
Mazkur 
qaror 
bilan 
sug'urta 
bozorining 
professional 
qatnashchilari 
to'g'risidagi nizom tasdiqlandi va faolivat ko'rsatayotgan sug'urta kompaniyalariga 
(sug'urtalovchilar) ustav kapitali miqdorlariga bo'lgan talablar oshirildi.
Sug'urta bozori kon’yunkturasini o'rganish. uning vuqori darajada ochiq 
oydinligini ta’minlash, raqobatni rivojlantirish, sug'urta xizmatlari hajmlarini 
ko'paytirish, ko'lamini kengavtirish va sifatini oshirish bo'yicha takliflar ishlab
41 0 ‘zbekiston Respublikasi qarori Sug'urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g ‘risida. 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. T., 2007 yil 10 aprel, PQ-618-son.
54


chiqish. potensial xorijiy investorlarga m ablagiam i O'zbekiston Respublikasi 
sug'urta sohasiga investitsiyalashda ko‘maklashish. respublika aholisi o‘rtasida 
sug'urtalash masalalari bo‘vicha faol tushuntirish ishlarini olib borish. sug'urtalash 
uchun kadrlar tayyorlash va qayta tavyorlash tizimini takomillashtirish, sug'urta 
bozori professional qatnashchilari uchun professional etika nonnalarini ishlab chiqish 
masalalari faoliyatining asosiy vo'nalishlari bo‘lgan O'zbekiston sug'urta bozori 
professional qatnashchilari uyushmasi tashkil etildi4".
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ — 618-sonli 
‘'Sug'urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g'risida"gi 
Qaroriga asosan ‘'Sug'urta agentlari to 'g ‘risida”gi, “Sug'urta 
tashkilotlari tomonidan xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalami shakllantirishning 
o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida” gi nizomga hamda “Sug'urta faolyati to'g'risida" 
gi qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Sug'urtalovchilar va qayta 
sug'urtalovchilaming to'lov qobiliyati to'g'risidagi nizom hamda sug'urtalovchilar 
moliyaviv-xo'jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi tasdiqlandi. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli qarori 
bilan tasdiqlangan 2007-2010-yillarda O'zbekiston Respublikasi sug'urta bozorini 
isloh qilish va rivojlantirish dasturiga muvofiq 2008-yil 21-aprelda O'zbekiston 
Respublikasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug'urta qilish to'g'risida” gi Qonuni qabul qilindi.
Sug'urta 
faoliyatini 
yanada 
takomillashtirish. 
sug'urtalovchilaming 
kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish. ulaming hududiv tarmoqlarini 
kengaytirish va sug'urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini 
rag'batlantirishga qaratilgan muhim hujjat. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2007-yil 21-maydagi PQ-872-sonli “Sug'urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish 
va rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to 'g ‘risida”gi Qarori qabul 
qilindi*
43.
Mazkur qaror bilan sug'urtalovchilar ustav kapitalining eng kam miqdorlariga 
bo'lgan talablar oshirildi. sug'urtalovchilarga qimmatli qog'ozlar bozorida tegishli 
litsenziyasiz investitsion vositachi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish 
huquqi berildi.
Prezidentimizning “Sug'urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va 
rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g'risida,?gi qarori asosida 
O'zbekiston Respublikasi Moliva vazirligi. Davlat soliq qo'mitasi va Monopoliyadan 
chiqarish. raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-quwatlash Davlat qo'mitasining 
birgalikdagi qarori bilan ‘‘Sug'urta faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganligi 
uchun sug'urtalovchilarga jarima sanksivalarini qo'llash tartibi to‘g'risida“gi Nizom 
tasdiqlandi.
Sug'urta faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish sohasida xalqaro 
hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-sentyabrdagi 202-sonli qarori bilan O'zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining sug'urta nazoratchilari xalqaro uyushmasiga
”2 O 'zbekiston Respublikasi qarori. Sug'urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari 
to ‘g ‘risida. 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to ‘plami. - T., 2007-yil 10-apreL PQ-618-son.
43 O 'zbekiston Respublikasi qarori. Sug'urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari 
to'g'risida. O 'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plam i. T., 2007 yil 10 apreh PQ-872-son.
55


kirishiga rozilik berildi. Bu o 'z o'mida sug'urta nazorati borasidagi xalqaro tajribalar 
respublikamizga kirib kelishiga va sug'urta bozori rivojlanishiga o'ziga xos zamin 
yaratadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki. O'zbekiston sug'urta bozori sug'urta 
sohasidagi davlat siyosati tufayli rivojlanib, shakllangan va bugungi kunda sug'urta 
faolivatini tartibga solish bo'yicha eng muhim va asosiy huquqiy baza yaratilgan. U 
sug'urta faoliyatining turli jihatlarini tartibga soluvchi O'zbekiston Respublikasining 
Fuqarolik kodeksi, O'zbekiston Respublikasining “Sug'urta faoliyati to 'g ‘risida"gi 
Qonuni, shuningdek bir qator boshqa sug'urta faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti 
va me’yoriy-huquqiy hujjatlardan iboratdir.
Bayon qilinganlaming hammasi sug'urta sohasi, ya'ni O'zbekiston sug'urta 
bozori rivojlanishi, shu jumiadan sug'urtalash ishlari amaliyoti, xususan sug'urta 
anderraytingi rivojlanishi uchun asos bo'lib, shart-sharoit yaratmoqda. Oxirgi yillar 
davomida 
aholining 
sug'urtaga 
bo'lgan 
munosabatlari 
tobora 
yaxshilanib. 
fuqarolaming sug'urtalovchilarga bo'lgan ishonchi ortib, sug'urta ishiga jiddiy 
yondoshilmoqda. 
Respublikamizdagi 
sug'urta 
kompanivalari 
xodimlari 
professionalliklari ham sezilarli darajada oshdi.
Xulosa o'mida aytish mumkinki, milliy sug'urta bozori rivojlanishi davlat 
miqvosida ijtimoiy rivojlanishning asosiy omillaridan biri sifatida qaralgan bo'lib. 
mavjud shart-sharoitlar, milliy sug'urta an’analari va madaniyati hisobga olingan 
holda bosqichma-bosqich isloh etilgan va O'zbekiston sug'urta bozori sug'urta 
sohasidagi davlat siyosati, rahnamoligi va qo'llab-quvvatlanishi (soliq imtiyozlari 
berib borilishi, yangi sug'urta kompanivalari tashkil etilishi va x.k.) tufayligina 
shakllanib rivojlangan.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə