0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Hayot sugurtasining paydo bo'lish va rivojlanish tarixi



Yüklə 3,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/196
tarix22.03.2024
ölçüsü3,9 Mb.
#180736
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   196
0 ‘zbek isto n respublikasi oliy va q ‘rta m axsus t a ’lim vazi

5.3. Hayot sugurtasining paydo bo'lish va rivojlanish tarixi
Insonlaming hayot va sog'liq riski bo'yicha pul fondlarining shakllanishi va 
zarami taqsimlash haqida antik davrga xos bo'lgan ko'plab fikr mulohazalar mavjud. 
Dalillarga ko'ra Rim professional va harbiy jamoalarining kassalarini shuningdek 
dafn uchun tashkil etilgan kassalami ilk o‘zaro kassalar deb hisoblashimiz mumkin.
Rim jamoasining nizomida oddiy a'zolariga umumiy kassa uchun davriy 
a zolik badallarini shakllantirish vazifasi yuklatilgan. Bundan maqsad shuki jamoa 
azolari o‘lim yoki baxtsiz holat yuz bergan holatda dafn marosimi xarajatlari, 
nogironlik xarajatlari. halok bo'lgan fuqaroning oilasiga moddiy yordam ko'rsatish 
xarajatlarini ushbu kassadan to‘lab beradilar.28
Shuningdek o'zaro shaxsiy sug‘urtaning oddiy ko‘rinishi o'rta asrlarda 
hunarmand sexlar va gildiyalar doirasida mavjud bo'lgan. Hunarmandlarning o'zaro 
sug'urtasi to'g'risidagi ilk qarashlar Angliyada - X asrda, Germaniyada-XI asrda
Daniyada - XII asrda paydo bo'lgan. Sexlar va gildiyalaming ustavlarida a'zolar 
o'rtasidagi barcha o'zaro aloqalami tashkil etish tartibi. shuningdek azolik 
badallarining to'lanishi va umumiy kassadan xarajatlami amalga oshirish tartibi 
keltirib o'tilgan.
Sex kassasi ko'p maqsadli xarakterga ega bo'lib, mulkiv zararlami qoplash 
uchun ijtimoiy to'lov bo'lib ham xizmat qilar edi. Sex kassasi dafn xarajatlari. halok 
bo'lgan shaxsning oilasiga yordam, og'ir kasal va nogironlarga yordam pullarini 
to‘lab berar edi.
Kapitalistik munosabatlaming rivojlanishi o'zaro yordam aloqalarida jiddiv 
tasir ko'rsatdi va ulami haqiqiy sug'urta tamovillari asosida tashkil etilishiga zamin 
varatdi. Qonun bo'yicha XV-XVII asrlar Yevropada sug'urta munnosabatlarining 
keng tarmog'i o'matilgan davr deb ataladi. Sug'urta jamiyati bilan bir vaqtda mulkiy
28 Insuranse: Principies and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insuranse Institut, Great Britain. 
1993. 274 p.
46


risklar va o'zaro tamoyillariga asoslangan hayot sug'urtasiga doir turli tashkilotlar 
vujudga kela boshladi. 1653 yil Fransiyada tontine deb atalgan untrining qolgan qisnti 
bilan bog'liq lotoreya vujudga keldi. XVI asrning oxirlarida Angliyada hayot 
sug'urtasining faqatgina o 'z azolarining o'limi holatlarida belgilangan suntmani to'lab 
beruvchi jamiyati rivojlandi.
Yevropada XV11-XV111 asrlar oraligdda hayot sug'urtasi dengiz sug'urtasiga 
qo'shilganligi sababli o ‘z faolyatining asosiy ko'rinishiga ega boddi. Kema va 
yuklaming sug'urtasi bilan bogdiq naryadlar kema kapitani bilan hayot sug'urtasi 
shartnomasi tuzishni taqozo etdi. XVII asr o'rtalarida Londonda Flit-Strit klubida 
tashkil topgan tahliliy tashkilot Lloyds ushbu turdagi sug'urta faolyati bilan 
shug'ullanadi. 1663 yilda angliyalik tadbirkor Jeyms Dodson ushbu klubni qabul 
qilishni rad etdi va ilmiy statistika bazasi sohasidagi hayot sug'urtasi bo'yicha o'z 
jamiyatini tuzishga qaror qildi.
U Londondagi turli xil qabristonlar bo'yicha barcha malumotlami to'pladi. 
vafot etganlaming o'rtacha yoshini. ulaming yillar bo'yicha sonini hisobladi va ushbu 
statistik malumotlardan sug'urta mukofotini hisoblashda foydalandi. Sug'urta tarixida 
uning ushbu izlanishlari hayot sug'urtasi tashkilotlaridagi ilmiy yondashuvning tadbiq 
etilishida asosiy vazifasini bajargan deb hisoblanadi.
1740 yilda birinchi ixtisoslashtirilgan sug'urta kompaniyasi, Ishonchli hayot 
jamiyati” tashkil qilindi. 1762 yilda esa aktuar hisob - kitoblardan va to'lov va 
badallarning qattiq yo'lga qo'yilgan tartibidan foydalanuvchi birinchi tijorat sug'urta 
kompaniyasi ..Adolatli hayot sug'urta jamiyati" paydo bo'ldi. Aynan shu yerda 
ijtimoiy risklar sohasidagi sug'urta biznesining uzoq tizimli rivojanishi uchun asoslar 
yaratildi.
Rossiyada hayot sug'urtasi biroz keyinroq vujudga keldi. XVIII asr oxirlarida 
davlat buy m g'i bo'yicha ruscha negizda sug'urta munosabatlarini joriv qilishga 
urinish boshlandi. 1771 yilda yagona g'azna to'g'risida qonun qabul qilindi. Unga 
ko'ra bu tashkilot davlat hayot sug'urtasi bo'yicha ko'rsatmalar berishi zarur bo'lgan, 
ammo bu amaliyotda o 'z tasdig'ini topmagan.
Faqatgina 1860 yilga kelib birinchi o'zaro shaxsiy sug'urta tashkiloti paydo 
bo'ldi. Bu buyurtmachilar. tipografik va hunarmand ishchilaming o'zaro sug'urta 
jamiyati hisoblangan. Davriy sug'urta to'lovlarini to'lash orqali jamiyat azolari kasal 
bo'lgan, ishsiz. tibbiy yordam olish. kam miqdorda pensiya tayinlangan holatlarda 
mablag' olish huquqini qo'lga kiritadilar. 1863 yilda ''Hayot’' nomi ostida hayot 
sug'urtasi bo'yicha birinchi tijorat sug'urta jamiyati tashkil etildi.

Yüklə 3,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə